Fakultet: Tabiiy fanlar



Yüklə 417,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix29.11.2023
ölçüsü417,76 Kb.
#138855
1   2   3   4   5   6   7
sarkodalilar sinfi. tuzilish xususiyatlari kopayishi. ekologiyasi. ahamiyati. (1)

5 - qisqaruvchi vakuola; 6 - ovqat xazm qilish vakuolasi 
Amyobada faqat bitta yadro bo’ladi, lekin uni vaqtinchalik, bo’yalmagan 
preparatda ko’rish qiyin. Yadroni faqat maxsus buyovchi moddalar bilan bo’yab 
tayyorlangan mikropreparatlarda ko’rish mumkin. 
Amyoba jinssiz ikkiga bo’linish (mitoz bo’linish) yo’li bilan ko’payadi. 
Bo’linuvchi amyobani dastlab yadrosi biroz cho’zilib ikkiga ajraladi, so’ng 
amyoba tanasining ingichkalashgan joyidan uzilib, har qaysi bo’lagidan bittadan 
yangi amyoba yetishadi. Amyobaning jinssiz bo’linishi muhit haroratiga bog’liq. 
Harorat +20

-25

da va oziqa mahsulotlari yetarli bo’lsa, bo’linish 1-2 sutka 
davom etadi. 
Amyobalar yashaydigan muhitning harorati pasaysa (sovuqda) sitoplazmasi 
hisobidan ajralib chiqqan suyuqlikdan qalin po’st hosil qilib sistaga aylanadi. 
Bizning sharoitimizdagi chirindiga boy bo’lgan oqmas suv havzalarida 
oddiy amyoba turidan tashqari, 
Amoeba radiosa
va 
A. limax
turlari ham ancha 
keng tarqalgan. 
A. radiosa
120-150 mkm ga teng bo’lib, hosil qilgan soxta 
oyoqlarining asosi biroz keng, uchi esa o’tkir (uzun uchburchak shaklida) bo’ladi. 
Hosil qilgan oyoqlari tanasi atrofida ma’lum darajada nurga o’xshab turadi. A. 
limax 80-100 mkm teng bo’lgan, soxta oyoqlari deyarli shakllanmaydigan, ancha 
harakatchan amyobadir. Uning sitoplazmasi sezilarli darajada tanasini bir 
tomonidan ikkinchi tomoniga yaxlit o’tib turadi. Tana harakatlanganda old 
tomonga katta bo’rtib chiqqan joy aynan soxta oyoq hisoblanadi. 


Chig’anoqli amyobalar turkumi – Testacea. Chig’anoqli amyobalar 
turkumining vakillari chuchuk suv havzalarida, ya’ni ko’l, hovuz, ariq va 
sholipoya suvlarida ko’p uchraydi. Ba’zan torfli botqoqliklarda ham topiladi. 
Chig’anoqli amyobalar suv tubida o’rmalab, bentos usulda hayot kechiradi. 
Tuzilishi jihatdan yalang’och amyobalarga o’xshash, lekin tanasi turli xil organik 
va anorganik birikmalardan tashkil topgan xilma-xil shakldagi chig’anoqlar bilan 
o’ralgan. Chig’anoq ichida gavda joylashib, psevdopodiylar chig’anoqning ma’lum 
joylarida ochilgan teshikchalar orqali tashqariga chiqib turadi. Bizning 
sharoitimizda bu turkumning arsella (Arcella), difflugiya (Difflugia) va euglifa 
(Euglipha) degan avlod turlari ancha ko’p uchraydi. 
Foraminiferalar turkumi – Foraminifera. Foraminiferalar nazariy va amaliy 
jihatdan ahamiyatga ega bo’lgan bir hujayralilar guruhidir. Bular qariyib 1000 turni 
tashkil etib, dengizlarning turli chuqurliklarida yashashga moslashgan. 
Foraminiferalar boshqa sarkodalilardan chig’anoqlarining tuzilishi va shakli, 
psevdopodiylarning shakli hamda ko’payish usuli bilan farqlanadi. Chig’anoq 
tarkibi ohakdan, ba’zilarida esa organik moddadan iborat. Ular bir kamerali va 
ko’p kamerali (ba’zan 100 dan ortiq) bo’ladi. Chig’anoq atrofida juda ko’p 
teshikchalar bo’lib, (foraminifera degan nom ham shundan kelib chiqqan) ular 
orqali psevdopodiylar tashqariga chiqib turadi. Bu psevdopodiylar ingichka, uzun 
ipsimon va bir-biriga qo’shilib keng tutqich hosil qiladi. Psevdopodiylar ichida 
sitoplazmaning 
har 
doim 
harakatlanib 
turishini 
ko’rish 
mumkin. 
Foraminiferalarning psev-dopodiylari rizopodiylar deyilib, ular harakatlanish, 
oziqani tutib olish va qisman ovqatni hazm qilishda qatnashadi. 
Foraminiferalar. Foraminiferalarning tanasi turli shakldagi kremniy zarralari 
va ohaktoshdan iborat chig’anoq ichida joylashgan. Suv tubida yashovchi 
turlarining chig’anog’ini sirti silliq bo’lsa, plankton holda yashovchilarning 
chig’anog’i sirtida juda ko’p radial joylashgan ignalar bo’ladi. Ushbu ignalar 
hayvonni suvning ma’lum qatlamida qalqib turishiga imkon beradi. 
Foraminiferalarning chig’anog’ini dastlabki asosi ektoplazma ajratgan xitinsimon 


organik moddadan iborat. Keyinchalik ushbu moddaga kalsiy elementini 
to’planishi sababli ohakdan iborat chig’anoq shakllanadi. 
Rasm 2. Foraminiferaning tuzilishi. 

Yüklə 417,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə