Qarshi davlat universiteti


Maktab amaliyotida darsning boshqa turlaridan- dars musobaqa, maslahat, bir-birini to‘ldirish ma’ruzasi, fanlararo dars, o‘yin kabilardan foydalaniladi



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə19/44
tarix22.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#112134
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44
Qarshi davlat

Maktab amaliyotida darsning boshqa turlaridan- dars musobaqa, maslahat, bir-birini to‘ldirish ma’ruzasi, fanlararo dars, o‘yin kabilardan foydalaniladi.

Har qanday ma’ruzaning umumiy tuzilishini asosi – bu mavzuni bayon etish, rejani va mustaqil ishlash uchun tavsiya etiladigan adabiyotlarni ko‘rsatish, keyin esa – ko‘rsatilgan ishning rejasiga qat’iy amal qilishdir. Ma’ruza o‘qishga qo‘yiladigan asosiy talablar sifatida quyidagilar shart deb hisoblanadi.

Ifoda etilayotgan ma’lumotlarning yuksak ilmiy darajadaliligi, odatdagidek dunyoqarash ahamiyatiga egaligi;

Zamonaviy ilmiy ma’lumotlarning aniq tizimlashtirilgan va metodik qayta ishlab chiqilgan hajmlari;

Bildirayotgan fikr-mulohazalarining isbotlanganligi va asoslanganligi;

Keltiriladigan ishonchli isbotlar, misollar, tekstlar va hujjatlarning yetarlicha bo‘lishi;

Fikrlari aniq, tushunarli bayon etilishi va eshituvchilar fikrlashlarini faollashtirish, muhokama etilayotgan muammolar bo‘yicha mustaqil ishlar uchun savollarning qo‘yilishi;

Qo‘yilgan muammoni hal etish uchun turli nuqtai nazarlarni keltirib chiqarish, xulosalarni ifoda etish;

Kiritilayotgan termin va nomlarni tushuntirish: fikr-mulohazalarni talabalarga eshitishga, fikrlash va ma’lumotlarni qisqacha yozib olishga imkon berish.

Auditoriya bilan pedagogik aloqa o‘rnatish mahorati.

Tekst, konspekt, bloksxemalar, chizmalar, jadvallar, grafiklar, asosiy materiallarini qo‘llash.

Yuqoridagi fikrlarga asoslanib ma’ruza qo‘yidagi turlarga ajratiladi;

Kirish ma’ruzasi o‘quv fani haqida birinchi yaxlit tasavvurni beradi va talabalarni ushbu kurs bo‘yicha ishlash tizimiga yo‘naltiradi. Ma’ruzachi talabalarni kursning vazifasi va masalalari bilan tanishtiradi. O‘quv fanlari va mutaxassislar tayyorlash tizimidagi uning roli va o‘rni bilan tanishtiradi. Kursning va fanning rivojlanish davri, amaliyoti, bu sohadagi yutuqlar, mashhur olimlar nomlari bo‘yicha qisqacha ma’lumotlar beradi, tadqiqotlar istiqbolli yo‘nalishlarini ifoda etib beradi. Bu ma’ruzada kurs doirasidagi ishlar metodik va tashkiliy xususiyatlari ko‘rsatib beriladi hamda talabalarga tavsiya etiladigan o‘quv-metodik adabiyotlar tahlili beriladi, shuningdek, hisobot shakli va muddati belgilanadi.


Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə