Q davranov, B. Aliqulov nanobiotexnologiya



Yüklə 7,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/193
tarix25.12.2023
ölçüsü7,32 Mb.
#161042
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   193
Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya

Birinchi yo‘nalish 
- laboratoriya va ishlab chiqarish sharoitida tirik 
sistemaning nanohodisalari va nanomexanizmlarini modellashtirish va 
ulami qayta tiklash masalalari bilan shug'ullanadi.
Ikkinchi yo‘nalish 
- tirik organizmlar ishtirokida nanobo'lakchalar 
va nanomashinalar yaratish bilan shug‘ullanadi.
Uchinchi yo‘nalish 
- nanostrukturalar va nanojarayonlami tirik 
organizmga kiritish bilan shug'ullanadi va tirik organizmlami o‘rganish, 
ulami holatini diagnoz qilish va davolashni o‘z oldiga maqsad qilib 
qo‘yadi.
Ushbu kursning asosiy maqsadi - talabalarga nanobiotexno- 
logiyaning biologik tadqiqotlarda, tibbiyot, ekologiya, qishloq xo'jaligi 
va sanoatning har xil tarmoqlarida ishlatilib kelinadigan usullarning 
mohiyatini tushuntirish hamda eng istiqbolli va haqiqiy (original) 
nanobiotexnologik usullar yaratish yo‘llarini o'rganishdan iborat.
7


1-bob. NANOBIOTEXNOLOGIYA - BIOLOGIYANING
RTVОJLANISHINI YANGI BOSQICHI
Reja:
1. Tirik sistemalaming tuzilishini ko'p bosqichliligi.
2. «Nanostrukturalar», 
«nanohodisalar», 
«nanojarayonlar» 
va 
«nanotexnologiyalar» tushunchasi.
3. Tirik sistemalarni molekular va subhujayra tuzilishi — nanodunyo 
darajasi sifatida.
4. Nanodunyoni o‘rganishda ishlatiladigan mikroskoplar.
5. Nanobiotexnologiyani rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari.
1. Tirik sistemalaming tuzilishini ko‘p bosqichliligi
Tirik tabiatni evolutsiyasi davomida tirik sistemalarni ierarxiyasi 
(bir-biriga qaramlilik, tabiiylik) shakllandi. Bu tirik organizmlami 
tuzilishini ko‘p bosqichliligida namoyon bo‘ladi. Yuqoriroq darajadagi 
hayotiy jarayonlar o‘zidan past bo‘lgan darajadagi strukturalar bilan 
ta’minlanadi.
Tiriklikni har bir bosqichi o‘zini struktura - funksional birligi bilan 
xarakterlanadi. Bu birlikni sistemani tarixiy o‘zgarishi muayyan 
darajada evolutsion jarayonlarni mohiyatini aniqlab beradi. Har bir 
bosqichda hayotni asosiy xususiyatlari namoyon bo‘ladi. 

Yüklə 7,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə