Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti "iqtisodiyot" fakulteti "buxgalteriya hisobi va audit" kafedrasi



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/29
tarix19.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#151422
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29
pul va banklar fanidan uslubiy ko\'rsatma(1).docuyt

O‘zbekiston Respublikasi
 
Prezidenti 
Sh.MIRZIYOEV
 
Toshkent shahri, 
2020
 yil 12 may
 
NOBANK KREDIT TASHKILOTLARI VA MIKROMOLIYALASHTIRISH 
FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA 
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021 yil 28 dekabrda qabul qilingan 
Senat tomonidan 2022 yil 17 martda ma’qullangan 
1-bob. Umumiy qoidalar 
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi 
Ushbu Qonunning maqsadi nobank kredit tashkilotlari faoliyati va 
mikromoliyalashtirish faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan 
iborat. 
2-modda. Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish 
faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik 
Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risidagi 
qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. 
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston 
Respublikasining nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati 
to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan 
bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. 
3-modda. Nobank kredit tashkilotlari 
Banklar 
tomonidan 
amalga 
oshiriladigan 
ayrim 
moliyaviy 
operatsiyalarning ushbu Qonunda ruxsat etilgan majmuini amalga oshiruvchi 
quyidagi kredit tashkilotlari nobank kredit tashkilotidir: 
mikromoliya tashkiloti — mikromoliyalashtirish faoliyatini amalga 
oshiruvchi, shuningdek ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa xizmatlarni 
ko‘rsatuvchi yuridik shaxs; 
lombard — shaxsiy iste’molga mo‘ljallangan ko‘char mol-mulkning 
(ashyoning) zakalat tarzidagi garovi asosida jismoniy shaxslarga qisqa muddatli 
mikroqarzlar berishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs; 
ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti — moliyaviy mablag‘larni jalb 
qilish va ularni ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishga yo‘naltirish bo‘yicha 
faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə