jarayonida protomerlar (subbirliklar) o‘zaro nokovalent bog‘lar bilan
bog‘lanadi. Shuning uchun
ham oligomerli komplekslar, dastlabki
protomerlarga yengillik bilan tarqalib ketishlari mumkin.
Savol
tug‘iladi: oligomerizatsiya - alohida protomerlarni
(polipeptidlami) xususiyatlariga ta’sir ko‘rsatadimi?
Olimlami
ko‘rsatishlaricha, oligomerizatsiya polipeptidlaming ulami parchalovchi
fermentlar (proteinazalar) va boshqa kimyoviy agentlar ta’siriga
chidamliligini oshirar ekan.
Oligomerizatsiya - oqsil molekulalarini qo‘shilishini yagona yo‘li
emas. Shunday usullardan yana biri oqsillami agregatsiyasi deb ataladi.
Oqsillarni agregatsiyasi - oqsil molekulalarini o‘ngga buralgan
alfa spiral uchastkalari orqali o‘zaro munosabatlarga kirishib,
nadmolekular agregatlar hosil qilishidir.
Agar oqsil
molekulasida
а-spiral
uchastkalar
(ikkalamchi
strukturalar)
boim asa, ular agregatsiya shakliga kira olmaydi. Faqat
oqsil globulasini «eritib» (tarqatib yuborilib) a - spiral uchastkalar hosil
qilgandagina,
oqsil
molekulalari , agregatsiyaga
kirisha
oladi.
Nadmolekular oqsil agregatlari tarkibini keng miqyosda o‘zgarib
turishi
va kattaligining har xil bo‘lishi bilan farqlanadi. Aynan mana shu
xususiyatlari bilan ular oligomer oqsil komplekslaridan farq qiladi.
26-rasm. Oligomer tabiatga ega bo'lgan fermentlarni tuzilish modeli:
a) - protomerlarni 6 subbirliklari birlashib glutamatdegidrogenaza fermenti
molekulasini hosil qilgani; b) -RNK-polimeraza fermentining molekulasi;
d) -katalazaning yarim molekulasi; e) - piruvatdegidrogenaza
fermentining molekulasi.
46
Ma’lumki, oligomer komplekslar doimiy tarkibga ega bo'ladi.
Oqsillami tabiiy agregatsiyasi hujayrani tinchlik holatidan faol holatga
o‘tishida kuzatiladi. Masalan,
mushaklar qisqarganda, hujayralar
bezovtalanganda va boshqa hodisalarda. Tinch turgan hujayra juda kam
miqdorda nadmolekular oqsil agregatlarini
saqlaganliklari uchun ulami
sitoplazmalari tiniq bo'ladi. Faollashgan hujayrani sitoplazmasi
loyqalangan (tiniq emas) bo‘ladi, chunki ularda oqsillami tabiiy
agregatsiyasining mahsulotlari to'plangan bo‘ladi (27-rasm).
А
В
27-rasm. Tinch turgan hujayra (A) optik tiniq sitoplazma saqlaydi,
faollashgan hujayra (B) - loyqalangan (tiniqligi kam bo'lgan) sitoplazmasi
bilan farq qiladi, chunki ularda agregatsiyaga uchragan oqsillar hosil
bo ‘ladi (rasmda qora dumaloqlar bilan belgilangan).
Ba’zi kasalliklarda (ko‘z kataraktasi, mollami qutirishi)
hamda
organizmni qarish jarayonida tabiiy bo‘lmagan oqsillar agregatsiyasi
(patologik) kuzatiladi. Tabiiy agregatsiyadan farqli o‘laroq, ular qaytmas
xarakterga ega bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: