Qarshi davlat universiteti



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə15/44
tarix22.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#112134
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   44
Qarshi davlat

qisqa vaqt va uzoq vaqt davom etadigan usullar. qisqa vaqtlilari to‘laligicha darsga qaratiladi va tarqatilgan materiallar bilan bajariladi. uzoq vaqtlilari darsdan tashqari vaqtda o‘tkaziladi, lekin ularning olib borilishi va natijalari darsda namoyish etiladi. bu jarayonda o‘z-o‘zini kuzatish muhim rol o‘ynaydi. tajriba ham qisqa vaqtli va uzoq davom etadigan ko‘rinishda bo‘ladi. tajriba ishlarini o‘quvchilar odatda mashg‘ulotlardan tashqari vaqtda olib boradilar. o‘quvchilar uylarida oddiy tajriba o‘tkazishdan boshlab tajribalar olib borishga, bog‘chada, maktabda yanada murakkabroq va uzoq davom etadiganlariga tayyorlanib boradilar.

psixologiyani o‘qitish usulini tanlash tasodifiy ixtiyoriy bo‘lishi mumkin emas. uni ikki muhim pedagogik talablarga rioya qilib amalga oshiriladi: birinchidan, o‘quv materiali; ikkinchidan o‘quvchilar yosh va psixologik xususiyatlari hisobga olinadi. psixologiyadan dars o‘tishda idrok etish faoliyati turlari va fikrlash shakllarini yo‘naltirish maqsadida o‘qitishning ko‘p ko‘rinishli usullaridan foydalanish zarurdir. hozirgi zamonaviy faol o‘qitish usullarida ko‘rsatilgan fikrlash turlarini shakllantirishni boshqarish maqsadida foydalanish uchun eng qiziqarli bo‘lgan uchta usulini ko‘rsatamiz. bular dasturlashtirilgan o‘qitish, muammoli o‘qitish va interaktiv (kommunikativ) o‘qitish usullaridir.

bu usullar ishlab chiqilishi va tarqalishi tarixiga to‘xtalib o‘tirmay, ularning har biri an’anaviy o‘qitish usullarining cheklanmaganligini va yangi «faol» usullar bilan yaratiladigan to‘siqlarni yengib o‘tishga urinish sifatida paydo bo‘lganligini ta’kidlash mumkin. masalan, dasturlashgan o‘qitish metodlari an’anaviy o‘qitishning maqsad, vazifalarni yechish usullarini, rag‘batlantirish shaklini va darsni bilishini nazorat qilishni aniqlash va operatsiyalashtirishni hisobiga qayta tashkil etishni ko‘zda tutgan. muammoli o‘qitish usuli o‘qitish jarayonining dasturlashtirish metodlari yo‘nalishida haddan tashqari rasmiylashtirishga ma’lum miqdorda javob bergan. bu metodlar, dasturlashtirish aspektiga emas, balki o‘quvchi shaxsi tushib qolgan vaziyatga e’tibor beriladi. ularni tashkil etilishi va boshqarish markazida o‘quvchining muammoli vaziyatda ishtirok etishi hisobiga ular fikrlash faoliyati sababi va usullarini qidiradilar. interaktiv o‘qitish usullari bilimlarni inson o‘zaro munosabatlari va aloqalarini tashkil etish yordamida o‘zlashtirish jarayonini boshqarish usullariga murojaat etadi. shu bilan o‘qitishni boshqaruv markaziga o‘qitilayotgan odamning o‘zini, uning o‘quv jarayonining boshqa real ishtirokchilari bilan o‘zaro aloqalarini qamrab oladi. o‘qitish – bu ijtimoiy, jamoatchilik jarayoni bo‘lib, juda individual emasligini tan olgan holda qo‘yilishi dastlabki qadam bo‘ldi.


Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə