Fakultet: Tabiiy fanlar



Yüklə 417,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix29.11.2023
ölçüsü417,76 Kb.
#138855
1   2   3   4   5   6   7
sarkodalilar sinfi. tuzilish xususiyatlari kopayishi. ekologiyasi. ahamiyati. (1)

4.
 
Amyobalar chig’anoqli amyobalar va foraineferalarning tuzilishi va 
hayot tarzi. 
Amyobalar. Amyobalar chirindi yetarli bo’lgan oqmas suvlarda, ayniqsa 
hovuz va ko’lmak suvlarda, ba’zan sholipoya va katta bo’lmagan ko’llarda bentos 
usulda hayot kechiradi. Ularning oziqasi bir hujayrali suvo’tlari, bakteriyalar va 
mayda infuzoriyalardan iborat. 
Amyobalarning o’lchami turlicha, ya’ni ayrim turlari 10-20 mkm ga teng 
bo’lsa, ba’zilari 2-3 mm gacha bo’ladi. Lekin aksariyati 0,2-0,5 mm kattalikda 
bo’ladi. Bizning suv havzalarimizda uchrovchi oddiy amyoba 
Amoeba proteus 
ning o’lchami 0,3-0,5 mm ga teng. 
Oddiy amyobaning sitoplazmasi aniq ikki qavatdan - ancha quyuq hamda 
tiniq 
ektoplazmadan 
va ichki-donador va nisbatan suyuq - 
endoplazmadan 
iborat. 
Aslida ekto va endoplazmalar bir xil kolloid moddaning ikki xil holatda, ya’ni 
plazmogel 
(ektoplazma) va 
plazmazol 
(endoplazma) holatlarda bo’lishidir. Ushbu 
qatlamlar orasida aniq chegara shakllanmagan, shuning uchun ular biri 
ikkinchisiga aylanib turadi. 
Amyobaning sitoplazmasi doimo harakatda bo’ladi. Uning tanasi bir 
tomonga qarab siljiganida sitoplazmaning oqib o’tishi sababli yangi-yangi 
sitoplazmatik soxta oyoqlarning paydo bo’lishini ko’rish mumkin. Tanasining orqa 
tomonidagi soxta oyoqlar esa yo’qolib boradi. Demak harakatlanish jarayonida 
amyobaning shakli o’zgarib turadi. Ushbu o’zgaruvchan xususiyatni mavjudligi 


sababli ushbu turkum vakillari 
«Amyobalar»
, ya’ni shaklsiz degan nom bilan 
atalgan. 
Soxta oyoqlar harakatlanish vazifasini bajarishdan tashqari, oziqa zarralarini 
qamrab olish va uni hazm qilishda ham ishtirok etadi, chunki soxta oyoqlarning 
qamrab olgan oziqa zarrasi sitoplazmaga o’tishi bilanoq, uning atrofida hazm 
shirasi va biroz suv hisobida hazm vakuolasi shakllanadi. Shira tarkibidagi 
fermentlar ta’sirida vakuola ichidagi oziqa parchalanib, hazm bo’ladi, oziqning 
hazm bo’lmay qolgan qismi esa qoldiq mahsulot sifatida vakuola yorilib tananing 
biron-bir joyidan tashqariga chiqariladi. Keyingi ma’lumotlarga binoan, amyobalar 
ba’zan tayyor oziqa mahsulotlarini butun tanasi bilan shimib (pinositoz) olishi ham 
mumkinligi aniqlangan. 
Chuchuk suv amyobalarida, jumladan oddiy amyobada ham bitta pufakcha 
shaklidagi qisqaruvchi vakuol bo’ladi. U ancha yirik va tiniq. Qisqaruvchi vakuol 
taxminan bir daqiqa yo’qolishi va yana paydo bo’lishi mumkin, chunki u 
sitoplazmadan sizib o’tuvchi suvda erigan yuqori konsentrasiyali suyuqlik bilan 
to’la boshlaydi. U ma’lum bir kattalikka yetgandan so’ng, qisqarib, ichidagi 
suyuqlikni maxsus teshikcha orqali tashqi muhitga chiqarib tashlaydi. Shu yo’sinda 
amyoba sitoplazmasidagi osmotik bosimni, uning atrofini o’rab olgan muhit 
bosimiga tenglashtirib turadi. Shunga binoan qisqaruvchi vakuol tana bosimini 
muqobillashtirib turuvchi osmoregulyatsiya organoidi hisoblanadi. 
Qisqaruvchi vakuolning shu yo’sinda ishlab turishi natijasida sitoplazma 
orqali doimo suv oqib o’tadi. Ana shu kirib turuvchi suv tarkibidagi kislorod 
hisobida amyoba nafas oladi. Oddiy amyobaning vakuolasini suyuqlik bilan 
to’lishi va qisqarishi normal sharoitda har 5-8 minutda takrorlanadi. Aytilganlardan 
ma’lum bo’lishicha chuchuk suv amyobalarida, jumladan oddiy amyobada ham 
qisqaruvchi vakuola osmoregulyasiyadan tashqari yana nafas olish va ajratish 
jarayonlarida ham ishtirok etadi. 


Rasm 1. Oddiy amyobaning tuzilishi. 
1 – ektoplazma; 2 – endoplazma; 3 – soxta oyoqlar; 4 – yadro;

Yüklə 417,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə