Qadimgi sparta mamlakatlarida taʼlim va tarbiya reja


So`nggi janglar va Kalliy sulhi. Miloddan avvalgi 479-yili Mardoniy



Yüklə 56 Kb.
səhifə6/7
tarix20.06.2022
ölçüsü56 Kb.
#89810
1   2   3   4   5   6   7
QADIMGI SPARTA MAMLAKATLARIDA TAʼLIM VA TARBIYA

5. So`nggi janglar va Kalliy sulhi. Miloddan avvalgi 479-yili Mardoniy boshliq eron qo`shinlari yana Attikaga bostirib kirib, Afinani vaqtincha ishg`ol qiladi. Yunon polislarining birlashgan kuchlari eroniylaiga zaiba berib, ularni Beotiyaga chekintiradi. Plateya yonidagi jangda Eron qo`shinlari yengilib, Mardoniy halok bo`ladi.
Eroniylar Yunonistonni tashlab chiqishga majbur bo`ladilar. Adolatli urush g`olib chiqib, yunonlar o`z vatanlarini yovuz dushmandan tozalaydilar. Miloddan avvalgi 478-yili urushda ishtirok etgan yunon polislari, Kichik Osiyodagi yunon shaharlari va Egey dengizidagi orol-davlatlar Afina boshchiligida Ittifoq tuzganlar. Bu Delos yoki 1-Afina dengiz ittifoqi nomini olgan. Uning Delos ittifoqi deb atalishi ittifoq xazinasi muqaddas Delos orolida saqlangan. Bu ittifoq yunonlarning eroniylar ustidan uzil-kesil g`alaba qilishida muhim ahamiyat kasb etgan. Yunon-Eron urushi Yunonistondan tashqarida miloddan avvalgi 449-yilgacha davom etdi. So`nggi urushlarda ham yunonlar g`alaba qozonganlar.
Miloddan avvalgi 449-yili Suzada sulh tuzilib, u yunon tomonning vakili Kalliy nomi bilan Kalliy sulhi deb ataladi.
Sulh ahdlariga ko`ra eronliklar Kichik Osiyodagi yunon shaharlari va Egey dengizidagi barcha orollar mustaqilligini tan olgan. Eron harbiy-dengiz flotiga Egey dengizida suzish taqiqlangan. Eron Yunonistonga ko`p miqdorda tovon to`lashi kerak bo`lgan.
1-Afina dengiz ittifoqidan foydalanib, Afina butun Yunon dunyosidagi eng qudratli davlat bo`lib qolgan. Urush yunonlarning g`alabasi bilan yakunlangan. Bu urush yunonlar uchun ozodlik va mustaqillik urushi edi.
Miloddan avvalgi V–IV asrlarda Afinaning kuchayishi
1. Afina dengiz ittifoqining kuchayishi. 43 yil davom etgan Yunon-Eron urushidan so`ng Afina O`rtayer dengizi havzasidagi eng kuchli davlatga aylanadi. Yunon shahar-davlatlarining Afina boshchiligidagi 1-ittifoq Yunon-Eron urushidan keyin ham saqlanib qolgan. G`alabadan keyin bu ittifoq a`zolarining soni 200 ga yetgan.

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə