Qadimgi sparta mamlakatlarida taʼlim va tarbiya reja


Eronliklarning Yunonistonga uchinchi yurishi. Miloddan avvalgi 486-yili



Yüklə 56 Kb.
səhifə5/7
tarix20.06.2022
ölçüsü56 Kb.
#89810
1   2   3   4   5   6   7
QADIMGI SPARTA MAMLAKATLARIDA TAʼLIM VA TARBIYA

4. Eronliklarning Yunonistonga uchinchi yurishi. Miloddan avvalgi 486-yili Doro I vafot etadi. Eron taxtiga uning o`g`li Kserks o`tiradi. Kserks mamlakatning turli joylaridagi qo`zg`olonlarni bostirib Yunonistonni bosib olishga tayyorgarlik ko`radi. Bu davrda Yunon polislari o`rtasida birlik bo`lmasa ham Afina quruqlikdagi qo`shinlarni va harbiy-dengiz kuchlarini urushga tayyor qilib qo`ygan edi. Eron urushi xavfi tug`ilgach, polislar birlasha boshladilar. Miloddan avvalgi 481-yili Afina bilan Sparta o`rtasida ittifoq tuzildi. Bu ittifoqqa boshqa polislar ham qo`shiladilar.
Miloddan avvalgi 480-yilning bahorida eronliklarning Yunonistonga uchinchi yurishi boshlanadi. Eron qo`shinida eronliklardan tashqari turonliklar, ossurlar, bobilliklar, kichik osiyoliklar ham bor edilar. Qo`shinga Kserksning o`zi boshchilik qilgan. Kserks qo`shinlari ham suv, ham quruqlikdan borib Shimoliy Yunonistonni ishg`ol qiladilar. Eron qo`shinlari bilan yunon qo`shinlari Fermopol shahri yonida bir-birlariga to`qnash keladilar. Fermopol mudofaasiga Sparta podshosi Leonid boshchilik qilgan. Kserks Leonidga taslim bo`lishni va qurol-yarog`larni topshirishni talab qilgan. Leonid esa Kserks elchilariga «Kelinglar, kuchinglar yetsa olinglar», – deb javob bergan. Eron elchisi eron qo`shinlarining ko`pligi bilan yunonlarni qo`rqitmoqchi bo`lib: «Bizning kamondan yog`dirilgan o`qlarimiz va nayzalarimiz sizlami quyoshdan to`sib qo yadi», degan ekan. Bunga javoban bir sparta jangchisi: «Hechqisi yo`q, biz soyada ham jang qilaveramiz», deb javob qaytargan ekan. Shundan keyin Fermopolda jang boshlanib Leonid o`z qo`shinlari bilan ikki kun davomida eroniylarning hujumini qaytarib turgan. Lekin katta boylikka sotilgan fessaliyalik bir xoin eron qo`shinlarini tog` so`qmoqlari osha yunon qo`shinlarining orqa tomoniga olib o`tgan. Bu voqeadan xabardor bo`lgan Leonid 300 spartalikdan boshqa hamma askarlarga chekinishni buyuigan. Leonid o`zining 300 jangchisi bilan birga eronliklarga qarshi ikki kecha-kunduz jang qilib, qahramonona halok bo`lgan. Eroniylar o`rta Yunonistonni bosib olib, so`ng Afinani ishg`ol qilganlar. Dushman Afinani talagan, o`t qo`ygari va vayron qilgan. Yunonlar jonajon shaharlarini tark etishgan. Jang qilishga kuchi yetadiganlar qo`shinga borib qo`shilganlar. Ayollar, bolalar, keksalar va qullar Peloponnesga va Salamin oroliga o`tkazib qo`yilgan. Afinaliklar Kserks buyrug`i bilan o`t qo`yilgan jonajon shaharlari alanga ichida qanday yonayotganligini kemalar va oroldan ko`rib turganlar. Yunonlarning 370 harbiy kemasi Attika bilan Salamin oroli oralig`idagi bo`g`ozda to`plangan edi. Bu yerda eroniylarning 700 kemasi turar edi. Yunon kemalari har tomonida uch qatordan eshkaklari bo`lgan 180 eshkakchisi va 20–30 jangchisi bo`lgan triyerlar edi. Bu kemalardagi dengizchilar Salamin bo`g`ozining qayeri sayoz, qayerida qoya toshlar borligini yaxshi bilardilar. Ular bo`g`ozda tez, chaqqon harakat qila olar edilar. Eron kemalari katta, qo`pol bo`lib bu joyning past-baland joyini bilmas edilar.
Kserks o`z kemalarining kuch-quvvatiga ishonib jang boshlashni buyuradi. O`zi esa Attikaning baland qirg`og`idan jangning borishini kuzatib turadi. Ikki o`rtada dahshatli dengiz jangi boshlanib, yunon floti eron floti ustidan g`alaba qozonadi. Bu jang tarixga Salamin jangi nomi bilan kirgan.
Jangda eroniylarning 200 kemasi cho`ktirilib, ko`pchiligi esa shikastlangan. Mag`lubiyatdan omon qolgan eroniylar Yunonistonni tashlab qochadilar.

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə