|
![](/i/favi32.png) Qarshi davlat universiteti pedagogika kafedrasiIII. Fanni o’qitishning natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
|
səhifə | 65/80 | tarix | 25.03.2023 | ölçüsü | 4,4 Mb. | | #103126 |
| Konfliktologiya. sirtqi lotinIII. Fanni o’qitishning natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
Fanni o’zlashtirish natijasida talaba quyidagi kompetensiyalarga ega bo’ladi:
Motivatsion-kognitiv – bilish faoliyatiga yo’nalganlik, o’quv bilish faoliyatining anglanganligi, ijodiylik, nostandart vaziyatlardagi xulq-atvor, o’quv vazifalarini hal etishdagi mustaqillik, pedagoglik kasbini egallshga qiziqish va intilishlarga ega bo’lish;
Informatsion – axborotlar ustida ishalsh, axborot xurujlardan himoyalanish, axborot istemoli madaniyatini egallash;
Kommunikativ – lingvistik savodxonlik, adabiy va ilmiy uslub qoidalarini o’zlashtirish, verbal va noverbal nutq ko’nikmalarini o’zlashtirish, o’zaro fikr almashish, voqelikni tahlil etishda erkin muloqotga kirishish, pedagogic voqelikka o’zining xolisona munosabat bildirish ;
G’oyaviy-mafkuraviy – milliy g’oyaning mazmun-mohiyatidan xabardorlik, dunyoning mafkuraviy manzarasini anglash, g’oyaviy immunitetga egalik, mafkuraviy tahdidlardan himoyalanish, milliy g’oyaning shaxsiy va ijtimoiy mohiyatini anglash, milliy g’oyaning pedagogic faoliyatidagi o’rni aniqlashtirish;
Fuqarolikka doir – siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyatini anglash, milliy-madaniy meros, xalqning o’tmishi, buguni va istiqbolini uyg’unlikda tahlil etish, ijtimoiy-siyosiy hayotda faol ishtirok etish, mahalla hayoti va o’z-o’zini boshqarish institutlari, ijtimoiy harakatlar tomonidan o’tkazilayotgan loyihalarda faollik ko’rsatish;
Ma’naviy-axloqiy – jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor meyorlarini o’zlashtirish va amal qilish, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni o’zlashtirish va pedagogic faoliyatning bosh mezoniga aylantirish, ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashish, ma’naviy targ’ibot va tashviqot ishlarini tashkil etishga tayyorgarlik;
Akmeologik – o’ziga va uni o’rab turgan atrof-muhitga ishonch, o’z xohish-istaklari va ehtiyojlarini to’liq anglash, bugungi kundagi mavjud imkoniyatlarni va kelgusidagi ijodiy rivojlanish istiqbollarini aniqlash, refleksiya, identifikatsiya, interiorizatsiyaga, o’zining qarashlari, e’tiqodi va ustanovkalarini o’zgartirishga qobiliyatlilik;
Aksiologik – pedagogik voqelikni aksiologik baholash, pedagogic hodisalarni qadriyat sifatida anglash, pedagogic jarayondan zavqlanish, lazzatlanish, mas’uliyat hissini sezish, o’z pedagogic pozitsiyasini anglash va ta’limiy qadriyatlar asosida pedagogic faoliyatga tayyorgarlik.
Dostları ilə paylaş: |
|
|