Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti "iqtisodiyot" fakulteti "buxgalteriya hisobi va audit" kafedrasi


-modda. Nobank kredit tashkilotining firma nomi



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/29
tarix19.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#151422
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29
pul va banklar fanidan uslubiy ko\'rsatma(1).docuyt

13-modda. Nobank kredit tashkilotining firma nomi 
Nobank kredit tashkilotining firma nomida uning tashkiliy-huquqiy 
shakliga ko‘rsatma, shuningdek tashkilotning turiga qarab «mikromoliya 
tashkiloti», «ipotekani qayta moliyalashtirish» yoki «lombard» degan so‘z yoki 
so‘z birikmasi, mikromoliya tashkilotining qisqartirilgan nomida esa (mavjud 
bo‘lganda) «MMT» degan qisqartma so‘z bo‘lishi kerak. 
14-modda. Nobank kredit tashkilotining muassislari va ishtirokchilari 
(aksiyadorlari) 


25 
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari bo‘lgan yuridik va 
jismoniy shaxslar nobank kredit tashkilotining muassislari va ishtirokchilari 
(aksiyadorlari) bo‘lishi mumkin. 
15-modda. Nobank kredit tashkiloti ishtirokchilari (aksiyadorlari) 
tarkibining o‘zgarishi 
Jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan tegishincha yaqin qarindoshlari 
hamda ularga aloqador shaxslar bilan birgalikda harakat qiluvchi jismoniy va 
yuridik shaxslar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari (bundan 
buyon matnda norezidentlar deb yuritiladi) bir yoki bir nechta bitim natijasida 
nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) o‘n foizni va 
undan ko‘proq foizni tashkil etadigan ulushini bevosita yoki bilvosita olguniga 
qadar Markaziy bankning dastlabki ruxsatnomasini olishi shart. 
16-modda. Nobank kredit tashkilotlarining rahbar xodimlariga doir 
talablar 
Nobank kredit tashkilotining kuzatuv kengashi (mavjud bo‘lganda) va ijro 
etuvchi organi a’zolari yoki yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organ vazifasini 
amalga oshiruvchi shaxsi, bosh buxgalteri yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy 
boshqaruv vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxsi, filiallarning 
rahbarlari, shuningdek Markaziy bank tomonidan belgilangan boshqa shaxslar 
(bundan buyon matnda rahbar xodim deb yuritiladi) ushbu moddaning 
ikkinchi 
qismiga 
muvofiq ishchanlik obro‘siga doir talablarga, shuningdek ushbu 
moddaning 
uchinchi qismida 
ko‘rsatilgan rahbar xodimlar malaka talablariga 
muvofiq bo‘lishi kerak. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə