Qarori xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘G‘risida


IV. Mehnatga soatbay haq to‘lash tartibi va shartlari



Yüklə 133,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix28.04.2023
ölçüsü133,94 Kb.
#107580
1   2   3   4   5   6   7   8
275-сон 21.12.2005. Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida

IV. Mehnatga soatbay haq to‘lash tartibi va shartlari
12. Pedagog xodimlar mehnatiga soatbay haq to‘lash:
ketma-ket ikki oydan ortiq bo‘lmagan davrda kasallik yoki boshqa sabablar bilan ishda
bo‘lmagan xodimlarning o‘rnini bosish tartibida ishlab berilgan soatlar uchun haq to‘lashda;
boshqa muassasalardan jalb etiladigan o‘qituvchilar va boshqa mutaxassislarning, shu
jumladan o‘rindoshlik bo‘yicha boshqa maktablardan jalb etiladigan o‘qituvchilar va
mutaxassislarning pedagogik ishi uchun haq to‘lashda;
o‘rnini bosish tartibida umumta’lim muassasalari rahbarlari tomonidan o‘tilgan o‘quv soatlari
uchun haq to‘lashda qo‘llaniladi.


13. Umumta’lim muassasalari pedagog xodimlari mehnatiga soatbay haq to‘lash stavkalari
miqdori belgilangan tartibda aniqlanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
14. Xalq ta’limi muassasasining rahbar xodimi tomonidan uning egallab turgan shtat
birligidan qat’i nazar, asosiy lavozimning bir haftada 10 soatgacha hajmda o‘qituvchi lavozimi bilan
qo‘shib olib borilishiga (o‘quv yuklamasi yuritilishiga) yo‘l qo‘yiladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
V. Xalq ta’limi muassasalarida mehnatni normalashtirishni tashkil etish
15. Xalq ta’limi muassasalari pedagog xodimlari mehnatini normalashtirish yillik, choraklik va
oylik ish rejalariga asoslangan.
Yillik ish rejasi o‘quv, tarbiyaviy va tashkiliy tusdagi asosiy tadbirlarni bajarish uchun zarur
bo‘lgan ish vaqti sarfi ko‘rsatilgan holda ularning ro‘yxatini o‘z ichiga oladi.
O‘qituvchilarning yillik ish rejasi choraklar va oylar bo‘yicha taqsimlangan bir yildagi 1548 soat
miqdoridagi ish vaqtining jamlangan hisobidan kelib chiqadi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik
ish rejasi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Mehnat va aholini ijtimoiy
muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
16. Yillik ish rejasi har bir pedagog xodim uchun yakka tartibda belgilanadi va kengaytirilgan
pedagogik kengashda muhokama qilingandan keyin xalq ta’limi muassasasi ma’muriyati
tomonidan tasdiqlanadi.
Ish rejalarining bajarilishini nazorat qilish xalq ta’limi muassasasi rahbari tomonidan amalga
oshiriladi.
17. Yakka tartibdagi yillik ish rejalarini ishlab chiqishda xalq ta’limi muassasasi ma’muriyati
o‘qituvchilar va pedagog xodimlar boshqa toifalarining o‘quv yuklamasi soatlari hajmini umumiy
belgilangan normativlarga nisbatan kamaytirishi yoki ko‘paytirishi mumkin. Bunda o‘quv
yuklamasining belgilangan normativlariga tuzatish kiritish hajmi O‘zbekiston Respublikasi Xalq
ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy rejadagiga nisbatan kamaytirish yoki
ko‘paytirish tomonga 10 foizdan ortiq bo‘lmasligi kerak.
18. Alohida hollarda xalq ta’limi muassasalarida xodimning roziligi bilan kasblar (lavozimlar)ni
birga qo‘shib olib borishga, shuningdek o‘zining asosiy ishi bilan birgalikda ishda vaqtincha
bo‘lmagan xodimlarning vazifalarini bajarishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda lavozimlarni birga qo‘shib olib
borish bo‘yicha ish vaqtining jami davom etishi mazkur Nizomning 
15-bandida 
nazarda tutilgan
jami ish vaqtining 50 foizidan, ya’ni yil mobaynida 774 soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
19. Xalq ta’limi muassasasining har bir xodimi ish rejasi bajarilishi to‘g‘risida pedagogik
kengashda yoki xalq ta’limi muassasasini boshqarishning boshqa kollegial organida yarim yilda
kamida bir marta hisobot beradi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
20. O‘qituvchilarning tarifikatsiya ro‘yxati asosida o‘qituvchilarga bir yarim stavka
miqdorigacha belgilangan dars soatlarining bir stavkadan ortiq bo‘lgan qismi bo‘sh ish o‘rinlari
sifatida qayd etilmaydi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-sonli 
qaroriga
asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
21. Pedagog xodimlarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan ustamalar, shu jumladan
mavjud sertifikatlari uchun to‘lanadigan ustamalar, tarifikatsiya ro‘yxatida ajratilgan dars soatlariga
(o‘qituvchining tarif stavkasiga) mutanosib ravishda to‘lab beriladi.
22. Bo‘lib o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha guruhlardan birining o‘qituvchisi turli sabablarga ko‘ra
darsda bo‘lmagan holatlarda guruhlar qo‘shib o‘qitiladi hamda qo‘shib o‘qitganligi uchun
qo‘shimcha haq to‘lovlari amalga oshirilmaydi.
(21 va 22-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli
qaroriga
 asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)


Oldingi
 tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-sonli 
qaroriga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09.19/823/3834-
son)
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 21-dekabrdagi 275-son
qaroriga
5-ILOVA

Yüklə 133,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə