Fakultet: Tabiiy fanlar



Yüklə 417,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix29.11.2023
ölçüsü417,76 Kb.
#138855
1   2   3   4   5   6   7
sarkodalilar sinfi. tuzilish xususiyatlari kopayishi. ekologiyasi. ahamiyati. (1)

1 – rizopodiylar, 2 – chig’anoq, 3 –chig’anoqning og’izchasi,
4 – teshikchalar.
Foraminiferalarning o’lchami turlicha, ya’ni 100-200 mkm dan 2-3 sm 
gacha, ayrimlari (masalan, Kornuspira) 5-6 sm gacha bo’ladi. Chig’anoqlar bir 
kamerali va ko’p kamerali tuzilishda. Ohak skeletli foraminiferalarning aksariyati 
ko’p kamerali chig’anoqqa ega. Bir kamerali chig’anoqning ichki bo’shlig’ida 
to’siq bo’lmaydi, ko’p kamerali chig’anoq bo’shlig’ida esa bir nechta, hatto o’nlab 
va yuzlab to’siqlar bo’ladi. Ushbu to’siqlardagi teshiklar orqali sitoplazma o’zaro 
tutashgan. Aksariyat foraminiferalar chig’anog’ida juda ko’p teshikchalar 
(foramen-teshik) bo’ladi. Ana shu teshikchalar orqali soxtaoyoqlarning bir xili 
bo’lmish 
rizopodiyalar
tashqariga chiqib turadi. Rizopodiyalar ingichka va uzun 
ipsimon bo’lib, mayda oziqlarni, xususan bir hujayrali suvo’tlarini yopishtirib 
oladi, juda mayda oziqa zarralari esa chig’anoq og’izchasi orqali sitoplazmaga 
o’tadi. Yirik oziq zarralarini chig’anoqdan tashqarida, rizopodiyalar tomonidan 
fagositoz usulda o’rab olib hazm qiladi. 
Foraminiferalar qadimgi geologik (kembriy) davrlarda keng tarqalgan. Uzoq 
yillar davomida ularning chig’anoqlari dengiz tubiga cho’kib, to’planib, qalin 


cho’kma jinslar hosil qilgan. Dengiz tubining ko’tarilishi va tog’ hosil bo’lish 
jarayonlari natijasida dengizlar o’rniga past tekisliklar va tog’lar hosil bo’lgan. Yer 
yuzining ko’p qismi, jumladan O’rta Osiyo hududi ham qadimgi dengizlar tubidan 
iborat bo’lgan. 
Foraminiferalar ikki yo’l bilan, ya’ni jinssiz va jinsiy ko’payadilar. Jinssiz 
ko’payish bo’linish yo’li bilan amalga oshsa, jinsiy ko’payish esa gametalar hosil 
qilish va ularning o’zaro qo’shilib zigotaga va nihoyat zigotadan yosh individ hosil 
bo’lishi bilan ifodalanadi. 
Shuni aytish lozimki, ba’zi foraminiferalar masalan, Elphidium crispa turida 
jinssiz va jinsiy ko’payish gallanadi. 
Foraminiferalar juda qadimgi bir hujayralilardir. Ular kembriy va silur 
davrlarida (paleozoy erasi) paydo bo’lgan cho’kmalardan ma’lum. Ohaktosh va 
yashil qumtoshlarning ko’pgina qatlamlari asosan foraminiferalar qoldiqlaridan 
iborat. Bunday qatlamlar Yer yuzida juda keng tarqalgan. Markaziy Osiyo, 
Kavkaz, Himolay tog’lari ham foraminiferalar chig’anog’idan hosil bo’lgan 
ohaktoshlar bilan qoplangan. Bunday qatlamlar geolog va arxeologlarga yerning 
ma’lum qatlami yoshini, aniqlashda hamda neft konlarini izlab topishda yordam 
beradi. 
Nurlilar sarkodalilarning o’ziga xos guruhi hisoblanib, faqat dengizlarda 
plankton usulda, ayrimlari suvning ancha chuqur (5000-8000 metr) qatlamlarida 
hayot kechiruvchi hayvonlardir. Hozirgi vaqtda nurlilar kenja sinfi 8 mingga yaqin 
turni o’z ichiga oladi. Nurlilarning tuzili- shidagi xarakterli belgi shuki, gavda 
o’rtasida organik moddadan iborat markaziy kapsula bo’ladi. Kapsula plazmasida 
yadro 1 ta, 2 ta, ba’zan ko’p bo’lishi mumkin. Kapsula membranasida poralar 
bo’lib, uning yordamida ichki plazma kapsula atrofini o’rab olgan plazma bilan 
aloqa bog’lab turadi. Shuni aytish kerakki tashqi plazma juda kuchli vakuollashgan 
bo’ladi. Bu xususiyat hayvonni suvda plankton holda saqlanishiga imkon 
tug’diradi. Nurlilarning ko’pchiligi bir hujayrali mayda yashil suv o’tlari bilan 
simbioz yashashga moslashgan. Shunga binoan ularning tashqi plazmasida, ba’zan 
kapsula ichidagi plazmada ham ko’p sonda yashil suv o’tlari (zooksantellalar) 


uchraydi. Bu suv o’tlari nurlilarni nafas olishi uchun yordam beradi. Nurlilarda 
foraminiferalardagidek qisqaruvchi vakuol bo’lmaydi. Bu esa aksariyat dengiz bir 
hujayralilari uchun xos xususiyatdir.
Nurlilarning yolg’on oyoqlari gavdasining atrofidan har tamonga nurga 
o’xshab tarqalib turadi. Bu yolg’on oyoqlar foraminiferalarning yolg’on oyoqlariga 
o’xshash ipsimon shaklda va oziq zarralarini tutib turish yoki oziqlanishda ishtirok 
etadi. Bunday yolg’on oyoqlar rizopodiylar yoki filopodiyalar deyiladi. 
Nurlilarning ko’pchiligida xilma-xil tuzilgan va ancha murakkab tarkibdagi 
skeletlari bo’ladi. Skeleti tarkibidagi moddalar orasida kremniy yoki stronsiy sulfat 
ko’p bo’lganligi sababli, shakllari uzoq vaqt davomida bo’zilmasdan saqlanadi. 
Nurlilarning skeletlari foraminiferalar singari dengiz tubida cho’kindi jinslar 
hosil qiladi. Bu jinslar “tog’ uni” (trepel) deyilib, sanoatda metallarni silliqlashda 
ishlatiladi. Bundan tashqari nurlilarning skeletidan iborat qatlamlar yordamida 
cho’kindi jinslarning yoshini aniqlash usuli amalda keng qo’llaniladi. Suvi iliq 
bo’lgan dengizlarda nurlilarning vakillari ancha ko’p uchraydi. Bu turlarga 
Thalassophysa pelagica, Acanthometra elastica kabilarni ko’rsatish mumkin.
Quyoshlilar kenja sinfi – Heliozoa. Quyoshlilar 
ko’rinishi 
jihatidan 
nurlilarga o’xshash, lekin markaziy kapsula bo’lmaydi va ko’pchiligi chuchuk 
suvda yashaydi. Bundan tashqari quyoshlilarning tanasi sharsimon atrofi bo’ylab 
psevdopodiylar nurga o’xshab tarqalib turadi. Quyoshlilarning psevdopodiylari 
bo’ylab o’rtasidan nozik ip o’tadi. Bunday psevdopodiylar aksopodiylar deyilib, 
ular uzayish yoki qisqarish xususiyatiga ega. Shuningdek ular bir-biriga tutashib 
tur hosil qilishi ham mumkin.
Quyoshlilarning yana bir xarakterli xususiyati shuki, ularning tanasi 
endoplazma va ektoplazmaga aniq chegaralangan. Ektoplazmasida 1-2 ta 
qisqaruvchi vakuol joylashgan. Endoplazma donador bo’ladi va unda 1-ta yoki bir 
necha yadro bo’ladi. Vakil Actinosphaerium eichhorni

Yüklə 417,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə