Qarshi davlat universiteti



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə21/44
tarix22.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#112134
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   44
Qarshi davlat

Ma’ruza-konsultatsiya turlicha ssenariyda o‘tkazilishi mumkin. Birinchi varianti «savol-javoblar» usulida amalga oshiriladi. Ma’ruzachi butun ma’ruza vaqti davomida bir bo‘lim yoki bir kurs bo‘yicha talabalarning savollariga javob qaytaradi.

Bunday ma’ruzalarning ikkinchi varianti «bahs-munozara» usulida o‘tkazilib bu uch xilda olib boriladi: ma’ruzachi yangi o‘quv ma’lumotlarini bayon etadi, savol qo‘yiladi, qo‘yilgan savolga javob izlashda tortishuvlar, muhokama tashkil etiladi.

Maktabda o‘quv jarayonini tashkil etish turlarining juda ko‘pligi va turli tumanligiga qaramay ularning har bir turi va ko‘rinishi ma’lum didaktik masalalar to‘plamini hal etadi va o‘z vazifasini bajaradi. Ularning turli-tumanligi amalda maktab va oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilarining ijodi va mahorati haqida xabar beradi, o‘z ishlari samaradorligidan mafaatdorliklarini bildiradi. Shunga ko‘ra o‘quv ma’ruzasi uning tuzilish komponentlari haqida ma’lumot berishi lozim.

Jumladan, o‘quv ma’ruzasi tuzilishi (V.Y.Lyaudis bo‘yicha)

Ma’ruza mavzusi, mavzusini tanlashni asoslash.

Mavzuning butun kurs tizimidagi o‘rni va ahamiyatini aniqlash (konspekt).


Mavzu bo‘yicha adabiyotlarni tanlab olish (o‘qituvchi uchun adabiyotlar, talabalarga tavsiya etiladigan adabiyotlar).
II. Ma’ruzani tashkil etish shakllari
Auditoriya (tinglovchilar tayyorgarligi xususiyatlari va darajasi).
Ma’ruzaning maqsadlari (butun fan mazmunini birlashtiruvchi) ma’ruzaning mazmuni, asosiy g‘oyalari.
Asosiy mazmunini amalga oshiruvchi ma’ruzaning vazifalari: a) vazifaning tarkibi va ketma-ketllik tartibi. b) vazifalarning xususiyatlari: informatsion-analitik, tizimlashtiruvchi, muammoli; v) ko‘rsatilgan vazifalarni hal etish uchun talabalarga zarur bo‘lgan vositalar; g) qo‘yilgan masalalarni hal etishda tinglovchilarda o‘qituvchi yuzaga keltiradigan emotsional holatlari va munosabatlari.
Ma’ruzani tashkil etish shakli: a) fikrni monologik bayon etish; b) evristik suhbat elementlari bilan monolog; v) evristik suhbat; g) audio-video namoyish etish vositalariga tayanilgan monolog; d) dialog-tortishuv (muhokama etilayotgan muammo bo‘yicha ikki qarama-qarshi nuqtai nazarni ifoda etuvchi ikki o‘qituvchining tortishuvi).
III. Ma’ruza mazmuni:
Ma’ruza mazmuni rejasi va konspekti.
Yaxlitligi, tizimliligi, ketma-ketligi, tushunarliligi, yaqqolliligi, isbotliligini ta’minlovchi o‘quv vositalari va didaktik uslublari (konspekt chetida ajratib ko‘rsatiladi).
IV. Ma’ruza davomida o‘qituvchining yaxlitlik obrazi.
Ma’ruza mazmunining har bir bo‘limi bo‘yicha masalalarni yechish jarayonida o‘qituvchining talabalar bilan hamkorlik qilish usullari (birgalikda masalalarni yechish, namunaga taqlid qilish, sheriklik).
Bayon etishning tipik shakli (leksika, grammatika, stilistika).
O‘qituvchining auditoriya bilan emotsional munosabati, noverbal munosabat vositalari (imo-ishora, mimika, patomimika, vokal mimika, intonatsiya, ovozi balandligi, sur’ati, tezligi, pauzasi).
Seminar mashg‘ulotlari tuzilishi.
Mashg‘ulot mavzusi.
Mavzu tanlashni asoslab berish.
Kurs dasturidagi o‘rnini aniqlash.
Mashg‘ulot maqsadi, vazifalari: ta’limiy, tarbiyaviy, metodik.
Adabiyotlarni o‘qib chiqish, hajmi, matnning murakkabligini hisobga olib adabiyotlarni tanlashni asoslab berish.
Seminarni tashkil etish shakli.
Auditoriya tayyorgarligi xarakteri bilan bog‘liq seminar o‘tkazish shaklini tanlashni asoslab berish:
A) savol-javobli;
B) reja asosida keng suhbat;
V) o‘zaro tanqidiy baholab axborot berish;
G) yozma referatlarni munozara elementi bilan muhokama qilish.
D) guruhli muhokama: yo‘naltirilgan, erkin o‘quv-rolli o‘yin.
Talabalarni adabiyotdagi mavzu, masalalar, obyektlar, mashg‘ulot xususiyati, muhokama ishtirokchilari rollarini taqsimlash, referatlar, hisobotlar, talabalar, mavzuni muhokama qilish shakli va xususiyatiga dastlab yo‘naltirish dasturi.
Mashg‘ulot borishini rejalashtirish va konspektlar tayyorlash.
Mashg‘ulot mazmuni dasturi: mavzuning asosiy bo‘limlari, uning vazifalari, ko‘rilayotgan muammoni hal etilishi davomida asosiy qarama-qarshiliklarni qayd etish.
Dastur bo‘limlari mazmunini konspektlashtirish. Ko‘rilayotgan nuqtai nazarlarni asosliligi va isbotlanganligi, qarama-qarshiliklarni aniqlashni ta’minlovchi didaktik uslublarni ko‘rsatish. Guruhli muhokama shaklini ko‘zda tutuvchi qoidalar va vazifalarni ko‘rsatish. Mashg‘ulotning turli bosqichlarida guruxlar aloqalari uslublari.
Seminar mashg‘ulotida muhokama etilgan mavzu bo‘yicha xulosalar,
Seminar mashg‘ulotini o‘tkazgandan keyin uning borishini o‘rganib chiqish.
Laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar psixologiya kursini o‘qitishning ajralmas qismi hisoblanadi. Ularda ma’ruzalarda olingan nazariy bilimlarini faollashtiradi, mustahkamlaydi va aniqlashtiradi
Laboratoriya mashg‘ulotlarida talabalar psixologik tadqiqotlarning oddiy usullari va ko‘nikmalarini o‘zlashtiradilar, ulardan keyinchalik maktabda kundalik ishlarida foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
Bu yerda ular o‘tkaziladigan tajribalarda tekshirilayotganlar sifatida ishtirok etadilar va ularni mustaqil o‘tkazishga o‘rganadilar. Tajribalarda ishtirok etish va turli test topshiriqlarini yechish talabalarda alohida qiziqish uyg‘otadi, chunki bu ularga o‘zlarini anglab yetishga, mavjud psixologik sifatlarini o‘rganishga, o‘zining rivojlanganlik darajasini aniqlashga imkon beradi.
Turli psixologik masalalarni yechishda ham talabalar o‘z bilimlarini amalda ko‘rsatishlari mumkin. Shunga o‘xshash masalalarni hal etib, talabalar yana bir bor bo‘lajak amaliy ishlari uchun psixologik bilimlarning zarurligiga ishonch hosil qiladilar. Amaliy mashg‘ulotlarda masalalardan foydalanish o‘qituvchiga ham o‘quv materialini o‘zlashtirib borishi va shu bilan bu jarayonni nazorat qilishni kuchaytirishga yordam beradi.
Amaliy mashg‘ulotlarda kompyuter texnikasidan foydalanish talabaning butun intellektual imkoniyatlarini maksimal darajada jamlaydi, faqatgina nazorat qilish va amalga oshirishni ta’minlaydi, bu talabani o‘ziga baho berishini shakllanishiga va uning shaxsini tarkib topishiga yordam beradi.
Laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ishlarning turli xillari mavjud. Ularning har biri aniq mashg‘ulotni tanlab olish, mashg‘ulot mavzusini va o‘qituvchining real imkoniyatiga, shu jumladan texnik imkoniyatlarga ham bog‘liq bo‘ladi. Umumiy talablar esa o‘qituvchining talabalarni tayyorlash xamda har bir mashg‘ulot oldidan tekshirish kiradi.
Tajriba ishlarini bajarish uchun talabalar ikkita daftarga ega bo‘lishlari kerak: ish davomida yozuvlarni qayd etib borish uchun va ishlari natijalarini yaxshilab ishlab chiqib, tartibga solib hisobot berish uchun kerak bo‘ladi. Hisobot daftarida bayonnoma rasmiylashtiriladi. U yoki bu usul bilan maktabda olingan ma’lumotlar asosida mashg‘ulotlarni maktab materiallarida o‘tkazsa yaxshi bo‘ladi. Bu psixologiya bo‘yicha o‘quvchi bilimlarini chuqurlashtiradi va aniqlashtirish imkonini beradi, yosh psixologiyasi masalalariga qiziqishini oshiradi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə