Q davranov, B. Aliqulov nanobiotexnologiya



Yüklə 7,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/193
tarix25.12.2023
ölçüsü7,32 Mb.
#161042
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   193
Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya

Bu bosqichlar
va ularni o‘ziga xos xususiyatlari nimalar?
Tiriklikni 
boshlang‘ich bosqichi 
(eng chuqur bosqichi) molekular 
bosqich hisoblanadi. Bu bosqichni struktura - funksional birligi bo‘lib, 
biomolekula (1-rasm) yoki biopolimerlar (nuklein kislotalar, oqsil 
moddalar, polisaxaridlar molekulalari) hisoblanadi. Bu bosqichda hayot 
va faoliyatni eng muhim jarayonlari amalga oshadi: irsiy axborotlarni 
saqlanishi va uzatilishi, modda va energiya almashinuvi, nafas olish va 
boshqalar. Biomolekulalardan nadmolekular strukturalar shakllanadi.
Subhujayrali bosqich (darajasi) 
molekular va hujayra bosqichlari 
(1-rasm) orasidagi o‘tuvchi bosqich hisoblanadi, Bu bosqichning birligi
- tirik sistemaning nadmolekular strukturalari hisoblanadi (elementar 
biologik membrana, organoidni sub boMakchalari, organoidlar). 
Bu
bosqichda sodir bo'ladigan hayotiy jarayonlarda namoyon bo‘ladi.


Hujayra bosqichi (darajasi) 
- hujayralarga mustaqil organizmlar 
(bakteriyalar, sodda hayvonlar) hamda ko‘p hujayrali organizmlami 
hujayralari sifatida qarash bosqichi hisoblanadi. Hujayralar biosintez, 
oziqlanish, nafas olish, rivojlanish, ko‘payish kabi xususiyatlarga ega 
bo‘lganligi tufayli, ular tirik tabiatni tashkil bolishida asosiy struktura 
bo‘lib xizmat qiladi (1- rasm).
To'qima bosqichi. 
Bu bosqich evolutsiya jarayonida ko‘phu- 
jayralik va hujayralami spetsializatsiyasi (differensiatsiyasi) paydo 
bo'lganligi sababli kelib chiqdi. Uning struktura - funksional birligi -
to ‘qima. To‘qima - kelib chiqishi, funksiyalari, joylanishi va ko‘p 
holatlarda tuzilishi ham bir xil bo'lgan hujayralami hamda ulami 
hosilalarini to ‘plami hisoblanadi. To'qim a darajasida (bosqichida) yangi 
hosil bo‘lgan hujayralami spetsializatsiyasi, hujayradan tashqaridagi 
stmkturalami shakllanishi, rivojlanishi, faoliyat ko'rsatishi va to‘qi- 
malami regeneratsiyasi (qayta tiklanishi) sodir bo‘ladi.
1-rasm. Hayotni tashkil bo ‘lish bosqichlarining molekular (o ‘ngda), subhuja-
yraviy (o 'rtada) va hujayraviy (chapda) ко 'rinishidagi biologik strukturalari.

Yüklə 7,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə