Qarshi davlat universiteti pedagogika kafedrasi


Keysni yechayotgan talabalarga uslubiy ko‘rsatmalar



Yüklə 4,4 Mb.
səhifə69/80
tarix25.03.2023
ölçüsü4,4 Mb.
#103126
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   80
Konfliktologiya. sirtqi lotin

Keysni yechayotgan talabalarga uslubiy ko‘rsatmalar
1. O‘z nuqtai-nazaringiz asosida mustaqil ravishda keysni ishlab kelganligingiz va uni asoslab bera olishingizni ko‘rsating!
2. Mustaqil ta’lim topshirig‘ini topshirish mobaynida, imkon qadar, sizni kuzatib turgan tengqurlaringizga e’tibor qilmang. Natija uchun ishlang!
3. Faol bo‘ling, o‘zingizni ko‘rsating. Agar hamma bilgan narsalarni ham yashirsangiz, sizning qanday bilimga ega ekanligingizni ob’ektiv baholash imkoni bo‘lmaydi. Shu bilan birgalikda, faqat boshingizni irg‘atib, tasdiqlab jimgina turishingiz orqali o‘qituvchi va do‘stlaringiz sizning vazifa bo‘yicha nuqtai nazaringiz qanaqa ekanligini ko‘ra olmaydilar, albatta. Shuning uchun o‘zingizning nuqtai nazaringizni ifodalashga uyalmang, lekin haddan tashqari serg‘ayrat va tajovuzkor ham bo‘lmang.
4. Tanqidni o‘zingizga og‘ir olmang. O‘z fikringizni aniq tushuntiring. Nuqtai nazaringizni asoslang va uni himoya qiling. Lekin uni, faqat sizniki bo‘lganligi sababli, nima bo‘lsa ham isbotlashga urinmang.
5. Vaqt boshqaruvini yoddan ko‘tarmang. Har bir vazifani bajarish muddati chegaralangan. O‘z resurslaringizni muqobil taqsimlashga harakat qiling.
6. Jamoada ishlashga qodir va tayyor ekanligingizni ko‘rsating. Bu sizning bilimingizni baholashda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.
Talabalarning jamoaviy munozaradagi xatolari

1. Doimiy jim turish – odatda, bunday talabalar o‘qituvchining e’tiboridan qolib ketishi mumkin. Sizga shu kerakmi?


2. Tajovuzkorlik, shovqinli xulq – bunday xislatlar, odatda, guruh ishini buzadi, bu albatta talabaning bilimini baholashda foyda bermaydi.
3. Mas’uliyatni boshqaga o‘tkazish – masalani hal etish, ma’ruza qilish, javob berish va shu kabi vazifalarni bajarishda faqat boshqa talabalarni ko‘rsatishga odatlanganlar, unutmangki o‘qituvchi va do‘stlari oldida o‘zlari to‘g‘risida yaxshi fikr tug‘dira olmaydilar.
4. Faqat baho uchun harakat qilish – shunga amin bo‘lingki, ekspertlar (o‘qituvchi, faol talabalar), o‘zi haqida ular ko‘z o‘ngilarida yaxshi fikr qoldirmoqchi bo‘lgan talabalarni tushunadilar. Shuning uchun bunday sharmandalikni kechirib bo‘lmaydi. Tabiiy bo‘ling.
5. Haddan tashqari asabiylashish – hammaga ravshanki, baholash jarayoni hech kimga yoqmaydi, lekin shunga ishonish kerakki, ekspertlar (o‘qituvchi va faol talabalar, ishlab chiqarish korxonalarining xodimlari) – muayyan tajribaga ega. Ular talabalarda qanday qobiliyat borligini yetarlicha aniqlay oladilar. Siz qancha g‘ayrat qilayotganligingizni tushunadilar.



Yüklə 4,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə