Qarori xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘G‘risida


Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida



Yüklə 133,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix28.04.2023
ölçüsü133,94 Kb.
#107580
1   2   3   4   5   6   7   8
275-сон 21.12.2005. Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida

Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga
haq to‘lash tizimini takomillashtirish va uni moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida” 2005-yil 25-noyabrdagi PQ–227-son 
qaroriga
muvofiq ishlab chiqilgan hamda budjetdan
mablag‘ bilan ta’minlanadigan yoki aralash moliyalashtiriladigan xalq ta’limi muassasalari pedagog
xodimlari va rahbarlari mehnatiga haq to‘lash tartibi va shartlarini belgilaydi.


Ushbu Nizomning amal qilishi:
budjet tashkilotlari uchun qo‘llaniladigan Yagona tarif setkasi asosida xalq ta’limi tizimi
muassasalarining texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi 147-son 
qaroriga
muvofiq Yagona tarif setkasi asosida xalq ta’limi davlat boshqaruvi organlari xodimlari mehnatiga
haq to‘lash tartibiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
2. Xalq ta’limi tizimi xodimlari mehnatining ish haqi bazaviy tarif stavkasini hamda O‘zbekiston
Respublikasining qonunchilikda va ushbu Nizomda nazarda tutilgan ustamalar va qo‘shimcha
to‘lovlarni o‘z ichiga oladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
II. Xalq ta’limi muassasalari xodimlarining tarif stavkalari (lavozim maoshlari)
3. Xalq ta’limi xodimlarining lavozim maoshlari:
Oldingi
 tahrirga qarang.
xalq ta’limi muassasalarining pedagog xodimlari va rahbar xodimlarining har bir lavozimi va
malaka toifasi uchun belgilangan bazaviy tarif stavkalari asosida shakllantiriladi. Bazaviy tarif
stavkasi Yagona tarif setkasi bo‘yicha tarif stavkasini hamda qonunchilikda belgilangan tarif
stavkasiga doimiy ustamalarni, shuningdek pedagog va rahbar xodimlarning ayrim toifalari ish
haqiga qo‘shilgan kompensatsiya to‘lovlarini o‘z ichiga oladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-
apreldagi 153-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-
son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
xodimlarga qonunchilikda belgilangan ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar asosida
shakllantiriladi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-
apreldagi 153-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-
son)
Xalq ta’limi pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari:
xodimning lavozimiga;
xodimning malaka toifasiga;
xalq ta’limi muassasasining tipiga bog‘liq ravishda tabaqalashtiriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Xalq ta’limi muassasalari rahbarlarining bazaviy tarif stavkalari quyidagi jadvalga binoan
o‘quvchilar (tarbiyalanuvchilar) kontingentiga qarab muassasalar guruhidan kelib chiqib
belgilanadi:

Yüklə 133,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə