o‘zgartiradi, natijada esa, ligand bilan
oqsil - retseptor kompleksi
faollashadi. Faollashgan holatda oqsil - retseptor hujayrani qabul
qilingan signalga nisbatan javob reaksiyasini chaqirishi mumkin.
34-rasm. Retseptor bilan ligandni spetsifik bog 'lanishi.
Retseptorlar faqat ma’lum moddalarga nisbatan sezgir bo‘lib, ular
hujayra sirtida tarqalgan holatda yoki kichik zonalarda to‘plangan
holatda bo‘ladi. Hujayra membranasida, odatda 100
ga yaqin xilma-xil
retseptorlar uchraydi va ulami har biri ma’lum ligandni «taniydi».
Hujayra retseptorlarini roli nafaqat spetsifik moddalarni bogiab olish,
balki signallami hujayra sirtidan uni ichkarisiga yoki organoidlariga
yetkazish bilan ham bog'liq. Retseptorlami xilma-xilligi
va spetsifikligi
o‘ziga xos «markerlarni» murakkab tizimini shakllantiradi, bu esa,
hujayraga «o‘zinikini» «begonadan» ajratish imkonini beradi.
Hujayra retseptorlarini asosiy ikki xili ma’lum: birinchisi,
hujayra
membranasida lokalizatsiyalangan membranali retseptorlar, ikkinchisi,
hujayra organoidlarining sirtida joylashgan hujayra
ichidagi retseptorlar
(3 5-rasm).
lonotrop retseptorlar - ligand bilan bog‘langanda ochiladigan
membranali kanallar hisoblanadi. Bunda hosil bo‘ladigan ionli toklar,
hujayrani
sezgirligini,
sitoplazmada
ionlami
konsentratsiyasini
o‘zgartiradi, hujayra ichidagi ma’lum strukturalami faollashtiradi.
56
Metabotrop retseptorlar hujayra ichidagi vositachilar bilan bog‘langan
bo‘lib. hujayra ichida signalni tarqalishini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: