Px;font-family: Times New Roman,Bold;color:#000000;}. ftPP{font-size



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/182
tarix29.05.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#114001
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   182
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

3– guruh uchun tarqatma material.
 
Psixikaning nerv-fiziologik asoslari. 
Nerv sistemasi tuzilishining umumiy plani barcha o’murtqalilarda bir 
xildir. Uning asosiy elementlari nerv xo’jayralari yoki neyronlar bo’lib,
ularning vazifasi qo’zgatishdan iboratdir.
Markaziy nerv sistemasi ikki qismdan - bosh miya va orqa miyadan
tashkil topgan. Bosh miyaning yuqori qismi olti qavat neyronlar (10 milliardga 
yaqin) bilan qoplangan hamda po’stloq deb ataladigan katta yarim sharlarni 
hosil qiladi. Po’stloq psixik faoliyatning eng muhim organidir. Yarim 
sharlardan pastroqda, ensa qismida miyacha joylashgan bo’lib, uning 
funksiyalari hali yetarlicha o’rganilmagan. Katta yarim sharlarga miya naychasi 
kelib taqaladi. Naychaning yuqori qismi - talamus orqa miyadan katta
yarim sharlarga boradigan barcha nerv yo’llari uchun «oraliq stansiyasi»
vazifasini bajaradi. Naychaning pastki qismi - gipotalamus suv almashinuvini
ovqatlanish e’tiyojini va organizmning boshqa funksiyalarini boshqarib
turadigan markazlardan tarkib topgandir.
Markaziy nerv sistemasining tilga olingan barcha qismlari murakkab 
tuzilishga ega bo’lib, uni o’rganish va ta’riflash bilan anatomiya va gistologiya
shug’ullanadi.
Hozirgi zamon fanida mavjud tasavvurlarga qaraganda, orqa miya va 
miya naychasi reflektor faoliyatining asosan tug’ma (shartsiz reflekslar) 
hisoblangan shakllarni amalga oshiradi, katta yarim sharlarning qobig’i esa 
hayot kechirish jarayonida orttiriladigan va psixika tomonidan boshqariladigan 
xulq-atvor shakllari organi hisoblanadi.
Tananing har bir sezuvchi a’zosi va har bir harakat a’zosi miyada o’zining 
xususiy markazlariga egadir. Ko’plab tajribalar hayvonlarda o’tkazildi. Biroq,
odamga kelganda shuni aytish kerakki, sog’lom kishilarning miyasida jarrohlik bilan 
bog’lik bironta ham eksperiment o’tkazilmaydi, albatta. Inson katta yarim sharlar 
qobig’ining anchagina qismini qo’l barmoqlari, ayniqsa uning odamdagi boshqa 
barcha barmoqlarga qarama-qarshi qo’yilgan bosh barmoq faoliyati bilan bog’liq 


147 
hujayralar, shuningdek nutq organlari - lab va til mushaklari funksiyasi bilan 
bog’liq hujayralar egallaydi. Shunday qilib, odam miyasining katta yarim shari 
qobig’ida mehnatda va muomalada asosiy funksiyani bajaradigan harakat a’zolari
ancha ko’p joylashgandir.
Hozirgi paytda mamlakatimizda va chet ellarda olib borilayotgan tadqiqotlar 
shuni ko’rsatdiki, oliy nerv faoliyatining umumiy qonuniyatlari hayvonlarning faol
hatti-harakatida namoyon bo’ladi.
Miya naychalarini elektr yordamida qo’zg’atish bilan bir qatorda unda 
eksperiment o’tkazuvchining aralashuvisiz, beixtiyor ravishda hosil bo’ladigan 
biotoklarni yozib olish metodi ham qo’llaniladi. Bu tajribalar miyaning elektr 
aktivligi bir xil emasligini ko’rsatdi. Biotoklar yozuvining xarakteriga qarab 
odamning psixik holatidagi o’zgarishlar haqida xulosa chiqarish mumkin. Miyada 
hosil bo’ladigan to’lqinlar turli chastotadagi elektromagnit tebranishlariga o’xshaydi. 
Ularning eng sekinlari kishi tinch-osoyishta paytida, ko’zlarini yumib o’tirgan, 
betoqat bo’lmasdan va diqqat-e’tibori bo’shashgan holatida kuzatiladi. Lekin 
bunday holatda bo’lgan kishi biron-bir topshiriq berilsa bormi, uning biotoklari 
darhol o’zgara boshlaydi va unda to’lqinlar tezligi ancha oshganligini ko’rsatadigan 
izlar paydo bo’ladi. Miyada elektro-ensefalogramma ko’rinishidagi kuchaytirgich 
yordamida yozib olish mumkin bo’lgan elektr toklari paydo bo’lishining kashf 
etilishi psixologlar uchun ahamiyatli.
Odamdagi psixik jarayonlarning miyaga oid mexanizmlari bilan hayvonlar
psixikasi mexanizmlari o’rtasida o’xshashlik bo’lishiga qaramay, odam 
bilan hayvonning psixik faoliyati o’rtasidagi tafovutlar faqat miqdor xarakterga
emas, balki sifat xarakteriga ham egadir.
Odamning psixik hayotida katta yarim sharlar qobig’i sirtining 30% ni
egallaydigan peshona qismlari alohida rol o’ynaydi.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə