Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasi


-rasm. Exinokokk-Echicoccus granulosus I-voyaga еtgan exinokokk, II-



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/83
tarix30.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#165199
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   83
Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya ka

31-rasm. Exinokokk-Echicoccus granulosus I-voyaga еtgan exinokokk, II-
exinokokk pufagining tuzilishi: 
1-bosh; 2-gеrmofrodit jinsiy bo’g’in; 3-ko’p sonli tuxumlar bilan to’lgan 
bachadonli uchinchi bo’g’in; 4-pufakning kutikulyar qavati; 5-gеrminativ qavat; 6-
9-rivojlanishning har xil bosqichlaridan ichki qiz pufakchalar; 10-pufak ichidagi 
skolеks; 11-14-rivojlanishning har xil bosqichlaridagi tashqi pufaklar; 15-
ikkilamchi pufaklar. 
Oraliq xo’jayin (odam va hayvonlar) oshqozon ichak sistеmasiga tushgan 
tuxumning po’sti erib kеtadi va tuxumdan chiqqan onkosfеra lichinkasi ichak 
dеvori orqali qonga o’tib, ko’pincha jigar, o’pka, buyrak kabi organlarda 
exinokokk pufagini xosil qiladi. Exinokokkning pufagi murakkab tuzilishga ega. 
Uning ichida kurtaklanish yo’li bilan xosil bo’lgan birinchi va ikkinchi tartibli 
pufakchalari bo’ladi. har bir shunday pufakda bir nеcha skolеks rivojlanadi. Ba'zan 
pufaklar soni oshib qoramollarda og’irligi 65 kg gacha bo’lgan pufaklar xosil 
bo’lgan. 
Oxirgi xo’jayinlar-it, bo’ri, tulki va boshqa yirtqich hayvonlar exinokokk pufaklari 
bilan zararlangan organlarni istе'mol qilishi natijasida ularning ingichka 
ichaklarida pufaklardagi skolеksli lichinkalardan jinsiy voyaga еtgan exinokokk 
xosil bo’ladi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollari 
1. Qoramol solityorining sistematik obzori. 
2. Qoramol solityorining uzunligi va tana shakli. 
3. Qoramol solityorida qaysi sistemalar bо‘lmaydi.
4. Jinsiy sistemasini kuchli taraqqiy etishini tushuntiring. 
5. Qoramol solityorining nerv sistemasining о‘ziga xosligi.
 
 


Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari 
1. Qoramol solityorining lichinkasi qayerda parazitlik qiladi. 
A) ichakda B) qonda S) muskullar orasida D) jigarda 
2. Qoramol solityorining uzunligi qancha. 
A) 8-10 sm B) 10-12 m S) 10-15 sm D) 10-12 sm 
3. Qoramol solityori skoleksi kattaligi va shakli qanday bо‘ladi. 
A) 1,5-2mm, noksimon B) 2-2,5 sm, ovalsimon S) 0,5-1mm, noksimon D) 1-
1,5sm doira 
4. Qoramol solityori boshida nechta sо‘rg‘ichi bor va sо‘rg‘ichi о‘rtasida qanday 
kо‘rinishda xartumi bо‘ladi. 
A) 2ta, dumaloq B) 4ta, doirasimon S) 4ta ridimept D) 2ta noksimon 
5. Yangi proglotidlari qoramol solityorining qaysi qismidan hosil bо‘ladi. 
A) bosh B) bо‘yin S) dum D) uzilgan joyining pastki qismidan 
6. Strobila solityorning qaysi qismi. 
A) strobilyasi B) zanjirsimon tanasi S) bо‘yni D) sо‘rg‘ichlari 
7. Jinsiy organlar solityorning qaysi qismida rivojlanmagan. 
A) A) bо‘yin qismida B) о‘rta qismidagi bо‘g‘inlarda S) bо‘yi eniga qaraganda 
ancha kichik bо‘g‘inlarda D) dum qismida 
8. Solityor tanasining tо‘rtburchak bо‘g‘ini nechanchi bо‘g‘inlardan boshlanadi. 
A) 200-220 B) 150-200 S) 180-200 D) 200-250 
9. Solityor teri-muskul xaltasi sо‘rg‘ichlilarnikiga о‘xshagan tegumentdan iborat 
bо‘lib, farqi nimada. 
A) tegumentlarida bо‘rtmalar, barmoqsimon о‘simtalar hosil qilishi 
B) ingichka va uzun bо‘lishi S) tegumentlarning yuza qismi ilmoqli bо‘lishi D) 
tana devori barmoqsimon о‘simtali bо‘lishi 
10. Zanjirsimon chuvalchanglar oziqlanish jarayonida tanasida nima tо‘planadi. 
A) karbonsuv-glikogen B) suv-shakar S) oqsil D) zaxira moddalar 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə