Q. X. Azizov avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash



Yüklə 1,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/70
tarix31.08.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#121191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
11-Avtomobillarning yo\'l harakati sifatini ta\'minlash muammolari.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



Kirish
 
Avtomobil yo‘llari va shahar ko‘chalarida harakat xavfsizligini ta’minlash 
asosiy dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Oxirgi o‘n yil ichida sodir 
etilgan yo‘l-transport hodisalarining tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, ularning o‘rtacha 
bir yillik soni 10-11 ming darajasidan pastga tushmayotganligi, buning natijasida 
esa respublikamiz fuqarolaridan ikki ming kishi halok bo‘lishi va 10-12 ming 
inson tan jarohati olishi qayd etilmoqda. 
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘l tarmoqlarida va 
avtotransport korxonalarida harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ishlarni 
asosan Transport vazirligiga qarashli turli korxonalar va tashkilotlar mulkchilik 
shaklidan qat’iy nazar, Ichki ishlar vazirligiga qarashli “Yo‘l harakati xavfsizlik 
boshqarmalari” tomonidan amalga oshirilmoqda. E’tirof etish kerakki, 
respublikamizdagi harakat xavfsizligini ta’minlash uchun faqatgina yuqoridagi 
tashkilotlar tomonidan olib boriladigan faoliyatlar yetarli emas. 
O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 
2018 yil 19 maydagi
“O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
qaroriga muvofiq yo‘l harakati 
xavfsizligini ishonchli ta’minlash sohasida kompleks tashkiliy-amaliy chora-
tadbirlar amalga oshirilishi nazarda tutilgan. 
Respublikada harakat xavfsizligini tubdan yaxshilash uchun xalq xo‘jaligida 
mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, faoliyat olib borayotgan barcha tashkilotlar yo‘l 
harakat qonunida keltirilgan vazifalarni bajarishlari lozim. Shuningdek, fuqarolar 
yo‘l harakati qatnashchilari – piyodalar sifatida yo‘llarda harakatlanish qoidalariga 
to‘liq rioya qilishlari kerak. Bu boradagi ishlarning samaradorligini yuqori 
darajaga yetkazish maqsadida “Yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash – 
umumxalq ishi” shiori ostida Respublikadagi barcha vazirliklar, qo‘mitalar, 
kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar, korxonalar, tashkilotlar, fondlar va 
firmalarda harakat xavfsizligini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan chora-
tadbirlarni zamon talabi darajasidan kelib chiqqan holda, ilg‘or chet davlatlar 
tajribalaridan keng foydalanilgan ravishda takomillashtirish darkor. 
Avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini tashkil etish bugungi kundagi 
muhim muammolardan biriga aylanib bormoqda. Avtomobilning atrof-muhitga 
yetkazadigan zararlari miqdori kundan-kunga oshib bormoqda, eng asosisi esa
yo‘llarda sodir etilayotgan yo‘l-transport hodisalari natijasida ko‘plab odamlarning 
jabr ko‘rishlari va hayotdan ko‘z yumishlaridir. Yo‘l-transport hodisalarining 
oldini olish uchun ko‘rilayotgan qator tadbirlarga qaramasdan, ularning miqdori 
kamayishiga erishib bo‘lmayapti. Bu esa, yo‘l harakati xavfsizligi muammolariga 



o‘ta jiddiy yondoshish zarur ekanligini mutaxassislar oldiga vazifa qilib 
qo‘ymoqda. 
Buning uchun yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar yo‘l 
harakatining asosiy ko‘rsatkichlarini, yo‘llardagi sharoitlarning transport oqimlari 
harakatlariga qanday ta’sir ko‘rsatishlarini, transport oqimlarini boshqarishning 
texnik vositalari orqali yo‘l harakatini boshqarish bo‘yicha bilimlarga ega 
bo‘lishlari zarur. 
Bulardan tashqari, yo‘l harakati bo‘yicha mutaxassislar avtomobil yo‘llarida 
sodir etilayotgan yo‘l-transport hodisalarini atroflicha o‘rganishlari uchun ularning 
turlari, miqdorlari haqida ma’lumotga ega bo‘lishlari, YTHlarini yig‘ish tizimi, 
ularni hisobga olish tartiblarini va ularni tahlil etish usullarini mukammal bilishlari 
zarur. Bu masalalarni o‘rganish keltirilgan o‘quv qo‘llanmada o‘z aksini topgan

Shunigdek
b
u o‘quv qo‘llanmada xavfsiz harakatni tashkil etishda «A-H-Y-
P-M» tizimini o‘zaro bog‘liqligi va ularni YTH vujudga kelishidagi o‘rni, yo‘l 
harakatini boshqarishning texnik vositalari, avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya 
qilishda harakat xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, yo‘l harakatini tashkil 
etishning amaliy tadbirlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar keltirilgan.

Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə