Qadirov abdumurodning zoologiya fanidan tayyorlagan


Tur: A. blomhoffi Boie-Sharq qalqontumshuq iloni



Yüklə 1,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/19
tarix18.05.2022
ölçüsü1,41 Mb.
#87284
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Surxondaryo viloyati sharoitida uchrovchi ilonlar

Tur: A. blomhoffi Boie-Sharq qalqontumshuq iloni
(Sharq bo‘shiloni)
Toshkent va Samardand viloyatidagi tog’larda va Qoraqalpog’istondagi
tekisliklarda qalqontumshuq ilon yashaydi. Bu respublikamizda tarqalgan birdan-
bir chinqiriq yoki shaqildoq ilondir. Bu oilaning ko'p vakillari Shimoliy va
Markaziy Amerikada hamda Janubiy Amerikaning shimoliy rayonlarida yashaydi.
Tanasining uzunligi 68 sm gacha, dumi qisqa 4—8 sm bo'ladi. Ustida to'q
rangli ko'ndalang dog’lari bor. Bu yo'llarning cheti o'rtasiga qaraganda ancha to'q
rangli bo'ladi. Tanasining yonida ancha mayda va to'q rangli dog’lardan iborat
uzunasiga ketgan yo'llari bor. Qorni och yoki to'q rangli mayda dog’li, ba'zan esa
dog’siz bo'ladi.


16
Qalqontumshuqning tipik yashash joylari shimolda - gil tuproqli va qumli
cho'llardir. Janubda u baland tog’lardagi archazor o'rmonlarda va tosh uyumlari
bo'ylab alp o'tloqlarigacha (3200 m va undan balandroq) uchraydi.
6-rasm.
Qalqontumshuq ilon – ancistrodon halys pall
Mirzacho'lda qishlagan qalqontumshuqlar fevralning oxiri — martning
boshida qishlovdan chiqadi. Dastlabki kunlari ular o'zlari qishlab chiqqan
kemiruvchilarning ini yonida isinadi. Issiq tushishi bilan tungi hayot tarziga o'tadi.
Iyulning oxiri — avgustda urg’ochilari 160—190 mm li 1—20 ta bola tug’adi.
Ular sekin o'sadi. Hayotining uchinchi yili jinsiy jihatdan voyaga yetadi. Belgilab
qo'yilgan qalqontumshuqlar tabiatda 12—13 yildan keyin tutilgan edi. Balki ular
bundan uzoq yashasa kerak.
Qalqontumshuqning chaqishi juda og’ritadi. Bunda odam shishib ketadi,
issig’i ko'tariladi, ba'zan esa qorason kasalligi kuzatiladi. 10— 15 kundan keyin u
tuzala boshlaydi.
Agar sizni zaharli ilon chaqsa, darhol jarohatni qo'lingiz bilan siqib
chiqaring yoki og’zingiz bilan so'rib tashlang. Ilonning zahari so'lak ta'sirida
qisman parchalanadi va odam og’zi orqali hech qachon, hatto buzilgan tishi bo'lgan
taqdirda ham zaharlanishi mumkin emas. Qonni 5-8 minutdan ortiq so'rib yoki
siqib chiqarish mumkin emas. Shundan keyin margansovka, sirka yoki sodali
suvga ho'llangan bint yoki paxta bosish kerak. Jarohatlangan odam suv, limonad,
sut, kofe ichishi, tarvuz yeyishi foydali. Jarohatni qizdirilgan temir bilan bosish


17
yoki kuchli spirtli ichimliklar ichish mumkin emas. Dastlabki chora-tadbirlar
ko'rilgandan keyin, iloji boricha tezroq zaharga qarshi zardob qabul qilish uchun
vrachga borish lozim.
Zardob quyidagicha tayyorlanadi: ilonlardan olinadigan zahar maxsus
pitomniklarda saqlanadi, quritiladi. Quruq cho'kma fiziologik eritmada eritiladi va
otlarga yuboriladi. Bunda eritma dozasi oshirib boriladi. Hayvonda immunitet
hosil qilinadi. Undan qon olinadi, qizil va oq qon tanachalari ajratiladi, plazma esa
(shuning o'zi ilonga qarshi zardobdir) shisha ampulalarga solinadi. Ampulalarga
solib kavsharlab qo'yilgan zardob ikki va undan ortiq yil saqlanishi mumkin. U
ilon chaqqan odamning terisi ostiga yoki venasiga yuboriladi. O'z vaqtida yordam
ko'rsatilganda ilon chaqqan odam ertasi kuniyoq tuzalib ketadi. O'zbekistonda
tayyorlangan zardob boshqa shahar va qishloqlariga va chet el mamlakatlariga
jo'natiladi. Sog’liqni saqlash ministrligiga qarashli Toshkent vaksina va zardoblar
ilmiy tekshirish instituti mamlakatimizdagi bu qimmatbaho preparatni yetkazib
beruvchi yagona tashkilot bo'lib, har yili o'n minglab ampulalarda ilonga qarshi
zardob jo'natadi.
Ilon zahari maxsus pitomniklar — serpentariylarda olinadi. Birinchi
bunday tashkilot asrimizning boshida Braziliyadagi San-Paulu shahrida tashkil
qilingan edi. Ilon zahari 1935-yili Toshkent hayvonot bog’ida B.V. Pestinskiy
tashabbusi bilan ishlab chiqarila boshlangan edi. Birmuncha keyinroq Suxumida
akademik E. N. Pavlovskiyning bevosita ishtiroki va rahbarligida serpentariy
tashkil qilingan edi.
60-yillarning boshlarida ilon pitomniklari tashkil etish juda avj olgan edi.
Zahardan faqat ilonga qarshi zardob va diagnostika preparatlari tayyorlashdagina
foydalanib qolinmadi. Serpentariylar tarmoqlari va ularning mahsulotlari grammlar
bilan emas, balki kilogrammlar bilan o'lchanadigan bo'ldi.
Zahar olish maqsadida Termizda, Uzoq Sharq qo'riqxonasida va boshqa
joylarda ilonlar saqlanadigan bo'lindi.
Hozirgi vaqtda serpentariylar bir qator punktlarda ishlab turibdi. Shundan
eng yirigi, yiliga bir necha kilogramm zahar beradigan Ozarbayjonning Apsheron


18
yarim orolida joylashgan bo'lib, Ozarbayjon Tabiatni qo'riqlash bo'yicha davlat
komitetiga qarashlidir. Unda bir necha mingta kavkaz kenja avlodining ko'lvor
ilonlari bor. Ahamiyatiga ko'ra ikkinchi hisoblangan qo'riqxona Frunze shahrida
joylashgan bo'lib, ovchilik boshqarmasining hayvonotchilik birlashmasiga
bo'ysunadi. U yerda juda ko'p ilon turlari, ko'lvor ilon, kobra, oddiy
qalqontumshuq, dasht qora iloni va boshqalar bor. hozirgi vaqtda serpentariy
asosan oddiy qora ilondan zahar oladi. Moskva yaqinida shu birlashmaning o'ziga
qarashli bitta pitomnigi bor, unda oddiy qora ilondan zahar olinadi. Toshkent
atrofidagi pitomnikdan esa ko'lvor ilonning O'rta Osiyo kenja turkumidan zahar
olinadi.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə