Q davranov, B. Aliqulov nanobiotexnologiya


yashab  turgan asmi o'rtalariga kelib, rak kasalliklari tufayli  odamlami boshiga qirg‘in kelish  xavfi



Yüklə 7,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/193
tarix25.12.2023
ölçüsü7,32 Mb.
#161042
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   193
Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya

yashab 
turgan asmi o'rtalariga kelib, rak kasalliklari tufayli 
odamlami boshiga qirg‘in kelish 
xavfi 
borligi bashorat qilinmoqda.
4. 
Global ekologik katastrofa. 
Ko‘p olimlar bu muammo qochib 
ham bo'lmaydigan katastrofaga olib kelishini xitob qilmoqdalar. Faqat- 
gina uni kirib 
kelish 
vaqtigina muhokama qilinmoqda xolos. Atrof- 
muhitga inson faoliyati bilan b o g iiq bo‘lgan ta’sir, me’yoridan 10-12 
marotaba oshib ketgan. Biosfera o‘zini-o‘zi boshqarish va o‘zini-o'zi 
tiklash xususiyatini qayta tiklab boMmaydigan darajada yo‘qotib 
bormoqda.
Faqatgina biologik tadqiqotlami juda tezkorlik bilan, har tomonlama 
o‘y!ab olib borilishigina, insoniyat oldida turgan bu katastrofalami 
butunlay oldini ololmasa ham, uni biroz orqaga surish imkonini beradi. 
Bunday burilish tibbiyotda, qishloq-xo‘jaligida, tabiatdan foydalanishda, 
atrof-muhit muhofazasida juda katta yutuqlami ta’minlashga qodir 
bo‘lishi kerak. Biologik tadqiqotlarda kutiladigan bunday burilishni 
nanobiologiya va nanobiotexnologiya ta’minlasa ajab emas.
Nanotexnologiya 
deganda, 
nanostrukturalar 
(nanotuzilmalar) 
yordamida manipulatsiya qilishga asoslangan fundamental texno- 
logiyalar tushuniladi. Nanostrukturalar- kattaligi 1 nmdan 100 nmgacha 
bo'lgan manbalar (obyektlar)dir (lnm=10'9). Nanomasshtab o‘ziga xos 
bo‘lgan xususiyatga ega. Chunki, nanodunyoni materiallarini funda­
mental xossalari, ulami o'lchamiga bog‘liq bo‘ladi. Bunday xususiyat 
boshqa, ulardan ko‘ra kattaroq bo‘lgan obyektlarga xos emas.
Molekular darajada molekular komplekslami xususiyatlari bilan 
belgilanadigan yangi xossalar paydo bo‘ladi. Bu xossa va xususiyatlami 
tushunish, ulami o‘rganish hamda nazorat qilish imkoniyati bir dunyo 
funksional molekular qurilmalar va texnologiyalami ochilishiga sabab 
bo‘ladi.
Nanotexnologiyaning yutuqlaridan biologiyada foydalanish - yangi 
yo‘nalish, nanobiotexnologiyani paydo bo'lishiga olib keldi.
6


у ж
Nanobiotexnologiya - nanotexnologiyani bir qismi bo‘lib, u 
nanobo‘lakchalarni tirik sistemaga ta’sirini o‘rganish hamda biologik 
nanostrukturalami, nanohodisalar va nanojarayonlami modellashtirish, 
ulami eksperimental biologiya, tibbiyot, ekologiya, qishloq xo‘j aligi va 
iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida ishlatish usullarini yaratish bilan 
shug‘ullanadi. Hozirgi vaqtga kelib, nanobiotexnologiyalami yaratish va 
rivojlantirishni uchta asosiy yo‘nalishi shakllandi.

Yüklə 7,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə