Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/83
tarix30.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#165199
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   83
Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya ka

Ishning mazmuni.
Bulutlar eng sodda tuzilgan ko’p hujayrali, o’troq hayot 
kechiruvchi suv hayvonlari bo’lib, asosan dengizlarda, ayrim vakillari chuchuk 
suvlarda tarqalgan. Ularning tanasida nerv va muskul to’qimalari bo’lmaydi. 
Tanasi, umuman to’qima va organlarga shakllanmagan, balki turli vazifalarni 
bajaruvchi ikki qavatli hujayralardan tashqil topgan. Bulutlar tanasi xilma-xil 
bo’lib, sharsimon, qadahsimon va ko’zachasimon shakllarda bo’ladi (21- rasm). 
Bulutlar gavdasining ichki tomoni bo’shliqdan iborat bo’lib, unga paragastral 
bo’shliq deyiladi. Asqon tipida tuzilishga ega bo’lgan bulutlarda bu bo’shliq 
devorining ichki yuzasi xivchinli yoqali hujayralar-xoanotsitlar bilan qoplangan. 
Xoanotsitlar ovqat moddasini ushlash va uni hazm qilish vazifasini bajaradi. 
Bulutlarning gavda devorida juda ko’p mayda teshikchalar (poralar) bo’lib, 
ularning naychalari orqali suv va ozuqa moddalar paragastral bo’shliqqa tushadi. 
Bulutlar tanasining ustki tomonida maxsus teshik («og’izcha») bo’lib, unga 
oskulum deyiladi. 
21 - rasm. Bulutlarning tuzilishi. 


A-Askon tipidagi bulutning tuzilishi:
1-oskulum; 2-poralar; 3-5-turli xil 
shakldagi skelet ignachalari; 4-tana sirti devorini qoplovchi hujayralar; 6-
yulduzsimon hujayralar; 7-pinokotsitlar; 8-porotsitlar.
B-Askon, siqon, leykon tipidagi bulutlar: 
1-oskului; 2-4-keltiruvchi naychalar
3-6-yoqali xivchinli hujayra (xoanotsit) lar xonachalari; 5-chiharuvchi naychalar;
7-yoqali xivchinli hujayralar; 8-paragastrol bo’shliq; strelkalar suv oqimi 
yo’nalishini ko’rsatadi. 
Oskulum suv va qoldiq moddalarni chiharib turish vazifasini bajaradi. Gavda 
devorini ustki tomonidan qoplab turuvchi hujayralar yassi shaklda bo’lib, ular 
pinokotsitlar deb ataladi. Bulutlarning tashqi ektoderma va ichki endoderma 
qavatlari orasida m ye z o g l i ya deb ataluvchi strukturasiz hujayralararo modda 
mavjud. Unda har xil hujayralar, xususan yulduzsimon hujayralar, skleroblastlar, 
amyobatsitlar va arxeotsitlar tartibsiz joylashgan bo’ladi. Yulduzsimon hujayralar 
tayanch vazifasini bajarsa, skleroblastlardan skelet elementlari xosil bo’ladi. 
Amyobatsitlar harakatchan hujayralar bo’lib, ularning bir gurug’i xoantsitlardan 
olingan ozuqani hazm qiladi, ikkinchi guruhi ixtisoslashmagan rezerv hujayralar, 
ya'ni arxeotsitlardir. Arxeotsitlardan (rezerv deb aytilishiga sabab) yuqorida 
aytilgan barcha hujayralar xosil bo’lib turadi, shu jumladan jinsiy hujayralar ham 
xosil bo’ladi. Bulutlar morfo-fiziologik tuzilishiga ko’ra uch guruhga bo’linadi: 
asqonoid, siqonoid va leyqonoid. O’rganilayotgan bulut chuchuk suv bodyagasi 
leyqonoid bulutlarning vakilidir. 
Leyqonoidli tuzilishdagi bulutlar murakkab tuzilgan. Bularda mezogliya 
yaxshi rivojlangan bo’lib, xoanotsitlar mezogliyadagi maxsus kameralarda 
joylashgan. Bu kameralarga suv gavda devoridagi teshikchalar (poralar) ning 
naychalari orqali keladi. Foydalanilgan suv esa chiharuvchi naychalardan 
paragastral bo’shliqqa o’tib, undan oskulum orqali tashhariga chihariladi. 
Bodyaga bulutlari turg’un va sekin oquvchi suv havzalarida hayot 
kechiradilar. Koloniyali bo’lib yashaydilar. Tirik bodyaganing tashqi qismida 
mayda teshikchalar, ularning uchida esa og’izcha oskulum joylashgan bo’ladi. 
Bodyaga dermal membrana bilan qoplangan. Gavda devorida kremniydan 
iborat ignalari mavjud. Bodyaga jinssiz (qurtaklanish) va jinsiy yo’l bilan 
ko’payadi. Qurtaklanish ham ikki xil bo’ladi. Tashqi qurtaklanish, koloniya xosil 
bo’lishi va uning tarkibidagi individlar sonining ortishiga sabab bo’ladi. Kuz 
faslida bodyaganing mezogliyasidagi arxeotsitlardan gemmula deb ataluvchi va 
qishlab qoluvchi ichki qurtaklar xosil bo’ladi. Bular qalin qobiq bilan o’ralib, 
maxsus skelet-ignalar bilan mustahkamlanadi. har bir bodyaga koloniyasida bir 
necha ming gemmulalar yetishadi. qishda bodyagalarning nobud bo’lishi bilan 
gemmulalar suvda qishlab qoladi. Bahorda gemmula ichidagi hujayralar tashhariga 
chiqadi va ulardan yosh bodyagalar shakllanadi. Bodyaga ayrim jinslidir. Bir guruh 
bodyagada tuxum hujayra, ikkinchi guruhida esa urug’ hujayra-spermatazoidlar 
yetiladi. Jinsiy hujayralar bodyaga mezogliyasidagi arxeotsitlardan shakllanadi. 
Urug’ hujayralar oskulum orqali suvga chiqib, tuxum hujayralariga ega bo’lgan 
urg’ochi bulutlarning tanasiga kirib tuxum hujayrani urug’lantiradi. Urug’langan 
tuxum hujayralar dastlab ona organizmida rivojlanib, keyinchalik tashqi muhitga 
chiqadi va suvda xivchini yordamida suzib yuradi. Bulut lichinkasining bu davri


a m f i b l a s t u l a deyiladi. Keyinchalik bu lichinkalar suv ostidagi substratlarga 
o’tiradi va ulardan yosh bulutlar paydo bo’ladi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə