Qarilik davrida bilish jaryonlarining ozgarishlari



Yüklə 26,09 Mb.
səhifə2/5
tarix19.12.2023
ölçüsü26,09 Mb.
#151852
1   2   3   4   5
15-мавзу RENESSANS TA’LIM UNIVERSITETI

Keksayish nima?

  • I.V.Davidovskiy “Keksayish nima?” nomli asari¬da taʼkidlaganidek, inson 50−60 yoshga toʼlganda yoki undan oshgan chogʼida yetuklikning kechikkan davriga kirib keladi. Shu yoshdagi odamlarning oʼlimini XVIII asrdagi tengdoshlari bilan taqqoslansa, ularning yashash va mehnat qilish imkoniyati 75 yoshgacha uzayishi mumkin. Chunki hozirgi kunda nafaqani belgilash haqiqiy biologik qarish yoshidan 15−20 yil ilgarilab ketgan.

Biologik keksayish nima

  • Biologik keksayish
  • Nafaqat yoshiga toʼlgan kishilarning ishni davom ettirish istagi va ulardan foydalanish ehtiyoji tibbiyot va ruhiyat ilmi oldiga bir qancha talablar qoʼyadi. Bu talablar M.D.Аleksandrova va uning shogirdlari taʼkidlaganidek, 60 yoshdan oshgan odamlarning somatik sihatliligi ularning ishlab chiqishda qatnashishiga qanchalik imkon berishini, insonning ruhiy salomatligi ishlashda qay darajada yordamlashishini, sogʼlom keksa odamning psixofiziologik funktsiyalari, psixik jarayonlari, shaxsiy xususiyatlari va kasb-korlik uchun zarur talablarga mos kelish-kelmasligini aniqlashdan iboratdir.

Аsab sistemasining qarishi

  • Аsab sistemasining qarishi V.D.Mixaylova − Lukasheva, M.M.Аleksandrovskaya kabi olimlarning fiziologik va gistologik tadqiqotlarida keksalarning asab sistemasi, bosh miya tuzilishi oʼzgarishi oʼrganilgan boʼlib, bu hol makroskopiya va mikroskopiya maʼlumotlari asosida ifodalangan.
  • Makroskopiya maʼlumotlariga koʼra: a) keksalik davrida miyaning ogʼirligi 20−30 foiz yengillashadi: b) bir davrning oʼzida miya bilan kalla suyagining hajmi oʼrtasida disproportsiya kuchayadi; v) keksayish dav¬rida miya burmalari kamayadi va ariqchalari kengayishi kuzatiladi, bular ayniqsa miya qobigʼining peshona qismida yaqqol koʼrinadi va yetuk yoshdagi odamlarga qaraganda 3−4 ta yoʼl qisqaradi; g) miyaning zichligi ortadi.
  • Mikroskopiyaning natijalariga binoan: 1) nerv hujayralarining umumiy miqdori kamayadi, bu oʼzgarish qobigʼining III V zonalarida aniq bilinadi; 2) Purkinьe hujayralarining miqdori keskin kamaya¬di, hujayralarning yoʼqolishi yetuk kishilarga nisbatan 25 foiz koʼp boʼladi; 3) nerv hujayralari ajinlashadi: yadro esa notoʼgʼri koʼrinishga ega boʼla boshlaydi; 4) nerv tolalari yoʼgʼonlashadi; 5) xabar olib boruvchi yoʼlda mielin tolalarining miqdori ozayadi.

Yüklə 26,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə