Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti "iqtisodiyot" fakulteti "buxgalteriya hisobi va audit" kafedrasi


-modda. Nobank kredit tashkilotlarining mustaqilligi



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/29
tarix19.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#151422
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29
pul va banklar fanidan uslubiy ko\'rsatma(1).docuyt

9-modda. Nobank kredit tashkilotlarining mustaqilligi 
Nobank kredit tashkilotlari o‘z faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan qarorlarni 
qabul qilishda mustaqildir. 


24 
Davlat organlariga va ularning mansabdor shaxslariga nobank kredit 
tashkilotlari faoliyatiga aralashish hamda ulardan turli xil to‘lovlar va badallar 
talab qilish taqiqlanadi, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno. 
10-modda. Nobank kredit tashkilotlarining uyushmalari va boshqa 
birlashmalari 
Nobank kredit tashkilotlari, agar ularni tashkil etish qonunchilik talablariga 
zid bo‘lmasa, o‘z umumiy manfaatlarini himoya qilish hamda birgalikdagi 
dasturlarni amalga oshirish maqsadida uyushmalar va boshqa birlashmalarni 
tashkil etishi mumkin. 
Nobank kredit tashkilotlari uyushmalari va boshqa birlashmalari vakolatli 
davlat organi tomonidan ular ro‘yxatga olinganidan yoki tugatish to‘g‘risidagi 
qaror qabul qilinganidan keyin Markaziy bankni bu haqda o‘n kunlik muddatda 
xabardor qiladi. 
11-modda. Mikromoliya tashkilotining faoliyatini to‘lov tashkilotlari 
tomonidan amalga oshirish 
Mikromoliya tashkiloti faoliyatini to‘lov tashkilotlari ham to‘lov tashkiloti 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi 
tashkilotlar reestriga kiritish vositasida Markaziy bankda hisob ro‘yxatidan 
(bundan buyon matnda hisob ro‘yxati deb yuritiladi) o‘tganidan keyin amalga 
oshirishga haqli. 
2-bob. Nobank kredit tashkilotlarini va ularning filiallarini tashkil etish 
12-modda. Nobank kredit tashkilotlarini tashkil etish 
Nobank kredit tashkilotlari qonunchilikda nazarda tutilgan har qanday 
tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etiladi, bundan ushbu moddaning 
ikkinchi 
qismida 
nazarda tutilgan hol mustasno. 
Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari aksiyadorlik jamiyati shaklida 
tashkil etiladi. 
Nobank kredit tashkilotlari qonunchilikka muvofiq davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazilishi lozim. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə