Qarshi davlat universiteti


Dars tiplari quyidagilardan iborat



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə18/44
tarix22.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#112134
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   44
Qarshi davlat

Dars tiplari quyidagilardan iborat:

Aralash dars. Uning tuzilishi: tashkiliy qismi, uy ishini tekshirish, yangi materialni o‘rgatish, yangisini ilgari o‘rganilgan material bilan solishtirish va mustahkamlash, amaliy topshiriqlarni bajarilishi, darsga yakun yasash va uyga topshiriqlar berish.

Yangi materiallarni o‘rganish darsi odatda katta sinf o‘quvchilarini o‘qitishda qo‘llaniladi. Ushbu turdagi dars doirasida quyidagi darslar olib boriladi – ma’ruza, muammoli dars, dars – konferensiya, kino dars, dars – tadqiqot.

Bilimlarni mustahkamlash, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish darsi seminar, amaliy, ekskursiya, mustaqil ishlar hamda laboratoriya amaliyoti ko‘rinishida olib boriladi.

Umumlashtirish va tizimlashtirish darsi fanni to‘liq o‘zlashtirish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan dasturning asosiy masalalari bo‘yicha o‘quv materialining katta qismlarini tizimli takrorlashga qaratilgan. Bunday darsni o‘tishda o‘qituvchi o‘quvchilar oldiga muammoni qo‘yadi, qo‘shimcha ma’lumotlar olish manbalarini ko‘rsatadi, hamda o‘xshash masala va amaliy mashqlar beradi, topshiriqlar va ijodiy xarakterdagi ishlarni topshiradi. Bunday dars paytida o‘quvchilarning uzoq vaqt davomida – chorak, yarim yillik, o‘quv yili davomida bir necha mavzular bo‘yicha bilim, mahorat va ko‘nikmalari tekshiriladi, baholanadi.

Bilim, mahorat va ko‘nikmalarni nazorat qilish hamda tuzatish darsi o‘qitish natijalarini baholash uchun, o‘quvchilarning bilim darajasini diagnostika qilish, o‘quvchilarning o‘z bilimlarini qo‘llashga tayyorliklari, o‘qitishning turli vaziyatlarida mahoratlari va ko‘nikmalarini tekshirish uchun mo‘ljallangan. Bunday darslarning ko‘rinishlari og‘zaki yoki yozma so‘rov, diktant, masala va misollarni ifoda etish yoki mustaqil yechish, amaliy ishlarni bajarish, imtihon, mustaqil yoki nazorat ishi, test olish bo‘lishi mumkin. Yakuniy dars natijalariga qarab keyingi mashg‘ulot odatiy xatolarni, bilimdagi kamchiliklarni tahlil qilishga, qo‘shimcha topshiriqlarni belgilashga bag‘ishlanadi.


Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə