Fakultet: Tabiiy fanlar



Yüklə 417,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix29.11.2023
ölçüsü417,76 Kb.
#138855
1   2   3   4   5   6   7
sarkodalilar sinfi. tuzilish xususiyatlari kopayishi. ekologiyasi. ahamiyati. (1)

2.
 
Sarkodalilarning oziqlanishi va ko’payish shakllari. Metagenez. 
Ovqat hazm qilish vakuollari amyoba tanasida bir vaqtning o’zida bir nechta 
bo’lishi mumkin. Uning soni qabul qilingan oziqa zarralarining soniga bog’liqdir. 
Amyoba o’zidan ancha kichik bo’lgan bir hujayrali hayvonlar, bakteriyalar, suv 
o’tlari, shuningdek o’lgan to’qima zarralari (detrit) bilan oziqlanadi. Oziqlanish 


qo’yidagicha, ya’ni siljib borayotgan tomon, amyoba birorta oziqa zarrrasiga yoki 
mikroorganizmga duch kelsa, uni psevdopodiylari bilan o’rab, qamrab oladi va 
zarracha sitoplazma ichiga kirib qoladi. Shu paytning o’zida zarra atrofida vakuol 
hosil bo’ladi va vakuol ichiga endoplazma hisobidan ovqatni parchalovchi va qayta 
ishlovchi fermentlar oqib keladi. So’rilishga tayyor bo’lgan oziqa tanaga so’riladi, 
hazm bo’lmay qolgan qismi esa vakuol bilan birga tananing biror chetiga kelib 
tashqariga chiqarib tashlanadi. 
Amyobalar ikkiga bo’linish yo’li bilan jinssiz ko’payadi. Bu jarayonda 
birinchi navbatda yadro mitoz yo’li bilan ikkiga bo’linadi. Keyin tana ham cho’zila 
borib, ikkiga ajralib bitta ona amyobadan ikkita yosh amyoba hosil bo’ladi. Jinssiz 
bo’linish jarayoni qariyib bir soatda amalga oshadi. Amyobalarda jinsiy ko’payish 
usuli bo’lmaydi.
Amyobalar noqulay sharoitda, ya’ni suv havzasining qurishi, tuproqda 
namning keskin pasayishi va boshqa birqancha sabablar ta’sirida sistaga o’raladi. 
Buning uchun u yolg’on oyoqlarini yig’ib oladi, yumaloqlashadi va sitoplazma 
hisobidan tashqi yuzasiga suyuqlik ajratib chiqaradi. Bu suyuqlik qotib, 
mustahkam ikki qavatdan iborat po’stni hosil qiladi. Sista holatida amyobalar uzoq 
vaqtlar davomida o’z tiriklik xususiyatlarini saqlab qoladi va normal sharoit 
yuzaga kelganda, sistadan ajralib, yana faol hayot kechirishni davom ettiradi. 
Amyobalar turkumining ayrim vakillari odam va ba’zi umurtqali 
hayvonlarning ovqat hazm qilish organlarida yashaydi. Masalan odamda 7 tur 
amyoba uchraydi, ya’ni og’iz amyobasi, Gartmann amyobasi, mitti amyoba 
Buyuchli yodamyobasi, dientamyoba, ichak amyobasi va dizenteriya (ichburug’) 
amyobasi.
Bular orasida eng xavflisi dizenteriya amyobasi (Entamoeba histolytica) 
hisoblanib, kattaligi 20-40 mikron keladi. U odamda ichburug’ kasalligini keltirib 
chiqaradi. Amyobiaz ancha og’ir kechadigan, ba’zan esa bemorni o’limga duchor 
qiluvchi kasallikdir. Dizentiriya amyobasi odamda uch shaklda bo’ladi, ya’ni yirik 
vegetativ shakli, kichik vegetativ shakli va sista shakli. Yirik vegetativ shakli 
yo’g’on ichak devorida yashab, o’zidan har xil oqsillarni erituvchi proteolitik 


fermentlar ajratib, ichak devori to’qimasini yemiradi, yaralar hosil qiladi, ichak 
devoridagi qon tomirlarini ham buzadi. Natijada ichak bo’shlig’iga qon oqib 
tushadi. Parazit amyoba qon tarkibidagi eritrositlar bilan oziqlanadi. Yirik 
vegetativ shakldagi amyobalarning ayrimlari qon tomirlari ichiga kirib, qon oqimi 
bilan turli ichki organlarga, ko’pincha jigarga borib, unda ham yiringli yaralar 
paydo bo’lishiga sababchi bo’ladi. Yo’g’on ichak devoridagi amyobalarning bir 
qismi ichak bo’shlig’iga tushib, o’lchami o’rtacha 10-20 mikron keladigan kichik 
vegetativ shakllarga aylanadi. Ular zararsizdir va qoldiq mahsulotlar bilan 
oziqlanib, oxiri sistalarni hosil qilib tashqariga odam najasi bilan chiqariladi. 
Amyobiaz bilan kasallangan bemor bir sutkada 300 mln ga yaqin sistani tashqariga 
chiqarib turadi. Ichburug’ amyobasining xarakterli belgisi shundan iboratki, uning 
sistalari to’rt yadroli bo’ladi. Bu belgi kasallikni aniqlashda juda muhim 
hisoblanadi. Shuningdek bemorning najasi suyuq hamda qon va yiringli bo’ladi. 
Ichburug’ amyobasi Yer yuzida keng tarqalgan, ayniqsa issiq iqlimli kengliklarda 
ancha ko’p uchraydi.
Odamning yo’g’on ichagida ichak amyobasi (Entamoeba coli) ham bo’lib, u 
parazitlik qilmaydi va kasallik ham keltirib chiqarmaydi, balki zamburug’lar, 
qoldiq mahsulotlar bilan oziqlanadi. Bu amyobaning xarakterli belgisi shuki, 
tashqariga chiqarilgan sistalari aksariyat hollarda 8 yadroli, ba’zan esa 16-32 
yadroli bo’ladi.
3

Yüklə 417,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə