Qarshi davlat universiteti pedagogika kafedrasi


-mavzu: Jamoadagi konflikt va uni yechimga olib kelish yo’llari



Yüklə 4,4 Mb.
səhifə7/80
tarix25.03.2023
ölçüsü4,4 Mb.
#103126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   80
Konfliktologiya. sirtqi lotin

2-mavzu: Jamoadagi konflikt va uni yechimga olib kelish yo’llari


Reja:
1. Jamoada mos kelishga ta'sir ko’rsa tuvchi omillarning asosiy guruhlari;
2. hodimlarning janjalkashliklariga ta'sir ko’satuvchi psixologik hususiyat turlari; 3. nizolar sabablari; nizolarni hal qilish usullari; dircktorlarning o‘z ilmiy mudirlari bilan nizolarga borish hollari; o‘qituvchi o’rtasida guruh ichida,
4. shaxslararo nizolarning oldini olish yo’llari borasidagi bilimlarni kengaytirish.
Tayanch so’z va iboralar: jamoa, jamoadagi ijtimoiy-psixologik muhit, ijtimoiy munosabatlar, insonparlik, ijtimoiy guruh, ijtimoiy faoliyat, jamoadagi konfliktli vaziyat, ichki hissiyotlar, guruhli maslahat, konflikt, ijtimoiy aloqalar, jamiyat, mehna tjamoasi, frusturatsiya, muammoli xulq-atvor, rahbar va o’qituvchi o’rtasidagi nizolar


ADABIYoTLAR:

  1. Ahmedova M.T. Pedagogik konfliktologiya. –T.: Adabiyot uchqunlari, 2017. -320 b.

  2. Ansupov A.Ya. Osnovы konfliktologii. –M.: 1998;

  3. To‘ychieva G.U., Asadova E. Yoshlar va konfliktlar yechimi. Manual. –T.: 2008.

  4. Azizxo‘jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2006.

  5. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Darslik. N.T.Omonov, N.X.Xojaev, S.A.Madiyarova, Ye.I.Eshkulov. T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2009.

  6. Xoliqov A. Pedagogik mahorat. – T.: IQTISOD-MOLIYA, 2011.

  7. Hikmatnoma. //To‘plovchi N.Eshonqulov. Toshkent: Cho‘lpon, 1992.

Yurtimiz mustaqillikka erishgach, o‘zining mustaqil taraqqiyot yo‘lini belgilab oldi. Bu yo‘l jamiyatimiz kelajagini o‘z qo‘llariga oluvchi – yoshlarga beriladigan ta’lim-tarbiya asosida belgilanadi. Shu nuqtai nazardan 1997 yil 29 avgustda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ va ”Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonun qabul qilinib, unda kadrlar tayyorlashning milliy modeli yaratildi. Mazkur modelda shaxs bosh va markaziy o‘rinni egallab, modelninig qolgan qismlari shaxs manfaatlari uchun xizmat qiladi. Ayniqsa uzluksiz ta’lim tizimi individ hayotga kelgandan boshlab, to maktabdan tashqari ta’lim muassasalaridagi “masofani” qamrab oladi.
Ta’lim-tarbiya muassasalari o‘z vazifalarini amalga oshiraverishi mumkin. Ammo hayot qarama-qarshilik va ziddiyatlardan iborat. Yoshlar, qolaversa, jamiyatning barcha a’zolari shu ziddiyatni yengib, ulardan to‘g‘ri xulosa chiqara oladimi?!
Demak, ta’lim-tarbiya muassasalaridan tashqari tarbiyaviy ta’sirlar, ya’ni kundalikdagi ijtimoiy voqeliklarning shaxsga ko‘rsatayotgan ta’siri, ularni ijtimoiy-pedagogik, ilmiy, nazariy va amaliy o‘rganish, pedagogikada shu kunga qadar yetarlicha e’tibor berilmagan pedagogik yondoshuv zaruratini vujudga keltirmoqda. Ijtimoiy hayotning barcha jabhalari shaxsga, ayniqsa, yoshlarga albatta o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bunga ommaviy axborot vositalari, iqtisodiyot, ko‘cha-kuy, mahalladagi voqiyliklar, ota-ona, yoshi kichik va kattalar orasidagi munosabatlar, ishlab chiqish jarayoni, ilm-fanning turli sohalari. Ammo pedagoglar uchun o‘sha jamiyatdagi hodisa, jarayonlar va munosabatlarning yoshlar ongiga, insonlarning ma’naviy hayotiga, odob-axloq me’yorlariga bo‘lgan ta’siri muhimroqdir.
Inson shaxsining pedagogik-psixologik rivojlanishi va uning shakllanishi murakkab ijtimoiy jarayondir. Zero, uning o‘ziga xos xususiyatlari va qonuniyatlarini asosli ilmiy bilish, o‘quvchi shaxsiga pedagogik-psixologik jihatdan ta’sir ko‘rsatishning zarur shartidir.
Pedagogik-psixologik korreksiya, yuqorida ta’kidlaganimizdek, o‘quvchining qabul qilingan me’yorlarga mos kelmaydigan pedagogik-psixologik rivojlanish xususiyatlarini “to‘g‘rilashga” qaratilgan mutaxassis faoliyatini aks ettiradi.
Psixologiya fanlari nomzodi Galina Sergeevna Abramovaning fikricha, shaxsiy psixologik korreksiya odamning ichki dunyosini diskert tavsifiga (psixologning) asosli ta’sir qilishidir. Odam “Erdagi jonli evolyusiyaning so‘nggi pog‘onasidir”, ijtimoiy tarixiy faoliyat sub’ektidir. Shaxs – ijtimoiy rivojlanish fonemeni, ong va tushunchaga ega aniq tirik odam.
Shaxsga doir rivojlanish-ijtimoiylashuv va tarbiya natijasida odamzodning ijtimoiy xususiyati sifatidagi shaxsning shakllanish jarayonidir.

Yüklə 4,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə