Qadimgi Baqtriya Xorazm va Sug‘diyona davlatlari


II-BOB. O’ZBEKISTONDA MENEJMENT MODELI



Yüklə 88,72 Kb.
səhifə6/8
tarix13.09.2023
ölçüsü88,72 Kb.
#121859
1   2   3   4   5   6   7   8
Menejmentning xorijiy modellari 2

II-BOB. O’ZBEKISTONDA MENEJMENT MODELI.
2.1.Menejment maktablari va ularning rivojlanish bosqichlari.
Menejment nazariyalarining evolyutsion rivojlanish.Boshqarish nazariyasining dastlabki kurtaklari qadim zamonlarga borib taqaladi, Yu.Sezar, A.Makedonskiy, Turkistonda эsa o’rta asr davrida Amir Temur hukmronligi vaqtidan boshlab shakllana boshlagan. Dastlabki paytlarda u oddiy bo’lib, asosan harbiy tavsifga эga эdi. O’sha davr menejerlari harbiy intizomni o’rnatish maqsadida odamlarni jazo bilan qo’rqitish, har qanday buyruq va farmonlarga so’zsiz itoat эtish kabi usullarni qo’llaganlar. Bunday boshqaruvga mehnat resurslaridan foydalanish, ulardan iloji boricha ko’proq qo’shimcha qiymat undirishning g’oyatda samarali usuli deb qaralgan. Amir Temur davrida markazlashgan, intizomli davlatning barpo эtilganligiga ham Sohibqironning o’z qo’l ostidagilarni «qo’rquv bilan umid o’rtasida ushlash» bo’yicha boshqargani sabab bo’lgan. Кapitalizm tuzumining boshlang’ich davrida tadbirkor – mulk egasi ishlab chiqarishni o’zining shaxsiy tajribasiga tayanib boshqargan. XYIII asrning oxirlarida Angliyada bo’lgan sanoat inqilobi boshqaruvga bo’lgan qiziqishni yanada kuchaytirdi va boshqaruv xodimlarini tayyorlashga alohida э’tibor berila boshlandi. Ammo XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr chegarasida texnika va texnologiyaning takomillushuvi, ishlab chiqarishning keskin o’sishi boshqarishni murakkablashtirib yubordi va uni maxsus bilimlarni talab etuvchi, faoliyatning maxsus sohasiga aylantirdi. Ushbu muammolarni hal etish uchun boshqaruv sohasidagi tajribani umumlashtirish, ishlab chiqarish va xodimlarni boshqarishning samarali usullarini izlashga olib keldi. Natijada boshqaruv to’g’risidagi ilm, fan vujudga keldi. O`sha davrdan to bugungi kunga qadar boshqaruv ta`limotida quyidagi to`rtta yo`nalish evolyutsion tarzda rivojlangan va o`zining tegishli hissasini qo`shgan:
1.Ilmiy menejment maktabi.
2.Mumtoz yoki ma`muriy menejment
3.Insoniy munosabatlar maktabi
4.Axloqiy fanlar yoki bixevioristik maktab
5.Miqdoriy tizimli va zamonaviy menejment maktabi

1.Ilmiy menejment maktabi.Ilmiy menejment maktabining namoyandasiPayg’ambarimiz Muhammad Mustafo Sallollohi Alayhi Vasallam(570-632yil), ukishining turli maktablarni boshqaruv ta`limotiga qo`shgan hissasi: Boshqaruvning diniy ta`limotga asoslangan nazariy tamoyilini yaratdi. Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy muvofiqlashtirishga intilishlar orqali boshqarish san`atini mukammal egallashga xizmat qiluvchi ta`limotlar (Qur`oni Karim, hadislarning)ning tizimini yaratdi. o`z davrining siyosiy-goyaviy shart-sharoitlarini yaxshi tushungan, xalqlar va elatlarni islom ta`limotlari asosida diniy, siyosiy, g’oyaviy jihatdan birlashtirish yo`lida yagona-payg’ambar.


Boshqarishning murakkab, chigal voqea-hodisalarini, ijtimoiy hayotni biron qolipga solish, nazorat qilish uchun shariat qonunlari turkumlariga asos soldi.
Ilmiy menejment maktabining yana bir namoyandasiAmir Temur (1340-1400 yillar). Mamlakatniidora qilish va saltanatni boshqarish uslubi, strategiyasi va taktikasini joriy qildi. XIY-XY asrlar voqealari va ijtimoiy hayotni o`zida aks ettirgan qimmatli asar Temur tuzuklarini yaratdi. Mazkur asarda bayon etilgan boshqarish qonun-qoidalari O`zbekiston mustaqilligini mustahkamlash yo`lida xizmat qilmoqda. Kuchli davlatni barpo etish, davlat hokimiyatining qaysi ijtimoiy toifalariga tayanishi, mansabdor shaxslarni ularning sifatlariga ko`ra tanlash va vazifalarga tayinlash borasida amaliy jihatdan mukammal bo`lgan ta`limotni yaratdi. Buyuk davlat arbobi, dunyoviy bilimlarning sohibi bo`lgan Sohibqiron markazlashgan davlatni barpo etishi orqali o`rta asrlarda buyuk shaxslar etishib chiqishi uchun moddiy, siyosiy, g’oyaviy zaminni yaratdi. Ulug’bek Muhammad Tarag’ay (1394-1449 yillar)
39 yilliksultonlikdavrida: fanningjudako`psohalari, xususanmatematika, falakkiyot, musiqashunoslik, tarixvaboshqarishilmlaribo`yichazabardastolim, madaniyatningulkanhomiysisifatidatanildi. Uningilmiymerosi, uta`sisetganvarahnamolikqilganSamarqandmunajjimlikmaktabi, uningko`pyillikizlanishlariningasosiymahsulibo`lmish «ZijijadidiKo`ragoniy» («Ulug’bekKo`ragoniyningastronomikjadvali») asaribilantarixdaiziniqoldirdi
Alisher Navoiy (1450-1501 yillar). Siyosiy davlatni idora qilish usullari, tartib-qoidalari bilan bog’liq bo’lgan xilma-xil muammolari bo’yicha o’z qarashlariga эga bo’lgan siyosiy arbob. Davlat ishlarini boshqarish, mamlakat tinchligi va obodligi uchun kurashgan. «Vaqfiya», «Ixlosiya», «Saddi Iskandariy», «Tarixi Mulki Ajam» kabi asarlarida adolatli boshqarishning sir-asrorlari haqidagi ta’limotni yaratgan. eng oddiy siyosiy masalalardan (adolatli shoxni tanlash, tarbiyalash, davlat nazorati kabi) to эng murakkab masalalar sanalmish davlatlararo munosabat, urushlar masalasi, davlatni idora эtishda shox, omma va fanning roli kabi masalalarni amaliyotga tadbiq qilgan. Zahiriddin Muhammad Bobur (1490-1530 yillar). Buyuk Boburiylar saltanatini tuzib, o’zaro urushlar, mayda xonliklarga barham berdi, markazlashgan davlat boshqaruviga asos soldi.
Mashhur «Boburnoma» asarini yaratdi. U o’z asarida boshqarishga oid bo’lgan tamoyillar, xususan odillik, tadbirkorlik, jasurlik, mohirlik, iste’dod va ma’rifat masalalarini yoritdi. Boburiylar (Jahongirshox) tomonidan davlatni idora qilishning 12 moddadan iborat dasturi yaratilgan. Boburiylar tomonidan ma’muriy boshqaruv sohasini isloh qilish, xazina masalalari borasida - kurruriya (viloyat va tuman hoqimliklari) deb ataladigan hukumat amaldorligi mansabi joriy эtildi va h.k.z.). Frederik Teylor, Emerson va boshqalar (1885-1920).
Vazifani bajarishning maqbul usullarini topish maqsadida ilmiy tahlilni qo`llash.
Vazifani bajaruvchi maqbul xodimni tanlash va uning o`qitilishini ta`minlash.
Vazifani samarali bajarilishini ta`minlovchi xodimlarni zarur resurslar bilan ta`minlash.
Yuqori mehnat unumdorligini ta`minlash maqsadida xodimlarni muntazam rag’batlantirib turish.
Frederik Teylor(1856-1915 y.)
Teylor nazariyasi keyinchalik «Teylorizm» degan nom olgan. U yaratgan tizim esa ishchilarning «siqib suvini olish»ning ilmiy tizimi deb atalgan. F. Teylor o’z nomini butun dunyoga mashhur qilgan kitoblar yozdi: “Operatsilar tizimi” (1895), “Sexlarni boshqarish” (1903) va “Ilmiy boshqaruv printsiplari” (1911).
Ushbu ta`limot yana ham to`liqroq uning «sanoat korxonalarini ma`muriy texnika tashkiloti», «Boshqaruvni ilmiy tashkil qilishning usuli va printsiplari», «Korxona boshqaruvi printsiplari» nomli kitoblarida o`z aksini topgan. O’z asarlarida u kapital va ishchi kuchi manfaatlarini uyg’unlashtirishga, kapitalistik korxonalarda “hamkorlik falsafasini” amalga oshirishga harakat qildi. U mehnatni jadallashtirishni ta’minlaydigan usulni ishlab chiqdi, turli davlatlar rahbarlarida katta qiziqish uyg’otdi. F.Teylor ta`limotining asosiy mazmuni – yollanma ishchilar unumdorligini oshirishda g’oyatda samarador va maqbul usullarni izlashdir. Uning printsiplariga binoan:
mehnatning har bir jarayoni, uning ko`lami va ketma-ketligi aniq puxta ixtisoslashtirilishi shart;
har bir mehnat turi qat`iy vaqt oralig’ida taqsimlanishi lozim;
har bir mehnat jarayoni va hatto har bir harakat puxta ishlab chiqilgan qoidalarga bo`ysundirilgan bo`lishi kerak;
yuqoridan belgilab berilgan ish usullari va qoidalarni bajarish uchun doimiy talabchan nazorat amalga oshirilishi lozim;
ishchilar malakasi va saviyasiga qarab joy-joyiga qo`yilishi shart;
boshqaruvchi bilan boshqariluvchi mas`uliyatini aniq belgilash va vazifalarni to`g’ri taqsimlash shart.
F. Teylor nazariyasiga ko’ra rahbar va mutaxassislarni kam malaka talab qiladigan ijrochilik mehnatidan va ularga xos bo’lmagan vazifalardan ozod qilish, ishchidan esa boshliqlarning barcha buyruqlarini hech qanday mulohaza yuritmasdan biror bir shaxsiy tashabbus ko’rsatmasdan aniq hamda tez bajarishni talab qilish.
F.Teylorning nuqtai-nazari bo`yicha, ishchilarning asosiy vazifasi – bajaruvchanlik.
F.Teylor boshqarishni «aniq qonun va qoidalarga tayanadigan haqiqiy ilm, shuningdek, nima qilish kerakligini aniq bilish va uni puxta hamda arzon usulda bajarish san`ati» deb baholagan. F.Teylor «Boshqaruvning mumtoz maktabi»ni yaratishga asos soldi. U yaratgan boshqaruv maktabi faqat Amerikada emas, balki Evropaning boshqa mamlakatlarida ham turli nazariya va oqimlar ko`rinishida rivojlanib bordi. F. Teylor o’zi tomonidan ishlab chiqilgan mehnatni ilmiy tashkil etish usullari va ular asosida shakllangan «ilmiy menejment» tamoyillari eskirgan avtoritar boshqaruv usullarini o’rnini bosishi mumkinligini isbotlashga intildi.
F. Teylor ilmiy menejmentni muhandislik turi bo’yicha sanoat mehnatining bir tarmog’iga aylantirish tarafdori edi. Uning tizimi mehnatni ijro etuvchi va boshqaruvchi mehnatga taqsimlash tamoyilini, ishlarning ixtisoslashuvini izchil amalga oshirishdan iborat edi. Muvofiqlashtirilgan mexanizm sifatida ishlaydigan ishlab chiqarish tizimida har bir xodim o’z vazifalari uchun javobgar bo’lishi kerak. Shu bilan birga, ishchilar turlarining ish turlari bilan muvofiqligiga erishishga harakat qilish kerak. Bundan tashqari, faoliyatni qat’iy tartibga solish talab etiladi. Bu har bir xodimni qisman funktsiyani bajarishga yo’naltiradi, lekin undan umumiy fikrni tushunishni talab qilmaydi.
F. Teylor ma’muriyat bajarishi kerak bo’lgan vazifalarni ta’kidlab o’tdi va buning evaziga oldingi boshqaruv usullarining sub’yektivligi va o’zboshimchaligini qoidalar, qonunlar va formulalarning «ilmiy mantig’i» bilan almashtirdi. Teylor ilmiy menejmentni barcha xodimlarning farovonligi o’sishi va tashkilotning ishlab chiqarish va iqtisodiy maqsadlariga erishish uchun egalari va ma’muriyati bilan yaqin hamkorlik o’rnatish tufayli manfaatlarini birlashtirishning samarali vositasi deb hisobladi. Agar ilmiy boshqaruv tizimi to’liq qabul qilinsa, tomonlar o’rtasidagi barcha tortishuvlar va kelishmovchiliklarni hal qiladi, deb
Amerika ishlab chiqarishni boshqaruvi bo`yicha amerikalik mutaxassis Frenk Gilbret AQShda birinchi bo`lib mehnatni ilm asosida tashkil qiladigan instruktorlar tayyorlaydigan maxsus maktabni tashkil qildi.
Teylorga ergashib Gilbret ishlarni bajarishning «birdan-bir» ilmiy usulini ishlab chiqdi va uning uchun zaruriy shartlarni o`rnatdi: ish joyini maqsadga muvofiq tuzish, materiallar yetkazib berish usuli, hamda zaruriy moslama, asbob va uskunalar bunyod etdi. F.Gilbret keng oshkor bo`lgan «Mehnatni ilm asosida tashkil qilish alifbosi va harakatlarni o`rganish» nomli kitoblarni yozdi.
G.Emerson ilmiy boshqaruv printsipini mohiyatiga ko`ra quyidagi ketma-ketlikda bayon qilgan:

    1. Aniq qo`yilgan maqsad va g’oyalar.

    2. Oqil, sog’lom fikr.

    3. Jozibali, e`tiborli maslahat.

    4. Intizom.

5.Xodimga nisbatan adolatli bo`lish.
6.Tezkor, ishonchli, to`liq, aniq va muntazam hisob-kitob.
7.Dispetcherlik ishini olib borish.
8.Me`yorlar va jadvallar.
9.Sharoit bilan ta`minlash.
10.Operatsiyalarni me`yorlash.
11.Standart yo`riqnomalarni tayyorlash.
12.Unumdorlikni rag’batlantirish.
Ko`rinib turibdiki, G.Emersonning diqqat-e`tiborida, eng avvalo ikki aniq qo`yilgan maqsad va g’oya, shuningdek, oqilona fikr turibdi. G.Emerson ishchining ish vaqtida bajaradigan harakatlarini o`rganib, ishchiga beriladigan ish hajmi me`yorlarini, ishni bajarishning ortiqcha, unumsiz harakatlarini bartaraf etuvchi eng muvofiq usullarini ishlab chiqdi. Bunda masalan, nisbiy ish haqining maxsus tizimi oqilona fikr asosida qo`llanilib, unga ko`ra berilgan me`yorni bajargan ishchilarga tarif stavkalari va koeffitsientlari oshirilar, uni bajara olmagan ishchilarga esa stavkalar 20-30 foiz pasaytirilib, jarima solinar edi. Lekin, berilgan vazifani yuqori darajada bajarilishi uchun sharoit ham yaratilishi kerak.
«Ilmiy menejment» maktabining vakillari o`z ilmiy ishlarini asosan korxona, tashkilot boshqaruvini takomillashtirishga bag’ishlashgan. Ular boshqaruvning quyi darajasidagi boshqaruv bilan shug’ullanishgan. Ma`muriy maktabning vujudga kelishi esa mutaxassislarning umumtashkilot darajasidagi boshqaruv muammolari bilan shug’ullanishlari uchun imkon yaratgan.
Menejment kamchiliklariga ilmiy ta`sir etish inson munosabatlari ta`limi paydo bo`lishdan boshlandi. Uning dunyoga kelishi va gullab yashnashi 30-50 yillariga to`g’ri keladi.
Inson munosabatlari ta`limining asoschisi amerikalik jamiyatshunos va ruhiyatshunos olim Elton Meyo (1880-1949 y.) hisoblanadi.
Bu maktab nuqtai-nazaridan:

  • Ishchi – bu fikrsiz robot emas, balki obro`- e`tiborga, o`z-o`zini hurmat qilishga, o`z qadr-qimatini his etishga;

  • Boshqa kishilar tomonidan ma`qullanishga, shaxsiy maqsadlar va manfaatlarga erishishga intilishda muayyan ijtimoiy ehtiyojlarga ega bo`lgan individdir.

Ayni individlar kompaniya va firmalarning manbai ekanligidan kelib chiqib, insoniy munosabatlar maktabi boshqaruvning:

  • tashabbuskorlikdan;

  • ishchilar bilan hamkorlikdan;

  • kompaniyada “birdamlik ruhi” va “mushtaraklik tuyg’usi”ni shakllantirishdan foydalanish hamda ularni rag’batlantirishga asoslangan usullarni ishlab chiqdi.

Elton Meyo fikrining asl ma`nosi shundaki, ishchi uchun uning ishlab chiqarishdagi ijtimoiy va psixologik holati ishlab chiqarish jarayoniga nisbatan muhimroq. Bundan E.Meyo shunday xulosa chiqaradiki – ishlab chiqarish va boshqaruvda hamma muammolar ichki munosabatlar nuqtai-nazaridan qarab chiqilishi kerak. E.Meyo hozirgi zamon menejmenti haqidagi bilimlarni, uning ijobiy va salbiy tomonlarini yaxshi bilar edi. U o`zining boshqaruv haqidagi ilmiy fikrida asosiy diqqat-e`tiborni o`sha davrda kam o`rganilgan ijtimoiy-psixologiya masalalariga qaratdi.
Samarali ishning sababi – bu jamiyatdagi muhit bo`lib qolishi, o`zaro ichki munosabatlar ekanligi ayon bo`ldi.
Bir qator olim va amaliyotchilar quyidagi uch fan sohalarida: ijtimoiy, psixologiya va menejment inson munosabatlari nuqtai-nazari bo`yicha izlanishga, uni tashkilotda keng ishlatilish imkoniyatlarini o`rganishga kirishdilar. Ular ichida F. Rotlisberger, sotsiolog R.Laykert, Ch.Bella va boshqa olimlarning nomini keltirish mumkin. Bu ta`lim doirasida «Iqtisodiy odam» degan tushuncha paydo bo`la boshladi. «Iqtisodiy odam» o`zining mehnati aniqrogi mehnatini sotgani uchun iloji boricha katta boylik oladi. «Ijtimoiy» odam o`z ruhiy qoniqish (rag’batlanish) olishga harakat qiladi.
Ta`lim vakillarining fikricha eng asosiysi insonning ijtimoiy mohiyatidir. E.Meyo va nazariyotchilarning fikri bo`yicha industriyalashtirish asri an`anaviy, avvalgi ijtimoiy shakllanishlarga xos guruhlar aloqasini barbod etadi.
Inson munosabatlari ta`limi asoschilaridan biri F. Rotlisberger noshakllanish
tarkibiga me`yorlar to`plami, norasmiy qoidalar, inkor bo`lish, ular orasidagi ichki aloqalar to`plamini kiritgan. Bular normal tarkibda amalga oshadi, uni nazorat qilmaydi va cheklamaydi.
Boshqa ikkita olim U.French va Ch.Bella tashkilotni aysberg bilan taqqoslaydi, uning suv ostidagi qismi noshakllanish tarkibi elementlaridan, yuqori qismi esa shakllanish tarkibi elementlaridan iboratdir. Shu bilan birga ular ishlab chiqarish jarayonida «ijtimoiy inson»ni, boshqaruvda ijtimoiy-psixologik usullar ustunligiga diqqatni qaratdilar.
Amerikalik sotsiolog R.Laykert korxonadagi haqiqiy menejmentning tashkiliy tarkibini ishlab chiqdi. Bu quyidagilardir:

    1. Boshqaruv usuli, unda rahbar qo`l ostidagilariga suyanishini namoyish etadi.

    2. Rahbarni qo`l ostidagilarni guruhlar shaklidagi faoliyatini rag’batlantirish va ularni faol ishga jalb qilishga harakat qilishi.

    3. Aloqa yo`llari, unda axborotlar oqimi hamma tomonga yo`naltirilgan va ma`lumotlar barcha a`zolar ishtiroki orasida takomillashadi.

    4. Hamma saviyada va barcha a`zolar ishtirokida qabul qilingan qarorlar tavsifi.

    5. Guruhli mulohaza yo`li bilan aniqlangan tashkilot maqsadi, bu esa maqsadlarga qarshi maxfiy harakatlarni bartaraf etadi.

    6. Bir markazda to`planib qolmasdan, ko`p uchastkalar orasida taqsimlangan nazorat vazifasi.

«Inson munosabatlari» nuqtai-nazarining taraqqiyoti asrimizning 30-50 yillariga to`g’ri keladi. Uni baholab aytish mumkinki, bu nuqtai nazar kapitalistik menejment taraqqiyotida o`ta muhim rol o`ynaydi. Ikki ta`limot–ilmiy menejment va inson munosabatlari asosan – boshqaruv ilmini vujudga keltirdi. Agar klassik ta`lim umumiy boshqaruv asoslarini ishlab chiqqan bo`lsa, unda inson munosabatlari ta`limotining ulushi boshqaruvning ikkinchi muhim tomoni – ijtimoiy-psixologik tomonini yaratdi. Inson munosabatlari ta`limining zamondoshlari bu ilmiy fikrning bir qator erishgan aniq muvaffaqiyatlarini yuqori baholadilar. Masalan, menejmentning ishchiga diqqat-e`tibori, ularning talablariga, ishchi va xizmatchilarni muhim ishlab chiqarish masalalarini yyechishda jalb qilish va boshqalar.
4.Axloqiy fanlar yoki bixevioristik maktab
Inson resurslari nazariyasi. Axloqiy fanlar ta`limi asrimizning 30-yillarida G’arb menejmentida paydo bo`ldi. Faoliyatning rivojlanishi 50-60 yillarga to`g’ri keladi. «Axloqiy fanlar» ta`limi nomini keng tarqalgan psixologik terminlar – bixeyvio, bixeyviorizm (axloq, axloqiy fan)dan olgan. Shunday qilib, ko`rib chiqilayotgan boshqaruv maktabining farqlanish xususiyati uning aniq namoyon bo`lgan psixologiyaga mo`ljallanishi, shaxsan XX asrda keng tarqalgan va yaxshi ishlab chiqilgan psixologik nazariya bo`lishi bixeyviorizmdir.
Bixeyviorizmning dastlabki nuqtai-nazari shundaki, inson ongini o`rganish emas, balki inson axloqini o`rganish zarur. O`z navbatida ushbu nazariyaga asosan axloq – bu rag’batlantirishga tez javob qaytarishdir.
Axloqiy fanlar ta`limini inson munosabatlari ta`limi bilan bir qatorda ko`rish mumkin. Bunga katta doiradagi muammo va qarorlarning o`zaro o`xshashligi guvohlik beradi. Agar har ikkala ta`lim vaqtinchalik nuqtai-nazarda ko`rilsa, unda axloq fanlari ta`limini o`ziga yarasha inson munosabatlari ta`limining taraqqiyoti, chuqurlashuvi deb faraz qilish mumkin. Bixeyvioristik yondashuv menejment nazariyasi va amaliyotida, yuqorida eslatganimizdek, 30-yillar o`rtalarida ishlatila boshlandi. Olimlar bu ta`limot orqali odamlar munosabatidagi ta`limning kamchiliklarini bartaraf qilishga urinib ko`rdilar.
Boshqaruv fanidagi yangi oqimga Ch. Barnard o`zining 1938 yilda bosib chiqargan «Ma`muriyat vazifalari» degan ishida keng to`xtalgan.
Rensis Laykert, Frederik Gertsberg, Duglas MakGregor, A.Maslou va boshqa izlanuvchilar korxonalarda ijtimoiy o`zaro munosabatlarning ta`siri, sabablari va talablari, menejment tavsifi, jamoadagi munosabatlar shakli, tashkiliy tarkibning ilg’orligi va shu kabi boshqa masalalar bilan shug’ullanib keldilar.
Axloq ta`limi fani inson munosabatlari ta`limidan ancha uzoqlashib ketdi, ikkinchisi asosan shaxslar orasidagi munosabatlarni yo`lga qo`yish usulida yig’ilib keldi. Yangi turdagi yondashuv menejmentning shunday usullarini ishlab chiqishga yo`naltirilgan bo`lib, ular insonni o`zining qobiliyatlarini, psixologik nazariyalarini ishlatish asosida tushunib yetishiga ko`maklashadi. Bu ta`lim izlanuvchilarining o`z oldiga qo`ygan maqsadi – tashkilot (firma, korxona) samaradorligini uning inson resurslarini oshirish hisobiga erishishdir. Shundan ushbu ta`lim nazariyasining nomi – inson resurslari nazariyasi kelib chiqadi.
Inson resurslari nazariyasining doirasida bir qator shaxs va «kooperatsiya», rasmiy va norasmiy tizimlar, fikr va talablar, tashkilotdagi ilg’orlik haqidagi qoidalar ishlab chiqildi.
5.Miqdoriy tizimli va zamonaviy menejment maktabi(1950 yildan hozirgacha).Namoyandalari G.Saymon, P.Druker, E.Deyl va boshqalar.

  • Murakkab boshqaruv muammolarini chuqurroq tushunish maqsadida turli modellarni ishlab chiqish va qo`llash;

  • Murakkab vaziyatlarning yechimi bo`yicha boshqaruv xodimlariga yordam beruvchi miqdoriy usullarni ishlab chiqish.

Shunday qilib menejment nazariyasi va amaliyoti turli davrlarda o`ziga xos ko`rinishlarda shakllangan:

  • 50-60-yillarda boshqaruvning diqqat markazida tashkiliy tarkibi turgan;

  • 60-70-yillarda strategik rejalashtirish vujudga keldi;

  • 80-yillardan boshlab esa, ilg’or g’arb firmalarida strategik rejalashtirishdan strategik boshqaruvga o`tiladi.

Boshqaruv konsepsiyalari. Boshqaruvning empirik ta’limi. Bu ta’lim nazariyasi firma, tashkilotlar bilan aniq boshqaruv tajribasi asosida menejment usulini takomillashtirish, o’rganish va uni keyinchalik tarqatish yotadi. Bundan ta’limning nomi kelib chiqadi – empirik (empirik-tajriba). Uning vakillari E.Peterson, G.Saymon, P.Druker, R.Devis, A.Chandler, e.Deyl va boshqa olimlardir.


Empirik ta’limning dunyoga kelishida ilmiy menejmentni va inson munosabatlari ta’limining bir qator qoidalarini yetarli darajada ishlatilishi sababdir. empirik ta’limning tarafdorlari nazariy tamoyillarning ahamiyatini inkor qilmagan holda эng muhimi boshqaruv tajribasini bevosita tahlili deb hisobladilar. Boshqaruvni o’rgatishning maxsus usullari boshqaruvning aniq vaziyatlari asosida ishlab chiqilgan эdi. Bu kabi tahlil, ularning fikricha, ushbu vaziyatga to’g’ri keladi.
Empirik ta’lim firma ichidagi menejment amaliyotiga o’zining salbiy ulushini qo’shdi. U boshqaruv tarkibiga vazifaviy xizmatlarni tashkil etishda, muntazam xizmatlarda, texnik va axborot ta’limi tizimlarida va boshqalarda kimmatbaho tavsifnomalar berdi. Menejerlarni samarali o’qitish usuli bo’yicha katta izlanishlar olib borildi, amaliyotga эsa yangiliklar kiritildi. Misol sifatida «Jeneral Motors» firmasining prezidenti bo’lgan A.Sloun tomonidan tashkil qilingan maxsus menejerlash tayyorlash Markazini keltirish mumkin. O’z asoschisining nomi bilan ataluvchi «Sloun ta’limi» hozirgi davrda dunyoga mashhur boshqaruv xodimlarini tayyorlovchi markaz hisoblanadi.
Empirik ta’lim vakillari bir qator muammolarni oldinga surishdi, so’ng 70-80 yillarda ular dolzarb bo’lib qoldi. Shulardan quyidagilarni keltirish mumkin:
1.Ta’lim maskani boshqaruvni markazlashtirish va nomarkazlashtirish masalasiga salmoqli diqqat-э’tibor qaratdi.
2.Maqsadli boshqaruvni joriy эtilishida hamkorlik qildi.
3.Empirik ta’lim boshqaruv vazifasini turkumlash muammosi; rahbar xodimlar mehnatini tashkil qilish bilan shug’ullangan.
Empirik ta’lim izlanuvchilari menejmentni kasblantirishni, ya’ni boshqaruv mehnatini muhim va alohida kasbga aylantirishni tasdiqlab keldilar. Кasbiy boshqaruvning birinchi xususiyati – menejerni barcha mavjud resurslardan bir butun yaratishdan va foydalanishdan iboratdir.
Ikkinchi xususiyati – bu qaror qabul qilishda mo’ljalni tashkilotning kelajagiga qaratishdir.
«Menejment» tushunchasi empirik ta’lim vakillarining izlanishlarida ikkita ma’noda ko’riladi: keng va tor ma’noda. Кeng ma’noda ijtimoiy nuqtai-nazardan menejment bu texnika yoki insonga xos moyillikni taraqqiy toptirish va guruhni shakllantirish usulidir. Guruhning qanday bo’lishiga qaramay u o’zining xususiy menejmentiga эga bo’lishi kerak. Bu ta’limga asos soluvchilar E.Peterson va E.Ploumenning fikriga ko’ra menejment qo’l ostidagilarga rahbarlik qilishdagi va u orqali insonning asosiy intilishini qoniqtiradigan jarayon deb bilish mumkin. Menejment rahbarlikni hukumatni o’ziga qabul qilish bilan, vazifalarni taqsimlash va ushbu tashkilotdagi odamlarini barcha hatti-harakati haqidagi hisobotni o’rnatilishi bilan qabul qiladi.
Menejment ancha tor ma’noga ega bo’lishi ham mumkin. Bu korxona boshqaruvining nazariya va amaliyoti tamoyilidir. U boshqa holatlarda menejment va menejer korpusi эmpirik ta’lim vakillari tomonidan kuchli vaqt va ishlab chiqarish samaradorligi omili sifatida qabul qilinadi. Menejmentning texnokratik nazariyasi. 1950-60 yillarda Amerika menejmentida shunday yo’nalish taraqqiy topa boshladiki, ularni texnokratik nazariyasi oraliq birlashtirish mumkin edi. Bu yo’nalishdagi ta’limlar orasida elit nazariyasi yoki texnokratik va industrial jamiyat nazariyasini keltirish mumkin. Bu nazariyalar kapitalizmni o’sha davrda yuqori saviyada taraqqiy topishiga ijobiy javob sifatida dunyoga keldi. Ularning vazifasiga boshqaruv tavsifiga ega kapitalistik ishlab chiqarishni kelajakdagi taraqqiyotiga ko’maklashuvchi omillarni kidirib topish kirgan edi. Barcha uch xildagi nazariyada ushbu taraqqiyotni bunyod etuvchilik roli menejmentga va menejerlar korpusiga beriladi.
Texnokratik nazariya. Uning asoschisi amerikalik sosiolog T.Veblen эdi. Bu ta’lim bo’yicha izlanishlar olib boruvchilar kelajakda jamoa ishlab chiqarish taraqqiyotini oldindan belgilash vazifasi bilan shug’ullanganlar. Ularning g’oyasi bo’yicha kelajak muhandislar va texnik ziyolilar davri bo’ladi. Shunga yarasha, kelajak menejmenti – bu texnokratik – fan va texnika vakillaridir.
Elit nazariyasi. Bu nuqtai-nazar tarafdorlari jamiyatni hamma narsaga эga va unga bo’ysunuvchi olomonga, boshqaruvda эsa «malakali» rahbarlarga va «malakasiz» ko’pchilikka taqsimlaganlar.
Industrial jamiyat nazariyasi vakili taniqli amerikalik iqtisodchi J.Gelbreyt. 1967 yilda J.Gelbreyt o’zining «Yangi industrial jamiyat» nomli kitobini nashr эtdi. Unda barcha ko’rib chiqilayotgan boshqaruv nuqtai-nazarining bosh g’oyalari isbotlari o’z aksini topgan.
Industrial jamiyat nazariyasining tartib qoidalari elit va texnokratik nazariyalari vakillarining fikriga deyarli o’xshashdir. Bu erda ikkita jihat mavjud: 1.Jamiyatdagi har xil turkumdagi odamlarni ularning ma’lumot darajasiga qarab taqsimlanishi va qarama-qarshiligi. 2. Texnologik menejmentga boshqaruvning ilg’or kuchi rolini berish.
Industrial jamiyat nazariyasining asosiy belgilari:
J.Gelbreyt va uning tarafdorlari zamonaviy ishlab chiqarishni va undagi qaror topgan munosabatlarni yuqori darajada industrial jamiyat deb keladilar. Avvalgi davrda boylar va kambag’allar orasida ijtimoiy kelishmovchilik hukm surgan, hozirgi davr jamiyatida bu kabi kelishmovchilikka barham berilgan, chunki har bir mehnat qilayotgan inson o’zining talabini qondirish uchun etarli darajada pul ishlamoqda.


Yüklə 88,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə