Qarshi davlat universiteti pedagogika kafedrasi


Oilaning iqtisodiy funksiyasi uning asosiytarbiyaviy funksiyasidir



Yüklə 4,4 Mb.
səhifə4/80
tarix25.03.2023
ölçüsü4,4 Mb.
#103126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Konfliktologiya. sirtqi lotin

Oilaning iqtisodiy funksiyasi uning asosiytarbiyaviy funksiyasidir.Bolalarning aqliy, jismoniy, axloqiy estetik tarbiyasiga oilada asos solinadi. Oila inson deb ataluvchi binoning faqat poydevorini qo‘yish bilan cheklanmay, balki uning so‘nggi g‘ishti qo‘yilguncha javobgardir. Jamiyatning komil fuqarosini shakllantirish, tarbiyalash hozirgi zamon oilasining muhim funksiyasi darajasiga kiradi. Chunki shaxsning ijtimoiylashuvi dastavval oilada amalga oshadi.
Oilaning kommunikativ funksiyasi – oila-a’zolarining o‘zaro muloqot va o‘zaro tushunishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi.
Oilaning rekreativ funksiyasi –nikoh-oila munosabatlari yuzaga kelgan dastlabki, ibtidoiy zamonlardan buyon unga xarakterli bo‘lgan xususiyatlardan biri, oila-a’zolarining axloqiy pedagogik-psixologik himoyalanishini ta’minlash, yosh bolalarga va mehnatga yaroqsiz kishilar yoki keksa qarindoshlarga moddiy-ma’naviy va jismoniy yordam ko‘rsatish kabilardan iborat bo‘lib kelgan. Bu holat oilaning rekreativ funksiyasini tashkil qiladi. Oilaning rekreativ funksiyasi – o‘zaro jismoniy, moddiy, ma’naviy va psixologik yordam ko‘rsatish funksiyalaridan biri hisoblanadi.
Oilaning muhim bo‘lgan funksiyalaridan yana biri – bu uning reproduktiv (jamiyatning biologik uzluksizligini ta’minlash, bolalarni dunyoga keltirish) funksiyasidir. Bu funksiyaning asosiy moxiyati inson naslini davom ettirishdan iboratdir. Oilaning vazifasi faqatgina yangi avlodni dunyoga keltiribgina qolmasdan, insoniyat paydo bo‘lgan davrdan boshlab yashab kelayotgan ilmiy va madaniy yutuqlari bilan tanishtirgan holda, ularning salomatligini saqlab turishdan ham iboratdir.
Oilaning felisitologik funksiyasi – hozirgi zamon oilasining tobora ahamiyati ortib borayotgan funksiyalaridan biri uning felisitologik funksiyasidir (italiyancha “felicite” – baxt degani). “Shaxsiy farovonlikka erishishga intilish oilaviy munosabalar tizimida ko‘p jihatdan hal qiluvchi omil bo‘lib bormoqda. Oilada, er-xotinning bir-birini to‘liq tushunishi-ularning o‘zlarini baxtli his qilishlarini ta’minlaydi. Shuningdek, o‘zidagi mavjud tabiiy-ijodiy imkoniyatlarini (iqtidorni) ro‘yobga chiqarish, jamiyat va oila doirasida sarflash ham insonga o‘zini baxtli his qilish imkonini beradi”4. Keyingi vaqtlarda insonning imkoniyatlari ortgan sari uning baxtga intilish darajasi ham ortib bormoqda.

Yüklə 4,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə