Qarshi davlat universiteti n. A. Kayumova informatikani o


Loyihani bajarish, amalga oshirish



Yüklə 3,82 Mb.
səhifə140/166
tarix06.04.2022
ölçüsü3,82 Mb.
#85083
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   166
fayl 1654 20210826

Loyihani bajarish, amalga oshirish bosqichi. Bahs munozaraning texnologik xaritasi tayyorlanadi. O‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini amalga oshirish jarayoni sifatida amalga oshiriladi. Bahs munozaraning loyihasini namunaviy ko‘rinishquyidagicha bo‘lishi mumkin (17.3-jadval).

Bahs munozaraning loyihasi. (17.3-jadval)

Loyiha

bosqichi

Jarayonning borishi

O‘qituvchi faoliyati

O‘quvchi faoliyati

1-bosqich

Tayyorgarlik (izlanish) bosqichi

Mavzuni tanlaydi, guruhlarni shakllantiradi, so‘zga chiquvchilarni

va vaqtni belgilaydi, E’lonni tayyorlaydi, tarqatadi.



Guruhni shakllantirishga

ishtirok etadi.



2-bosqich

Loyihani tayyorlash

(konstruk-torlik) bosqichi

O‘quvchilar bilan birgalikda mavzu bo‘yicha materiallarni yig‘adi, nutqni yozadi, so‘zga chiquvchilarni taqsimlaydi, mashq qildiradi, ekspertlar tomonidan beriladigan namunaviy savollarni tayyorlaydi.

O‘qituvchi bilan birgalikda mavzu bo‘yicha materiallarni yig‘adi, nutqni yozib oladi, so‘zga chiqishga, savollarga javob berishga tayyorlanadi, nutqni mashq qiladi.

3-bosqich

Loyihani bajarish, amalga oshirish bosqichi;

Bahs munozarani o‘tkazadi. Kirish so‘zi (10minut): Internet haqida umumiy fikrlar beradi. Guruhlarni tanishtiradi, maqsadni va kutiladigan natijalarni e’lon qilib, Guruhni bahs munozaraga chorlaydi. Boshqaruvchanlikni qo‘ldan bermaydi.

1-guruh“O‘quvchilarga internetdan foydalanishni ta’qiqlash kerak”ligi, “Tarafdorlar”ining so‘zga chiqishi (2 ta reja-20 minut)

2-guruh “Qarshilar”ning so‘zga chiqishi (2ta reja-20minut).

O‘zaro bahsli savol-javob (20 minut)

Ekspertlarning xulosasi, baholash (10 minut).



4-bosqich

Yakunlovchi bosqich;

Bahs munozaraga qatnashganlarni rag‘batlantiradi, ochiq qolgan savollarni umumlashtirib javob beradi, qo‘shimchalar qilinadi (10 minut)

Tushunmovchilik bo‘lsa,

savol beradi, tinglaydi.


5-bosqich

Xulosa va tavsiyalar berish bosqichi;

O‘qituvchi o‘zi uchun o‘tkazilgan bahs munozara haqida xulosa qiladi: yutuq va kamchiliklarni belgilab oladi. Yutuqlarni ko‘paytirish, kamchiliklarni bartaraf etish uchun tavsiya ishlab chiqadi.

(O‘quvchi ishtiroki yo‘q)



(Jami 80-90 minut)

Bahs munozarada qatnashchilarini quyidagilarga e’tiborga berishlari hisobga olinadi:



  • O‘rganilgan bilimlardan samarali foydalanilganlik;

  • Munozarada chuqur tahliliy yondashuvning mavjudligi;

  • Nutqning tizimli, tiniq, ravon va ishonli ifodalanganligi;

  • Nutqda tajovuzning, qo‘pollik mavjud emasligi.

Bahs munozaradan darsdan tashqari vaqtda va dars jarayonida ham foydalanish mumkin. Buning uchun o‘qituvchi dars jarayonidagi bahs munozaraning loyihasini tayyorlash va uning asosida darsni tashkil etishi lozim.

Bahs munozaralarni tashkil etish o‘quvchilarda informatikaga oid nutqni rivojlantirishga, tizimli so‘zlashga, o‘z fikr-mulohazalarini erkin ayta olishga, muloqotga kirishish, savol berish, berilgan savolga javob topishga o‘rgatishi bilan, o‘rganiladigan fanga qiziqtirish ortishiga olib keladi. Shuningdek, bahs munozaraga kirishish mantiqiy, kommunikativ aloqani rivojlantirishga tezda reaksiya(har qanday ta’sirga javob qaytarish)ga kirisha olishga o‘rgatadi.




Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə