Qadirov abdumurodning zoologiya fanidan tayyorlagan


Biologiyasi va ekologiyasi



Yüklə 1,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/19
tarix18.05.2022
ölçüsü1,41 Mb.
#87284
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Surxondaryo viloyati sharoitida uchrovchi ilonlar

Biologiyasi va ekologiyasi.
Ko‘pchilik holatda tog‘ etaklaridagi butazor,
toshloq yerlarda, qishloq va bog‘larda, eski buzilgan binolardan iborat harobalarda
uchraydi. Ba’zan daryo sohillari, qumli sahrolarda ham uchratish mumkin.
Tog'larda dengiz sathidan
2000 m balandlikkacha bo‘lgan joylarda tarqalgan. Kalamushlar, qumsichqon kabi


21
kemiruvchilar inida yashaydi. Qishki uyqusini ham shu yerda o‘tkazadi. Sentabr,
ayrim xollarda oktabrdan qishki uyquga ketadi va keyingi yilning mart-aprel
oylarida uyg‘onadi.
0 ‘zbekiston sharoitida kapchailonlaraing uyg‘onishi aprel oyining birinchi
dekadasiga to‘g‘ri keladi. Aprelda va kuz oylarida bu ilonni kunduz kuni ham
uchratish mumkin. Yoz faslida havo isib ketganda u ertalab va kechqurun faol
bo'ladi. Kapchailon baqa, qurbaqa, ilon va kaltakesaklar, mayda kemiruvchilar va
turli sutemizuvchilar, ba’zan qushlar va ularning tuxumlari bilan oziqlanadi. U
boshqa zaharli ilonlar bilan ham oziqlanadi. O‘zbekiston va Turkmanistondan
tutilgan bir necha kapcha ilonlarning ichi yorib ko‘rilganda, ba’zilarining
oshqozonidan charx ilon (eng zaharli ilonlardan biri) skeleti, kalamush qoldiqlari
va ba’zi birlaridan yosh quyon, qirg‘ovul, kaklik qoldiqlari topilgan.
7-rasm.
O'rta Osiyo kobrasi (ko'zoynakli ilon) – kobra naja oxiana eichw
May oyida juftlashadi va tullaydi. Kapcha ilon O‘rta Osiyo sharoitida
iyulning ikkinchi yarmi va avgustning dastlabki kunlarida uzunligi 3,3-3,8 sm,
og‘irligi 12-19 gr keladigan 6 tadan 19 tagacha tuxum qo‘yadi. Bo‘yi 32,8 sm
keladigan yangi tug‘ilgan bolasi sentabrning ikkinchi yarmida uchragan. Soni
keskin kamayib ketganligi sababli O‘zbekiston va Xalqaro «Qizil Kitob»ga
kiritilgan tur hisoblanadi.


22

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə