Fakultet: Tabiiy fanlar


Ildizoyoqlilar kenja sinfi. Asosiy turkumlari va turlari



Yüklə 417,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix29.11.2023
ölçüsü417,76 Kb.
#138855
1   2   3   4   5   6   7
sarkodalilar sinfi. tuzilish xususiyatlari kopayishi. ekologiyasi. ahamiyati. (1)

. Ildizoyoqlilar kenja sinfi. Asosiy turkumlari va turlari

Sarkodalilar sinfi ildizoyoqlilar, nurlilar va quyoshlilar kenja sinflariga 
bo’linadi. 
Ildizoyoqlilar kenja sinfi – Rhizopoda. Bu kenja sinfiga kiruvchi 
sarkodalilar tanasining turli-tuman shakllarda bo’lishi, yolg’on oyoqlarining 
harakatchanligi va sitoplazmasining zonalarga (qatlamlarga) ancha kam 
ixtisoslashgani bilan xarakterlanadi. Bu kenja sinf qo’yidagi turkumlardan iborat.
Amyobalar turkumi – Amoebina. Amyobalar ancha sodda tuzilgan, 
yalong’och sarkodalilarni o’z ichiga oladi. Amyobalarning asosiy ko’pchiligi 
chuchuk suv havzalarida, ayrimlari dengizlarda va nam tuproqda yashaydi. 


O’lchami 10-15 mkm dan 2-3 mm gacha. Biroz turlari parazitlik bilan hayot 
kechirib xavfli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Chuchuk suv amyobalari orasida 
ancha yirik, kattaligi 0,4-0,5 mm keladigan oddiy amyoba - Amoeba proteus keng 
tarqalgan. Oddiy amyobaning hosil qilgan yolg’on oyoqlari normal sharoitda kalta 
va keng bo’ladi. Lekin turli ta’sirlar (taksislar) natijasida hosil bo’lib turadigan 
oyoqlar turli xil shakl va uzunlikda bo’lishi mumkin. 
Amyobaning sitoplazmasi aniq ikki qavatdan, ya’ni tashqi qavat -
ektoplazmadan va ichki qavat - endolazmadan iborat. Ektoplazma tiniq, shaffof, 
ancha quyuq plazmadan iborat bo’lsa, endoplazma ancha suyuq va donadordir. 
Tirik amyoba mikroskopda ko’zatilganda sitoplazmasida bir dona ovalsimon 
yadro, qisqaruvchi vakuol va bir nechta ovqat hazm qilish vakuollari aniq ko’rinib 
turadi. Shuning bilan birga amyoba tanasi siljib (oqib) borayotgan tomonda 
sitoplazmasining harakatlanishi tufayli, yangidan-yangi yolg’on oyoqlarning paydo 
bo’layotganini ko’rish mumkin. Bu yolg’on oyoqlar harakatlanish va oziq 
zarralarini qamrab olish organellalari hisoblanadi.
Shuni alohida qayd qilish lozimki, chuchuk suvda hayot kechiruvchi 
amyobalarda qisqaruvchi vakuol albatta bo’ladi, chunki uning asosiy vazifalaridan 
biri tanada moddalar almashinuvi jarayonida hosil bo’lgan ortiqcha keraksiz 
suyuqliklar (ekskret) ni vaqti-vaqti bilan (har 3-5 minutda bir marta) qisqarib 
tashqariga chiqarib turishdan iborat va shu asosda sitoplazmadagi osmotik bosimni 
tana atrofidagi bosim bilan muvozanatlashtirib turadi. Aks holda sitoplazma 
konsentrasiyasi oshib, ichki bosim ko’tarilib tana shishadi va amyobani halok 
bo’lishiga olib keladi.
Chig’anoqli amyobalar turkumi – Testacea. Chig’anoqli amyobalar 
turkumining vakillari chuchuk suv havzalarida, ya’ni ko’l, hovuz, ariq va 
sholipoya suvlarida ko’p uchraydi. Ba’zan torfli botqoqliklarda ham topiladi. 
Chig’anoqli amyobalar suv tubida o’rmalab, bentos usulda hayot kechiradi. 
Tuzilishi jihatdan yalang’och amyobalarga o’xshash, lekin tanasi turli xil organik 
va anorganik birikmalardan tashkil topgan xilma-xil shakldagi chig’anoqlar bilan 
o’ralgan. Chig’anoq ichida gavda joylashib, psevdopodiylar chig’anoqning ma’lum 


joylarida ochilgan teshikchalar orqali tashqariga chiqib turadi. Bizning 
sharoitimizda bu turkumning arsella (Arcella), difflugiya (Difflugia) va euglifa 
(Euglipha) degan avlod turlari ancha ko’p uchraydi. 
Foraminiferalar turkumi – Foraminifera. Foraminiferalar nazariy va amaliy 
jihatdan ahamiyatga ega bo’lgan bir hujayralilar guruhidir. Bular qariyib 1000 turni 
tashkil etib, dengizlarning turli chuqurliklarida yashashga moslashgan. 
Foraminiferalar boshqa sarkodalilardan chig’anoqlarining tuzilishi va shakli, 
psevdopodiylarning shakli hamda ko’payish usuli bilan farqlanadi. Chig’anoq 
tarkibi ohakdan, ba’zilarida esa organik moddadan iborat. Ular bir kamerali va 
ko’p kamerali (ba’zan 100 dan ortiq) bo’ladi. Chig’anoq atrofida juda ko’p 
teshikchalar bo’lib, (foraminifera degan nom ham shundan kelib chiqqan) ular 
orqali psevdopodiylar tashqariga chiqib turadi. Bu psevdopodiylar ingichka, uzun 
ipsimon va bir-biriga qo’shilib keng tutqich hosil qiladi. Psevdopodiylar ichida 
sitoplazmaning 
har 
doim 
harakatlanib 
turishini 
ko’rish 
mumkin. 
Foraminiferalarning psev-dopodiylari rizopodiylar deyilib, ular harakatlanish, 
oziqani tutib olish va qisman ovqatni hazm qilishda qatnashadi. 
Foraminiferalar ikki yo’l bilan, ya’ni jinssiz va jinsiy ko’payadilar. Jinssiz 
ko’payish bo’linish yo’li bilan amalga oshsa, jinsiy ko’payish esa gametalar hosil 
qilish va ularning o’zaro qo’shilib zigotaga va nihoyat zigotadan yosh individ hosil 
bo’lishi bilan ifodalanadi. 
Shuni aytish lozimki, ba’zi foraminiferalar masalan, Elphidium crispa turida 
jinssiz va jinsiy ko’payish gallanadi. 
Foraminiferalar juda qadimgi bir hujayralilardir. Ular kembriy va silur 
davrlarida (paleozoy erasi) paydo bo’lgan cho’kmalardan ma’lum. Ohaktosh va 
yashil qumtoshlarning ko’pgina qatlamlari asosan foraminiferalar qoldiqlaridan 
iborat. Bunday qatlamlar Yer yuzida juda keng tarqalgan. Markaziy Osiyo, 
Kavkaz, Himolay tog’lari ham foraminiferalar chig’anog’idan hosil bo’lgan 
ohaktoshlar bilan qoplangan. Bunday qatlamlar geolog va arxeologlarga yerning 
ma’lum qatlami yoshini, aniqlashda hamda neft konlarini izlab topishda yordam 
beradi. 


Nurlilar kenja sinfi – Radiolaria. Nurlilar sarkodalilarning o’ziga xos guruhi 
hisoblanib, faqat dengizlarda plankton usulda, ayrimlari suvning ancha chuqur 
(5000-8000 metr) qatlamlarida hayot kechiruvchi hayvonlardir. Hozirgi vaqtda 
nurlilar kenja sinfi 8 mingga yaqin turni o’z ichiga oladi.
Nurlilarning tuzili- 
shidagi xarakterli belgi shuki, gavda o’rtasida organik moddadan iborat markaziy 
kapsula bo’ladi. Kapsula plazmasida yadro 1 ta, 2 ta, ba’zan ko’p bo’lishi mumkin. 
Kapsula membranasida poralar bo’lib, uning yordamida ichki plazma kapsula 
atrofini o’rab olgan plazma bilan aloqa bog’lab turadi. Shuni aytish kerakki tashqi 
plazma juda kuchli vakuollashgan bo’ladi. Bu xususiyat hayvonni suvda plankton 
holda saqlanishiga imkon tug’diradi. Nurlilarning ko’pchiligi bir hujayrali mayda 
yashil suv o’tlari bilan simbioz yashashga moslashgan. Shunga binoan ularning 
tashqi plazmasida, ba’zan kapsula ichidagi plazmada ham ko’p sonda yashil suv 
o’tlari (zooksantellalar) uchraydi. Bu suv o’tlari nurlilarni nafas olishi uchun 
yordam beradi. Nurlilarda foraminiferalardagidek qisqaruvchi vakuol bo’lmaydi. 
Bu esa aksariyat dengiz bir hujayralilari uchun xos xususiyatdir.
Nurlilarning yolg’on oyoqlari gavdasining atrofidan har tamonga nurga 
o’xshab tarqalib turadi. Bu yolg’on oyoqlar foraminiferalarning yolg’on oyoqlariga 
o’xshash ipsimon shaklda va oziq zarralarini tutib turish yoki oziqlanishda ishtirok 
etadi. Bunday yolg’on oyoqlar rizopodiylar yoki filopodiyalar deyiladi. 
Nurlilarning ko’pchiligida xilma-xil tuzilgan va ancha murakkab tarkibdagi 
skeletlari bo’ladi. Skeleti tarkibidagi moddalar orasida kremniy yoki stronsiy sulfat 
ko’p bo’lganligi sababli, shakllari uzoq vaqt davomida bo’zilmasdan saqlanadi. 
Nurlilarning skeletlari foraminiferalar singari dengiz tubida cho’kindi jinslar 
hosil qiladi. Bu jinslar “tog’ uni” (trepel) deyilib, sanoatda metallarni silliqlashda 
ishlatiladi. Bundan tashqari nurlilarning skeletidan iborat qatlamlar yordamida 
cho’kindi jinslarning yoshini aniqlash usuli amalda keng qo’llaniladi. Suvi iliq 
bo’lgan dengizlarda nurlilarning vakillari ancha ko’p uchraydi. Bu turlarga 
Thalassophysa pelagica, Acanthometra elastica kabilarni ko’rsatish mumkin.
Quyoshlilar kenja sinfi – Heliozoa. Quyoshlilar 
ko’rinishi 
jihatidan 
nurlilarga o’xshash, lekin markaziy kapsula bo’lmaydi va ko’pchiligi chuchuk 


suvda yashaydi. Bundan tashqari quyoshlilarning tanasi sharsimon atrofi bo’ylab 
psevdopodiylar nurga o’xshab tarqalib turadi. Quyoshlilarning psevdopodiylari 
bo’ylab o’rtasidan nozik ip o’tadi. Bunday psevdopodiylar aksopodiylar deyilib, 
ular uzayish yoki qisqarish xususiyatiga ega. Shuningdek ular bir-biriga tutashib 
tur hosil qilishi ham mumkin.
Quyoshlilarning yana bir xarakterli xususiyati shuki, ularning tanasi 
endoplazma va ektoplazmaga aniq chegaralangan. Ektoplazmasida 1-2 ta 
qisqaruvchi vakuol joylashgan. Endoplazma donador bo’ladi va unda 1-ta yoki bir 
necha yadro bo’ladi. Vakil Actinosphaerium eichhorni

Yüklə 417,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə