Qarshi davlat universiteti pedagogika kafedrasi



Yüklə 4,4 Mb.
səhifə67/80
tarix25.03.2023
ölçüsü4,4 Mb.
#103126
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   80
Konfliktologiya. sirtqi lotin

Internet saytlari
lO.http; // tdpu.uz
11 .http://Zivonet.uz
12.http://edu.uz
13.WWW.natlib.uz (A.Navoiy nomidagi O ’z.MK)
14.http://teoriya.ru
15.http://uni-vologda.ac.ru
16.http://pedl ib.ru
17.http:// pedagog.uz

TARQATMA MATERIALLAR


Keys uslubi ta’rifi

Keys uslubi (ingl. Case method - keys-uslub, Case-study - keys-stadi, aniq vaziyat uslubi, vaziyatli tahlil uslubi) – real iqtisodiy, ijtimoiy va biznes-vaziyatlarning tavsiflaridan foydalangan holda talabalarda aniq ko‘nikmalarni shakllantirish texnikasidir. Talabalar vaziyatni tahlil qilishlari, muammo mohiyatini tushunishlari, mumkin bo‘lgan yechimlarni taklif etishlari va ularning eng yaxshilarini tanlashlari kerak.


Keyslar real vaziyatga yaqin bo‘lgan materiallarga asoslanadi. Aniq vaziyatlar uslubi (“Case-study” uslubi) o‘yinli bo‘lmagan imitatsion faol o‘qitish uslublari qatoriga kiradi.
“Case-study” uslubining maqsadi – talabalar guruhining umumlashgan kuchi bilan ishning aniq holatidan kelib chiqadigan vaziyatni, ya’ni aniq ish jarayonida namoyon bo‘ladigan “Case”ni tahlil qilish, amaliy yechimlarini ishlab chiqish va ularni taqdimot etishdan iborat. Jarayonning tugashi – taklif etilgan variantlarni baholash va ularning ichidan eng samaralisini tanlashdir.
“Case-study” uslubi quyidagilarni nazarda tutadi:
-keysni talabalar tomonidan mustaqil o‘rganish va muhokama qilish;
-auditoriyada o‘qituvchi rahbarligida keysni birgalikda muhokama qilish;
-“muhokama jarayoni yechimga qaraganda muhimroq” tamoyiliga rioya etish (ushbu uslubning alohida xususiyati – real hayotdan olingan dalillar asosida muammoli vaziyatlar yaratishdir);
“Case-study” uslubi ijtimoiy-iqtisodiy hayotda vujudga kelgan haqiqiy holat (mezonlari)ni namoyish etadi. Hodisalar uslubi. Bu uslubning diqqat markazida axborot olish turadi.
Uslubning maqsadi — talabalarni mustaqil axborot izlashga, ularni axborotlar bilan ishlashga, to‘plashga, tizimlashtirishga va tahlil qilishga o‘qitishdir.
Talabalar keysni to‘la bo‘lmagan hajmda oladilar. Ma’lumot: “... bo‘ldi” yoki “... yuz berdi” kabi yozma yoki og‘zaki bo‘lishi mumkin. Ishning bunday shakli ko‘p vaqtni talab etsada, uni axborot olish hamda qaror qabul qilish jarayonining muhim qismini tashkil etadigan, amaliyotga taxminan yaqinroq, deb hisoblash mumkin.



Yüklə 4,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə