Qarori xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘G‘risida


III. Ustamalar va qo‘shimcha haqlar



Yüklə 133,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix28.04.2023
ölçüsü133,94 Kb.
#107580
1   2   3   4   5   6   7   8
275-сон 21.12.2005. Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida

III. Ustamalar va qo‘shimcha haqlar
Oldingi
 tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli 
qaroriga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)


Oldingi
 tahrirga qarang.
10. Umumta’lim muassasalari o‘qituvchilariga qo‘shimcha haq to‘lovlari mehnatga haq
to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan foiz hisobida quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi:
Oldingi
 tahrirga qarang.
a) sinfdagi o‘quvchilar soniga ko‘ra sinf rahbarligi uchun:
15 nafar o‘quvchigacha — 26,4 foiz;
16 nafardan 20 nafar o‘quvchigacha — 31,6 foiz;
21 nafardan 25 nafar o‘quvchigacha — 36,9 foiz;
26 nafardan 30 nafar o‘quvchigacha — 42,1 foiz;
31 nafar va undan ko‘p o‘quvchi bo‘lganda — 52,8 foiz;
(10-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi
243-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
b) daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun (o‘quvchilar ikki guruhga bo‘lib
o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha ham) sinfdagi (sinf — komplektdagi) o‘quvchilar soni 15 nafargacha
bo‘lganda — 8,8 foiz, 15 nafar va undan ortiq bo‘lganda — 17,6 foiz.
(10-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-
avgustdagi 425-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y.,
09/22/425/0712-son)
v) informatika kabineti mudirligi uchun — 17,6 foiz.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli 
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Bunda o‘qituvchilar yozgi yillik mehnat ta’tilidan qaytgandan keyin ularga yangi o‘quv yili
boshlangunga qadar daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik hamda informatika kabineti
mudirligi uchun qo‘shimcha haq to‘lovlari amalga oshirilmaydi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-sonli 
qaroriga
asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y.,
09/21/243/0388-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
11. Xodimdan qo‘shimcha pedagogik malakani talab etadigan mehnatning alohida
sharoitlarida ishlaganlik uchun bazaviy tarif stavkasiga ustamalar qonunchilikka muvofiq
belgilanadi.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-
apreldagi 153-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-
son)
Xodimdan qo‘shimcha pedagogik malakani talab etadigan pedagogik lavozimlar ro‘yxati
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishgan holda
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Noqulay mehnat sharoitlarida band bo‘lgan xodimlarga mazkur Nizom kuchga kirgunga
qadar amalda bo‘lgan ustamalar saqlanib qoladi, ularning miqdori esa xodimning bazaviy tarif
stavkasiga nisbatan foizlarda hisoblab chiqiladi.

Yüklə 133,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə