Fakultet: Tabiiy fanlar



Yüklə 417,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix29.11.2023
ölçüsü417,76 Kb.
#138855
  1   2   3   4   5   6   7
sarkodalilar sinfi. tuzilish xususiyatlari kopayishi. ekologiyasi. ahamiyati. (1)



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI 
Alisher Navoiy nomidagi 
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI 
Fakultet: Tabiiy fanlar 
Kafedra: Zoologiya
Fan: Umurtqasizlar zoologiyasi 
KURS ISHI 
Mavzu: 
Sarkodalilar 
sinfi. 
Tuzilish 
xususiyatlari. 
Ko`payishi. Ekologiyasi. Ahamiyati. 
Bajardi: To`rayeva Oydin (101)gr 
Tekshirdi: dost. Hakimov N.H.
Samarqand -2013 


Reja: 
1.
Sarkodalilarning tuzilish xususiyatlari va sistematikasi. 
2.
Sarkodalilarning oziqlanishi va ko’payish shakllari. Metagenez. 
3.
Ildizoyoqlilar kenja sinfi. Asosiy turkumlari va turlari. 
4.
Amyobalar chig’anoqli amyobalar va foraineferalarning tuzilishi va hayot 
tarzi. 
5.
Nursimonlar va quyoshsimonlar kenja sinflari. Tuzilishi va tarqalishi. 
6.
Sarkodalilarning nazariy va amaliy ahamiyati. 
Xulosa 


1.
 
Sarkodalilarning tuzilish xususiyatlari va sistematikasi. 
SARKODALILAR SINFI - 
SARCODINA
Sarkodalilar sinfi 11 mingdan ortiq turni o’z ichiga oladi. Ushbu sinf 
vakillari asosan dengizlarda, qisman chuchuk suv havzalarida va nam tuproqda 
yashaydi. Butun tanasi orqali nafas olishga moslashgan. Parazitlik bilan hayot 
kechiruvchi turlari ham anchagina. 
Sarkodalilarning gavda o’lchamlari 10-15 mkm dan 2-3 mm gacha. Tanasida 
qattiq po’st bo’lmaydi, balki hujayra tanasi sitoplazmatik membrana bilan
 
tashqi 
muhitdan ajralib turadi. Qattiq qobiq bo’lmaganligi sababli gavda shakli turg’un 
bo’lmaydi. Sitoplazma hisobidan hosil bo’luvchi muvaqqat o’simtalar yordamida 
sekin-asta 
harakatlanadi. Bunday muvaqqat o’simtalar soxta oyoqlar 
(psevdopodiylar) deyiladi. Sarkodalilarning soxta oyoqlari turli guruhlarida 
parraksimon, ipsimon, nursimon va to’rsimon shakllarda bo’ladi. 
Sarkodalilar sinfi ildizoyoqlilar, nurlilar va quyoshsimonlar kenja sinflarga 
bo’linadi. 
 
Sarkodalilar yoki yolg’on oyoqlilar sinfi – Sarcodina. Sarkodalilar uchun 
xos belgilardan biri ularda yolg’on oyoqlarning bo’lishidir. Bu organellalar 
harakatlanish va oziq zarrasini tutib (ba’zilarida qamrab) oluvchi har xil shakldagi 
muvaqqat protoplazmatik o’simtalardir.
Sarkodalilarning tanasi nozik membrana bilan qoplangan yalong’och 
bo’ladi, lekin anchagina turlari tarkibi anorganik va organik birikmalardan tashkil 
topgan, har xil shakldagi chig’anoqlar bilan o’ralgan. Bu sinfga xilma-xil tarzda 
hayot kechirishga moslashgan bir hujayralilarning 11 mingdan ortiq turi kiradi. 
Ko’pchiligi erkin yashovchi bo’lib, dengiz va okeanlarda, daryo va ko’llarda, 
hovuz va ariq suvlarida, sholipoyalarda, shuningdek nam tuproqda uchraydi.

Yüklə 417,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə