Qarshi davlat universiteti


MAVZU. PEDAGOG PSIXOLOGIYASI



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə11/44
tarix22.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#112134
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   44
Qarshi davlat

MAVZU. PEDAGOG PSIXOLOGIYASI


Reja:


1.Pedagog shaxsiga kuyiladigan psixologik talablar.
2.Pedagoglarning ijtimoiy-maxsus sifatlarini aniklash metodi.
3. Pedagogik mulokot.
4.Pedagog faoliyatining individual uslubi.
Ko‘pchilik psixologlar, shu bilan birga o‘zbekistonlik psixolog olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar zamonaviy o‘qituvchilar uchun eng zarur hislatlarni aniqlab olish imkoniyatini beradi. Rossiya psixologlaridan N.V. Kuz’mina, V. Slastenin, F.N. Gonobolin, O‘zbekistonlik psixologlardan R.Z.Gaynutdinov, M.G.Davletshin, S.Jalilova, A. Jabborov, M. Kaplanova va boshqalar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarida ham o‘qituvchilik kasbi va ta’lim jarayoniga doir muammolar keng tadqiq etilgan. Bunda o‘qituvchilik kasbiga muvofiq yaratilgan professiogrammani ko‘rish mumkin.
O‘qituvchi professiogrammasi muayyan fan tomonidan o‘qituvchiga qo‘yiladigan maxsus talablarni o‘z ichiga qamrab olishi lozim. Bo‘lajak o‘qituvchi u yoki bu xildagi fan tomonidan qanday talablar qo‘yilishini bilish va shu asnoda o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil qilish uchun pedagogik oliy o‘quv yurtlarida muayyan mutaxassislik bo‘yicha o‘qituvchi professiogrammasi ishlab chiqilishi zarurdir.
Psixologik tadqiqot ishlarini olib borgan M.Abdullajonova, YE.Gladkova, A.Mashkurov, T.Hamrokulov, E.Xidirov ,M.Maqsadova va boshqalarning ilmiy izlanishlari o‘zbek maktablarida rus tili va maktabgacha tarbiya muassasalarining tarbiyachilari kabi qator mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qituvchi professiogrammasining taxminiy modelini (namunasini) aniqlab olish imkoniyatini berdi.
Professiogrammada muhim hislatlarning borgan sari birmuncha ortib borishini hisobga olgan holda o‘qituvchining quyidagi hislatlari ko‘rsatib berilishi lozim:
O‘qituvchining shaxsiy hislatlari:
bolalarni yaxshi ko‘rish, ularni sevish;
aql-farosatlilik;
mehnatsevarlik;
jamoat ishlarida faollik;
kamtarinlik;
odamiylik, dilkashlik;
uddaburonlik;
o‘z bilimini oshirishga intilish;
Kasbiga xos bilimi:
- ta’lim va tarbiya jarayoni mohiyati bilan uning maqsad va vazifalarini tushunishi;
- psixologiya asoslarini, ayniqsa Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya asoslarini bilishi, etnopsiholgik bilimlarni egallashi;
- hozirgi zamon pedagogikasi asoslarini bilishi;
- hozirgi zamon pedagogikasining metodologik asoslarini egallaganligi;
- maktab yoshidagi bolalarning psixologik - pedagogik xususiyatlarini tushunishi;
- o‘z fanini o‘qitish metodikasini bilishi;
- o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir etishning samaradorligini bilishi;
- ota-onalar va jamoatchilik bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning mazmunini bilishi;
3) O‘z kasbiga xos hislatlari:
- o‘qituvchining kuzatuvchanligi;
- o‘z diqqat-e’tiborini taqsimlay olishi;
- pedagogik fantaziya (hayol)ning rivojlanishi;
- o‘ziga tanqidiy munosabatda bo‘lishi;
- o‘zini qo‘lga ola bilishi, o‘zini tuta olishi;
- pedagogik takt;
- nutqning emotsional ifodalanishi;
4) Shaxsiy pedagogik uddaburonligi:
- dars mashg‘ulotlari uchun zarur materiallarni tanlay bilishi;
- o‘quvchilarning bilish faoliyatini boshqara olishi;
- ta’lim va tarbiya jarayonida o‘quvchilarning bilimi o‘sishini istiqbolli ravishda rejalashtira olishi;
- pedagogik vazifalarni shakllantirish va tarbiyaviy ishlarni rejalashtira olish;
- bolalar jamoasiga rahbarlik qilishda o‘z faoliyatini rejalashtirishni bilishi;
- o‘quv maqsadlarini rejalashtira olishi;
- o‘zining ta’lim-tarbiya ishlariga tayyorlanish tizimini rejalashtira olishi;
5) Tashkilotchilik malakalari:
- bolalar jamoasini uyushtira bilishi;
- turli sharoitlarda bolalar jamoasini boshqara olishi;
- bolalarni nimalar bilandir qiziqtirib, ularni faollashtira olishi;
- amaliy masalalarni hal etishda o‘zining bilim va tajribalarini ustalik bilan tez qo‘llay olishi;
6) Kommunikativ malakalari:
- bolalarni o‘ziga jalb etishni bilishi;
- bolalar va ota-onalar bilan maqsadga muvofiq pedagogik munosabatlarni tiklashni bilishi;
- bolalarning jamoalararo va jamoa ichidagi o‘zaro munosabatlarini tartibga solishni bilishi;
- bolalar va ota-onalar bilan tashqaridan aloqa bog‘lashni bilishi;
7) Gnostik malakalari:
- bolalarning asab psixik taraqqiyoti darajasini aniqlay bilishi;
- o‘zining tajribasi va pedagogik faoliyati natijalarini tanqidiy tahlil qila olishi;
- boshqa o‘qituvchilarning tajribalarni o‘rganib, undan (nazariy va amaliy tomondan) to‘g‘ri xulosa chiqara olishi;
- psixologik-pedagogik adabiyotlardan foydalanishni bilishi;
- o‘quvchilarni to‘g‘ri tushunib, ularninig xulq-atvori sabablarini tushuntirishni bilishi;
8) Ijodiy hislatlari:
- pedagogik mahoratini takomillashtirishga intilishi;
- o‘quvchilarni tarbiyalash dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshira olish qobiliyati;
- o‘zini o‘quvchi o‘rniga qo‘yib, bo‘lib o‘tgan hodisalarga uning nazari bilan qaray olishi;
- avvalgi voqealar, hodisalar va tarbiyalanuvchi shaxsiga yangicha qaray olish qobiliyati;
- o‘zining o‘quvchiga pedagogik ta’siri natijalarini oldindan ko‘ra bilishga intilishi.
Shunday qilib, ko‘rsatib o‘tilgan modelning asosiy tuzilishi tariqasida quyidagilar keltiriladi:
shaxsning jamoatchilik va kasbiy yo‘nalishi;
pedagogik mahorat va qobiliyati;
xarakterining psixologik xususiyatlari;
bilish faoliyati;
o‘qituvchi shaxsining bolalarni kasbga tayyorlash ishlari darajasidagi umumiy taraqqiyoti.
Professiogramma yoshlarga o‘zlarining kelgusida o‘qituvchilik kasbini to‘g‘ri va ongli ravishda tanlab olishlariga yordam beradi.
Professiogrammani kasbga xos ravishda o‘qitishni tashkil qilishda ta’limning samaradorligi va uning muvaffaqiyati qanday bilim va ko‘nikmalarga , ayniqsa, shaxsning qanday qobiliyati va shaxsiy hislatlariga bog‘liq ekanligini albatta ko‘rsatish zarurdir.
Pedagogik faoliyat tezligi va muvaffaqiyati asosida N.V.Kuz’mina o‘qituvchilarni uch guruhga bo‘ladi:
1. Kasbiy malakalarni tez o‘zlashtiradi, o‘z faoliyatida tezda muvaffaqiyatga erishadi, dars qoldirmaydi.
2. Kasbiy sifatlarni sekin o‘zlashtiradi, ba’zan dars qoldiradi, ammo pedagogik xususiyatlarni sekin-asta bo‘lsa-da o‘zlashtirib oladi.
3. Ko‘p yillik faoliyati davomida ham o‘qituvchilik qobiliyatini egallamaydi.
N.V.Kuz’mina pedagogik faoliyatga murakkab dinamik sistema sifatida qaraydi.
A.I.SHerbakov ishlarida esa pedagogik ta’lim muammolari ko‘zga tashlanadi. O‘qituvchi shaxsi yo‘nalganligining shakllanishi masalasida to‘xtalar ekan, muallif o‘qituvchilarni tayyorlash va o‘qitish jarayonida e’tiborga olish zarur bo‘lgan vaziyatlar xususida o‘z tavsiyalarini beradi. Ayniqsa, olim bo‘lajak o‘qituvchi xulq-atvor xususiyatlarining shakllanishiga asosiy e’tiborni qaratadi.

O‘qituvchining axloqiy ideal sifatida namoyon bo‘lishi o‘quvchi shaxsini tarkib toptirishda muhim ahamiyatga ega. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchi ko‘pincha o‘qituvchiga taqlid qilib, unga o‘xshashga harakat qiladi, lekin birinchidan, buni ko‘pincha tushunib yetmasdan qiladi, ikkinchidan o‘qituvchining tashqi ko‘rinishi va qiliqlariga taqlid qiladi, chunki u hali shaxsning namoyon bo‘lishini tahlil qilishga va shaxsning barqaror hislatlarini anglab yetishga qodir emas. O‘smir va katta maktab yoshidagi o‘quvchi ko‘pchilik hollarda namunaga ongli ravishda taqlid qiladilar. O‘smir o‘zini katta deb hisoblay boshlagandan e’tiboran kattalarning xatti-harakatlari va ishlariga taqlid qilishga intiladi. Shuning uchun unda tevarak-atrofdagi kishilarning, ayniqsa, o‘ziga eng yaqin va o‘zi uchun eng obro‘li kishilarning xatti-harakatiga qiziqish hamda e’tibor berish yuzaga keladi. O‘qituvchi qanchalik obro‘li bo‘lsa, uning e’tiqodi, bilimlari, fikrlari, didi o‘quvchilarga shunchalik ko‘p ta’sir qiladigan bo‘ladi. O‘smir kattalarning biror hislatlariga taqlid qilayotib, ko‘pincha bu hislatlarni shunchalik ilib olish bilan birga, ularning salbiy hislatlari va xatti-harakatlarini ham o‘ziga singdirib oladi. Agar o‘qituvchi muayyan maqsadni ko‘zlaydigan va matonatli, o‘z burchini qat’iyat bilan bajaradigan bo‘lsa, xuddi shu narsalarni o‘z tarbiyalanuvchilaridan ham talab qilish unga oson bo‘ladi. Aksincha, o‘qituvchining tajangligi, qo‘polligi, o‘zini qo‘lga ola olmasligi, manmanligi o‘quvchilarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.


O‘quvchilar va ota-onalar ba’zan tarbiyaviy ishlarda o‘zlarining shaxsan namuna ko‘rsatishlarining ta’siriga yetarlicha baho bermaydilar. Holbuki, ularning qilayotgan ishlari, o‘zlarini qanday tutishlari ularning aytgan gaplariga, o‘rgatgan narsalariga qaraganda kamroq emas, balki ko‘proq ahamiyatga ega bo‘ladi.
To‘g‘ri xatti-harakatlarda amaliy tajribani uyushtirish, yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, shaxsni tarbiyalashda muhim, asosiy omildir. Tarbiyachi o‘quvchilarda xatti-harakatlarning shunday shakl va usullarini tarkib toptirmog‘i kerakki, bu shakl va usullarda tarbiyaning hal qiluvchi ta’siri ostida yuzaga keladigan o‘quvchi e’tiqodlari amalga oshsin. Xatti-harakatlarning aytib o‘tilgan shakllari motivlarni, o‘quvchining ehtiyoj va munosabatlarini "moddiylashtirish" ifodasi, vositasi, shakliga aylanib qolgandagina barqaror omilga aylanib mustahkamlanadi. A.S.Makarenko xuddi ana shu ma’noda "xulq-atvor gimnastikasi" to‘g‘ri xatti-harakatlarni mashk qilishni uyushtirish zarurligi to‘g‘risida gapirgan edi.
Axloqiy xatti-harakatlarni mashq qilish – bu turli variantlardagi xatti-harakatlarni aslida bir-biriga o‘xshash vaziyatlarda uyushgan va muayyan maqsadni ko‘zlagan holda takrorlashdir. Faqat ana shunday qilingandagina xatti-harakatlarning barqaror va ayni vaqtda umumlashgan shakllari tarkib topadi. Sun’iy mashqlar emas, balki o‘quvchi hayoti va faoliyatining tabiiy sharoitlari nazarda tutiladi, albatta.
O‘smirlik yoshidan boshlab, tarbiyaning yangi omili – o‘z-o‘zini tarbiyalash vujudga keladi. O‘quvchilar o‘zlaridan ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan shaxs hislatlarini tarkib toptirish sohasida xulq-atordagi kamchiliklarga salbiy hislat va sifatlarga barham berish sohasida ongli ravishda muntazam ishlay boshlaydilar. Odam yuksak darajada o‘z-o‘zini idora qiluvchi, o‘z-o‘zini kamol toptiruvchi birdan-bir sistemadir, - degan edi I.P.Pavlov.
Agar o‘z-o‘zini tarbiyalashga bo‘lgan intilishni kattalar, jamoa yetarli darajada boshqarib va tashkil qilib turmasalar, unda o‘quvchi o‘z-o‘zini tarbiyalash mazmunida (nimani tarbiyalashda) hamda uning shaklida (qanday tarbiyalashda) jiddiy xatolar qilishi mumkin.
O‘qituvchi, tarbiyachi o‘quvchilarning o‘z-o‘zini tarbiyalashiga rahbarlik qilishda 4 ta vazifani ko‘zda tutishi kerak.
Tarbiya uch narsaga ehtiyoj sezadi: iste’dodga, ilmga va mashqqa degan edi ulug‘ olim Arastu. Ana shu g‘oyalarga asoslangan holda tarbiyachilar quyidagilarga amal qilishlari lozimdir:
- tarbiyada ulg‘ayayotgan inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir talaba, o‘smir va yosh yigitning betakror va o‘ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy xuquqiy va erkinligining e’tiborga tutilishi:
- milliylikning o‘ziga xos an’ana vositalariga tayanish, jahon
madaniyatining ilg‘or tajribalariga asoslanish;
- talabalar faoliyatida tarbiyaviy jarayonning asosini tashkil qilish,
qiziqarli, to‘laqonli talabalar yosh jihatlariga mos hayot iqlimini yaratish, mehnat, xayriya, ijtimoiy foydali, ijtimoiy ko‘ngilochar va shunga o‘xshash tadbirlar tashkil etish lozimki, natijada talabalar o‘zlari xohlagan ishga qo‘l ursinlar, muvaffaqiyat hissini tushunib o‘zlariga ishonchlari ortsin, axloqan barqaror bo‘lsin.
Demak, pedagog jamiyat hayotida yetakchi o‘rin tutuvchi, murakkab shaxs strukturasiga ega bo‘lgan insonning kasbiy qiyofasidir. Ijtimoiy turmushning barcha sohalarida erishilgan yutuqlarning zaminida uning mehnatini natijalari yotadi. Pedagoglarning pedagogik, psixologik tayyorgarligi va bilimlar integratsiyasi, muomala madaniyati, psixologik vaziyatlarni e’tiborga olish kabilar kuchli bo‘lishi kerak. Yuksak saviyali, zo‘r mahoratli tarbiyachilargina xalk orzusidagi barkamol insonni tarbiyalaydi. Ilm insonni yuksaklik sari olib boradi. A. Avloniy aytganlaridek: "Ilm insonlarning madori, hayoti, porlok kelajagi, rahbari, najotiga aylangan". Ilm inson uchun g‘oyat oliy va muqaddas fazilatdir. Shuning uchun avvalam bor ilmli, tarbiyali bo‘lmoq har bir yosh insonning burchi.
Shu maqsadda ko‘nglida eng oliy orzularni jamlab, pedagog ter to‘kib ishlaydi. Ularning mehnatini hurmat qilib, bergan bilimlarni egallamoq kerak.
Ibn Sino ta’kidlaganidek: "Kimga qanday pandu nasihat qilsang, unga avvalo o‘zing amal qil".Pedagogning pedagogik faoliyatining samaraga ega bo‘lmog‘i uchun ko‘p jihatdan shaxs xususiyatlarining shakllanganligi, shaxs yo‘nalishini aniqlanganligini va kasbiy mahoratning tarkib topganligi bilan xarakterlanadi.
Bugungi kunda ijtimoiy va iqtisodiy shart-sharoitning murakkab tus olishi yoki ta’lim tizimiga nisbatan yangi talablarning yuzaga kelishi pedagoglarning o‘z faoliyatlarini tubdan o‘zgartirishga hamda izchil, aql-zakovatni ishga solgan holda ish tutishni taqozo etmokda. Bu bir tomondan davr talabi ekanini, ikkinchi tomondan shart-sharoitga nisbatan tub burilish hosil qilish yoki shaxs faoliyatini yo‘naltirishda yangicha munosabatda ish tutish talab etiladi. Chunki mamlakat ravnaqini ta’minlashda kasbiy ta’lim tizimida ijobiy o‘zgarishlarning kiritilishi pedagogik xodimlarning psixologiyasida burilish yasashlik bilan belgilanadi. Pedagogning talabani ichki dunyosini tushunish boshqa odamlar bilan aloqa o‘rnatish, talabaga faol ta’sir o‘tkazish, hamma bilan til topishib ketish, vazminlik, odamlarni ishontirish qobiliyati, bosiqlik va o‘zini tuta bilish, talabchanlik, qat’iylik, g‘ayratlilik, chidamlilik, rahbarlik va tashkilotchilik, o‘zi va boshqalarning xulqini boshqarish, mustaqil va ijodiy fikrlashi muhimdir. Ko‘p hollarda talabalar shaxsini rivojlantirishda aniq bir mezon o‘lchovini belgilab olmaydilar. Shu sababli ham pedagog talabalarga kasbiy mahoratini tarkib topishida qiynaladilar. Har kanday holatda ham faoliyat yo‘nalishini aks ettiruvchi mezon bo‘lishi kerakdir. Bu mezon pedagog faoliyatini doimo o‘z-o‘zini nazorat qilish imkoniyatini to‘ldiradi va uning samaradorligini ta’minlaydi.
Pedagog shaxsiy xususiyatlaridan tashqari chuqur ilmiy saviyaga,
so‘zlash madaniyatiga, yuksak odob axloqli bo‘lishi kerak.
Bundan tashqari, pedagog o‘zining tashqi ko‘rinishiga ham e’tibor berishi kerak, toza-ozoda, ixcham kiyinishi kerak. Bundan tashqari oliy ma’lumotli, chuqur bilim egasi o‘zining fanini puxta biladigan, yurt ravnaqi uchun jonini fido qilishga tayyor, o‘z shogirdlaridan bilimi, malakasini ayamaydigan, talabalarga aziz, do‘st, sirdosh, maktab, kollejning fidokor xodimi bo‘lmog‘i lozimdir.
O‘z-o‘zini tarbiyalash ma’lum bir aniq rivojlanish yo‘lini bosib o‘tadi. Agar uni asosiy yosh pog‘onalari bo‘yicha qamrab oladigan bo‘lsak, inson ontogenezidagi rivojlanish quyidagicha namoyon bo‘ladi:
Birinchi bosqich- o‘z-o‘zini jismoniy va irodaviy tarbiyalashdir. Bu o‘smirlik davriga to‘g‘ri keladi. Insonning bu davrga xos bo‘lgan maqsadi iroda va jismoniy imkoniyatlarni rivojlantirish bo‘lib, jasurlik, chidamlilik, o‘z-o‘zini boshqara olish, matonat, o‘z-o‘ziga ishonch kabi irodaviy sifatlarni maxsus vosita va mashqlar orqali tarbiyalashdan iboratdir.Bu holat jismoniy rivojlanishga ham ta’luqli bo‘lib, shu sababli ko‘pgina bolalar bu yoshda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishni boshlaydi.
Ikkinchi bosqich- o‘zini xulqiy-axloqiy rivojlantirish bo‘lib, ilk o‘spirinlik davriga to‘g‘ri keladi. Bu davrda o‘z-o‘zini tarbiyalashning ko‘proq uchraydigan maqsadlari - ruhiy, ma’naviy rivojlanish , shaxsning to‘g‘rilik, yaxshilik, saxiylik, do‘stga sodiqlik, sadoqat, muruvvat kabi oliyjanob sifatlarni o‘zida mujassamlashga intilishi kuzatiladi.
Uchinchi pog‘ona kasbiy o‘z-o‘zini tarbiyalash o‘spirinlik davriga to‘g‘ri keladi. Inson hayotining bu davrini ishga bo‘lgan ishtiyoqni o‘stirish deb qarash mumkin, unda kishining kasbiy zarur bo‘lgan kompleks sifatlarni rivojlantirish, qobiliyat, malaka, ko‘nikma, tanlagan kasbi bo‘yicha mahorat bilan ishlash uchun zarur bo‘lgan hislatlari shakllanadi. O‘z-o‘zini kasbiy rivojlantirish maqsadi bu davrda boshlanib, ko‘pgina kishilarda mustahkamlanib boradi va uning hayoti davomida asosiy maqsadlardan biri bo‘lib qoladi.
To‘rtinchi bosqich - ijtimoiy-dunyoviy qarashlarda o‘z-o‘zini tarbiyalashdir. Bu inson hayotining 40-45 yoshidan keyingi davri hisoblanadi. Bu yerda o‘z-o‘zini rivojlantirish vazifasi ijtimoiy holat, dunyoqarash, hayotga ma’lum nazar bilan qarash hisoblanadi.
Ba’zi hollarda beshinchi pog‘ona ham uchrab turadi, bunda o‘z-o‘zini aktuallashtirish masalasi qo‘yiladi va hal etiladi.
Besh bosqichdan ikkitasi insonni o‘z-o‘zini tarbiyalashdagi rivojlanishi o‘smirlik va yoshlikning ilk davriga to‘g‘ri keladi. Bu davrlarda o‘z-o‘zini tarbiyalash inson xarakterini belgilab beradi.
O‘smir va o‘spirinlarga ularning jismoniy, ruhiy va axloqiy o‘z-o‘zini tarbiyalashida qanday ko‘maklashish mumkin? Bu savolga quyidagicha javob bersa bo‘ladi: Birinchidan, o‘z-o‘zini tarbiyalashning birinchi belgilari paydo bo‘lishi bilan ularning intilishlarini faol qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish lozim. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish, albatta, o‘smirga jismoniy o‘z-o‘zini tarbiyalashda katta yordam beradi. Bolalar uchun ayniqsa, sportning o‘yin tariqasida o‘tkaziladigan turlari foydali, shuningdek, yengil atletika, suzish, kompleks jismoniy tarbiya mashqlari organizmni har taraflama va barkamol rivojlanshiga yordam beradi. Bunday mashqlar jarayonida shaxsning iroda kuchi ham tarbiyalanadi.



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə