Qadimgi Baqtriya Xorazm va Sug‘diyona davlatlari


Menejmentning Amerikacha modeli



Yüklə 88,72 Kb.
səhifə4/8
tarix13.09.2023
ölçüsü88,72 Kb.
#121859
1   2   3   4   5   6   7   8
Menejmentning xorijiy modellari 2

1.2. Menejmentning Amerikacha modeli.
Amerikacha menejment hammadan avval boshlanishida F.Teylor turgan ilmiy boshqaruv maktabi ta’limlariga asoslanadi.
Amerikacha mejentment yana o’ziga asoschisi Anri Fayolь bo’lgan klassik maktab asoslarini ham sindirib olgan. U boshqaruvning amerikacha nazariya- sidagi barcha yo’nalishlari shakllanishiga ham katta ta’sir ko’rsatgan.
20-30 yillarda xo’jalik yuritishning ekstensiv usullaridan intensiv usullariga o’tish boshqaruvning yangi shakllarini qidirib topishni taqozo qilgan.
Asta-sekinlik bilan kapitalistik ishlab chiqarishni yashab qolishi uchun korxonadagi ishchilar holatiga munosabatni o’zgartirish, motivatsiya va xodimlar va tadbirkorlar o’rtasidagi hamkorlikning yangi usullarini ishlab chiqish zarurligini tushunish vujudga kelgan. “Insoniy munosabatlar maktablari” nomini olgan yangi kontseptsiyani shakllanishi amerikalik sotsiolog va psixolog E.Meyo nomi bilan bog’liqdir.
“Insoniy resurslar menejmenti” atamasi 60–yillarda vujudga kelgan. Amerikalik sotsiolog R.E.Maylz o’zining asarlaridan birida “Insoniy munosabatlar” modeliga “Insoniy resurslar” modlelini qarama-qarshi qo’ygan. “Insoniy resurslar” modeli strategik, tashkilotning asosiy maqsadlarini hal qilishga ko’maklashuvchi sifatida ko’rib chiqilgan. “Insoniy resurslar” modeli shaxsning tashkilotdagi faol o’rniga qaratilgan. Har bir kishi o’z mehnatining natijalariga javob berishi, tashkilotning umumiy maqsadlarini bilishi va o’z mehnati bilan ularga erishishga ko’maklashishi kerak. O’z navbatida tashkilot o’z xodimlarining shaxsiy tashabbusini moddiy rag’batlantirishi va xizmatda ko’tarilish yordamida sho’’baiqtirishi kerak. Zamonaviy amerikacha menejment quyidagi uchta tarixiy shart-sharoitlarga asoslanadi:
  • bozorning mavjudligi;


  • ishlab chiqarishni tashkil qilishning sanoat usuli;


  • tadbirkorlikning asosiy shakli sifatidagi korporatsiya.


Korporatsiyalar yuridik shaxs mavqeiga, ularning aktsiyadorlari esa foydaning o’zlariga tegishli bo’lgan aktsiyalar miqdoriga mutonosib bo’lgan qismiga egalik qilish huquqiga egalar. Korporatsiyalar barcha mulk sarmoya egasiga tegishli bo’lgan va egalari ishchilar faoliyatini to’liq nazorat qiluvchi kichik korxonalar o’rniga kelganlar. Menejment nazariyachilarining fikriga ko’ra, korporatsiyalarni tashkil qilishni o’z orqasidan mulkni unga egalik qilishni nazorat qilishdan, ya’ni hukmronlikdan ajratilishiga olib kelgan. Korporatsiyalarni boshqarish bo’yicha haqiqiy hukmronlik uni boshqaruvchi va menejerlar (ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish sohasidagi mutaxassislar)ga o’tgan. Hozirgi vaqtda amerikacha menejment modellarida korporatsiyalar asosiy tarkibiy birlik bo’ladilar. Amerika korporatsiyalari o’zlarining faoliyatlarida strategik boshqaruvdan keng. SXM raqobatbardosh mahsulotni o’z vaqtida ishlab chiqarish va uni sotish, navlar bo’yicha mahsulotni ishlab chiqarishning ishlab chiqarish dasturini shakllantirishga javob beradi. Hozirgi vaqtda AQSHda boshqaruvga ishchilarni jalb qilishning to’rtta asosiy shakllari keng tarqalgan:

Ishchilarni tsex darajasiga mehnat va mahsulot sifatini boshqarishda ishtirok etishi.

  1. Ishchilar va boshqaruvchilarning ishchi kengashlari (qo’shma qo’mitalari)ni tashkil qilinishi.


  2. Foydada ishtirok etish tizimlarini ishlab chiqilishi.


  3. Ishchilar vakillarini korporatsiyalar direktorlar kengashlariga jalb qilinishi.




Menejmentning yapon modeli ham katta sho’’baiqish uyg’otadi. Yaponiya jahon bozorida yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. Buning asosiy sabablaridan biri u tomonidan qo’llanayotgan menejmentning insoniy omilga qaratilgan modelidir. Yaponiyada milliy xarakterning o’ziga xos alomatlariga mos keluvchi mehnat va hulq usullari vujudga kelgan. Yaponlar insoniy resurslarni mamlakatning asosiy boyligi deb hisoblaydilar. Xo’jalik yuritishning yapon tizimi tarixan vujudga kelgan guruhli jipslashganlik va yaponlarni yuqori sifatli mahsulotlarni yaratishga tug’ma intilishi an’analariga suyanadi. Iqtisod qilish va tejamkorlik yapon xarakterining ajralib turuvchi alomatlari bo’ladi. Iqtisod va tejamkorlikni talab qilish bevosita yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’langan. Yapon menejmentining mohiyati odamlarni boshqarishdan iboratdir. Bunda yaponlar amerikaliklarga o’xshab bitta odam (shaxs)ga emas, balki odamlar guruhiga qaraydilar. Bundan tashqari, Yaponiyada tutgan o’rni guruh tomonidan ma’qullanadigan yoshi bo’yicha kattaroq kishiga bo’ysunish an’anasi vujudga kelgan. Yaponlar mehnatning oldida bosh egadilar. Ularni ko’pincha “mehnatsevarlar” deb ataydilar. Yapon xalqi boyliklari iererxiyasida mehnat birinchi o’rinda turadi. Yaponlar yaxshi bajarilgan ishdan qoniqishni his qiladilar. SHuning uchun ular qat’iy intizom, keskinlik va ish vaqtidan tashqari ishlashga chidashga rozilar. Menejmentning yapon modeli “ijtimoiy insonga” mo’ljallangan. “Ijtimoiy inson” rag’batlar va motivatsiyaning o’ziga xos tizimiga egadir. Rag’batlarga ish haqi, mehnat sharoitlari, rahbarlik usuli, xodimlar o’rtasidagi shaxslararo munosabatlar kiradi. Xodimning mehnatdagi muvaffaqiyatlari, uning xizmatlarini tan olinishi, xizmatdagi o’sish, kasbiy mukammalashish, ijodiy yondashuv mehnatga motivatsiya bo’ladilar. Keyingi yillarda amerikali tadbirkorlar ko’pincha Yaponiyaning ilg’or tajribasi, yaponlarni muvaffaqiyatga olib kelgan yangiliklarni o’z korxonalariga ko’chirish uchun harakatlar qilganlar. Bu “aniq vaqtda”, “sifat to’garaklari”, xodimlarning uzoq muddatli yoki “umrbod yollash” va boshqalardir. Ammo ularni barchasi ham uzoq yashay olmagan.
O’tgan asrning o’rtalarida holat teskari bo’lgan. Yapon firmalari ishlab chiqarishni tashkil qilish, ishlab chiqarish texnologiyasi, tashkiliy tuzilmani tashkil qilish va boshqa amerikacha tamoyillarni qabul qilganlar. Mashhur “sifat to’garaklari” va “aniq vaqtida” yetkazib berish tizimi Amerikada vujudga kelgan, ammo dastavval u yerda keng tarqalmagan. Ular birinchi marta yapon firmalarida qo’llana boshlanganlar va yaxshi natijalar keltirganlar. SHuning bilan bir vaqtda amerikacha “insoniy resurslar”ni boshqarish usullari Yaponiyada qo’llanish topmagan.
Bu menejmentning bitta modelini boshqa davlat iqtisodiyotiga uning o’ziga xos xususiyatlarini yetarlicha hisobga olmasdan ko’chirish mumkin emasligidan darak beradi.


Yüklə 88,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə