atomlar, molekulalar va ulami komplekslari
yordamida manipulatsiya
qilishni ko‘zdatutadi.
Nanobiotexnoligiyaning rivojlanishini asosiy yo‘nalishlarini uch
guruhga yig‘ish mumkin:
- laboratoriya va ishlab chiqarish sharoitlarida tirik sistemalarni
nanohodisalari va nanomexanizmlarini modellashtirish hamda qayta
tayyorlash;
- tirik
organizmlar
ishtirokida
nanobo‘lakchalar
va
nanomateriallar olish;
- tirik organizmni o'rganish, uni holatiga tashxis qo'yish va
davolash maqsadida nanostrukturalar va nanojarayonlardan foydalanish.
Hozirgi
zamon
nanobiotexnologiyasining
aniq
vazifalari
quyidagilar:
- an’anaviy
sitologik va sitokimyoviy
usullar
yordamida
yechilmagan fundamental biologik muammolami yechimini topish
(biologik jarayonlami modellashtirish, tirik hujayralami atom-molekular
komplekslarini va biomolekulalami holatini analiz qilish);
- genetik injeneriyasining yangi usullarini yaratish maqsadida
nanobo‘lakchalami DNK molekulasi bilan o‘zaro munosabatlarini
tadqiq qilish;
- nanobo‘lakchalar yordamida moddalarni
biologik membranalar
orqali transporti mexanizmlarini o'rganish va dori-darmonlami
yo‘naltirilgan holda manzilga yetkazish nanotexnologiyasini yaratish;
- atrof-muhit
tarkibida
yoki
odam
organizmida
ma’lum
moddalarni aniqlash, shuningdek, mutatsiyani
aniqlash maqsadida
biologiya va tibbiyot uchun biosensorli sistema yaratish;
- tibbiyotda ishlatish uchun yangi nanomateriallar sifatida
nanobo' 1 akchal ardan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganish: orga-
nizmdan va uni sirtidan keraksiz va zaharli moddalarni chiqarib tashlash
uchun sorbentlar (metabolizm mahsulotlari, og‘ir
metallar, radio-
nuklidlar, ksenobiotiklar) yaratish;
- kasallikni diagnostika qilish va eng boshlang‘ich bosqichida
samarali davolash uchun yuqori sezgirlikka ega boigan va ishlatishga
qulay bo'lgan sistemalar yaratish;
- nanoboiakchalar asosida oqsillarni ajratish,
modifikatsiya qilish
va ulami preparatlarini katta miqdorda ishab chiqarish uchun samarador
bo‘lgan nanomateriallar hamda nanotexnologiyalar yaratish;
- bioanaloglar — bakteriyalar, viruslar, eng sodda hayvonlar
asosida o‘z-o‘zini ishlab chiqara oladigan sistemalar yaratish;
26
- nanobo‘lakchalami murakkab tuzilgan organizmlar,
jumladan
hayvon va odam organizmiga ta’sirini o‘rganish;
- nanotexnologiyalar asosida dorivor moddalarni yangi avlodini
yaratish;
- tirik organizmga ko‘chirib kiritish maqsadida biologik mos bo‘l-
gan (organizm chiqarib tashlamaydigan) meditsina materiallari yaratish;
- immun tizimni qo‘zg‘atmaydigan (provakatsiya qilmaydigan),
organizmdagi kasallangan joyni tuzata oladigan nanorobotlar ishlab
chiqish.
Dostları ilə paylaş: