Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti "iqtisodiyot" fakulteti "buxgalteriya hisobi va audit" kafedrasi


-modda. Nobank kredit tashkilotining ustav fondi (ustav kapitali)



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/29
tarix19.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#151422
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29
pul va banklar fanidan uslubiy ko\'rsatma(1).docuyt

17-modda. Nobank kredit tashkilotining ustav fondi (ustav kapitali) 
Nobank kredit tashkilotining ustav fondi (ustav kapitali) O‘zbekiston 
Respublikasi milliy valyutasida shakllantiriladi va faqat nobank kredit 
tashkilotining muassislari (ishtirokchilari, aksiyadorlari) tomonidan kiritilgan pul 
mablag‘laridan tashkil topadi. 
18-modda. Nobank kredit tashkilotining filiallari 
Nobank kredit tashkilotining yuridik shaxs bo‘lmagan, o‘z faoliyatini 
nobank kredit tashkiloti nomidan uning vakolatli boshqaruv organi tomonidan 
tasdiqlangan nizom asosida amalga oshiradigan alohida bo‘linmasi nobank kredit 
tashkilotining filialidir. 
3-bob. Nobank kredit tashkilotlarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish, 
lombardning faoliyati boshlanganligi to‘g‘risidagi xabarnomani yuborish va 
nobank kredit tashkiloti haqidagi ma’lumotlarni reestrdan chiqarish 
19-modda. Nobank kredit tashkilotlari faoliyatini amalga oshirish 
shartlari 
Mikromoliya tashkilotining yoki ipotekani qayta moliyalashtirish 
tashkilotining faoliyati u haqidagi ma’lumotlarni tegishincha mikromoliya 
tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reestriga yoki ipotekani qayta 


26 
moliyalashtirish tashkilotlari reestriga kiritish vositasida hisob ro‘yxatidan 
o‘tkazilganidan keyin amalga oshiriladi. 
Lombard 
faoliyati 
lombard 
faoliyatini 
boshlaganlik 
to‘g‘risidagi 
xabarnoma qabul qilinganligi Markaziy bank tomonidan tasdiqlanganidan keyin 
amalga oshiriladi. Xabarnoma qabul qilinganligini tasdiqlash lombardni 
lombardlar reestriga kiritish vositasida amalga oshiriladi. 
20-modda. Hisob ro‘yxatidan o‘tish uchun taqdim etiladigan hujjatlar 
Mikromoliya tashkiloti yoki ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti 
(bundan buyon matnda ariza beruvchi deb yuritiladi) hisob ro‘yxatidan o‘tish 
uchun u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin uch oydan kechiktirmay 
Markaziy bankka elektron platforma orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etadi 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə