Px;font-family: Times New Roman,Bold;color:#000000;}. ftPP{font-size



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/182
tarix29.05.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#114001
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   182
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

5– guruh uchun tarqatma material.
Modellashtirish
metodi kuzatish, so’roq, eksperiment yoki boshqa usullar 
yordamida o’rganilayotgan xodisaning tub mohiyati ochilmagan sharoitlarda 
qo’llaniladi. Bunda o’sha xodisaning umumiy xossasi yoki asosiy parametrlari 
modellashtirilib, o’sha model asosida tadqiqotchini qiziqtirgan jihat o’rganiladi 
va xulosalar chiqariladi.
Modellar texnik, mantiqiy, matematik yoki kibernetik bo’lishi mumkin.
Matematik model asosida o’rganilgan xodisaga mashhur tadqiqotchilar Veber-
Fexnerlarning sezgirlikning quyi va yuqori chegarasini aniqlashga qaratilgan 
matematik formulasi va shu asosda to’plangan ma’lumotlar taxlilini misol qilish 
mumkin. Mantiqiy modellar yordamida ko’pincha inson aqli va tafakkuri 
jarayonlari va qonunlarini hisoblash mashinalari ish prinsiplari bilan qiyoslash 
orqali tuzilgan g’oyalar va simvollar ishlatiladi. Kibernetik modellashtirishda 
esa g’oyalar psixologiyasini EHM dagi matematik programmalashtirish 
tamoyillariga moslashtirish nazarda tutiladi. Hozir ko’pgina murakkab shaxs 
xususiyatlari ham programmalashtirilgan bo’lib, ular algoritmlar asosda qisqa 
fursatda ko’pgina sifatlarni ko’plab parametrlar nuqtai nazaridan hisoblab 
natijalarni umumlashtirishga imkon bermoqda. Ko’pincha matematik o’yinlar 
g’oyasi odamlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar sohasini o’rganishda ham 
qo’llanilmoqda. Ma’lum bo’lishicha, odamning fikrlash operasiyalari bilan 
EHM larning ishlash prinsiplari o’rtasida ma’lum uyg’unlik bor ekan, bu esa 
murakkab psixik jarayonlarni modellashtirish orqali inson aqlu-zakovati 
chegarasini yanada kengaytirish istiqbolini beradi.
Faoliyat mahsulotlarini o’rganish metodi. 
O’quvchi faoliyatining 
mahsulotlarini (insho, nazorat ishi, mehnat va rasm darslarida, bo’sh vaqtlarida 
bajargan faoliyati mahsulotlari) malakali tahlil qilish orqali o’quvchining 
psixologik xususiyatlari, ruxiy olami, qiziqishlari, layoqat va qobiliyatlari 
haqida qimmatli ma’lumotlar olish mumkin.
O’quvchilarning «Men sevgan qaxramon», «Odamlar qanday hislatlarni 
qadrlayman», «Kamtarlik nima», «Yashashdan maqsad nima», «Qaysi kasb 
egasi bo’lishni hoxlaysan» kabi mavzularda yozilgan insholarini chuqur tahlil 
qilish asosida o’quvchilarning dunyo qarashi, qiziqishlari, xarakter xususiyatlari,
munosabat va qadriyatlari ma’naviy dunyosi haqida psixologik ma’lumotlar 
olish mumkin.
Sosiometriya metodi
bu uslub guruhlar va jamoalarda kishilarning 
shaxslararo munosabatlarini, guruh a’zolarining jamoada tutgan ijtimoiy o’rnini 
(Mavqyei) va jamoadagi kichik guruhchalar tarkibini aniqlash uchun 
qo’llaniladi.
 
7
Lipkina А.I. Samootsenka shkolnika. –М. 1976. 


142 

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə