Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/83
tarix30.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#165199
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   83
Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya ka

10 – mashg’ulot.
Mavzu: Bo‘shliqichlilar (Coelenterata) tipi. Ssifomeduzalar (Scyphozoa) sinfi. 
Aureliya meduzasining tuzilishi va rivojlanishi. 
Ishning maqsadi
: Aureliya aurita misolida sifomeduzalarning tuzilishini va 
rivojlanishini о‘rganish.
Kerakli materiallar va jihozlar: 
Formalining dengiz suvi bilan 
aralashtirilgan 5 % li eritmasida fiksatsiya qilingan aureliyalar, ularning tuzilishini 
va kо‘payinishini aks etiruvchi tablitsalar, Petri idishlari, qisqichlar, qо‘l lupalari, 
preporaval ninalar, binafsha yoki qizil kongo bо‘yog‘i, tо‘rtburchak yoki 
doirasimon qirqilgan qora qog‘oz bо‘lakchalari, tomizg‘ichlar. 
Ishning mazmuni
: Aureliya Qora, Barens, Oq va Uzoq Sharq dengizlarida 
keng tarqalgan. Uning tana shakli soyabonsimon, diametri 25-40sm ga yetadi. 
Boshqa kovakichlilar singari, meduzaning tanasi ham ekto va endoderma 
qavatlaridan iborat bо‘lib, bu qavatlar orasida kuchli taraqqiy etgan dildiroq qavat-
mezogelya bor. Mezogelyaning 98% ini suv tashkil etadi (22-rasm). 
Aureliyaaning tanasi shaffof bо‘lib, u dushmanlardan himoyalanishida 
katta ahamiyatga yega.
Aureliya soyabonining chetida yuzlarcha kalta paypaslagichlar ularning 
oralig‘ida esa 8ta qirg‘oq tanachalari – ropaliyalar joylashgan. Ularda yorug‘likni 
sezuvchi mayda kо‘zachalar,muvozanat organi va hid sezuvchi nerv hujayralari 
mavjud. 
Soyabon ostining markaz qismida tо‘rtta og‘iz oldi kurakchalari 
(paypastlagichlar), ularning о‘rtasida esa tо‘rt burchak shaklidagi og‘iz joylashgan. 
Og‘iz oldidagi va soyabon atrofidagi paypaslagichlarning hammasi otiluvchi 
hujayralarga ega. Og‘izdan keyin davom etadigan qisqagina tomoq 
gastrovoskulyar sistemaning markaziy qismiga, yana oshqozonga borib qо‘shiladi. 
Oshqozon bir-biridan parda bilan ajralgan tо‘rtta xona hosil qiladi. Bulardan juda 
kо‘p otiluvchi va bezli hujayralarga yega ibо‘lgan gastral iplar bor.



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə