Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti "iqtisodiyot" fakulteti "buxgalteriya hisobi va audit" kafedrasi


-modda. Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar tomonidan



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/29
tarix19.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#151422
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
pul va banklar fanidan uslubiy ko\'rsatma(1).docuyt

34-modda. Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar tomonidan 
axborotni oshkor qilish 
Kredit (mikroqarz) berish shartlari, uning miqdori, muddatlari, uni to‘lash 
va uning to‘liq qiymatini hisob-kitob qilish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar 
barchaning tanishib chiqishi uchun ochiq bo‘lishi hamda rasmiy veb-saytga 
(mavjud bo‘lganda) joylashtirilishi kerak. Ochiq axborot ko‘rsatilayotgan 
xizmatlar shartlaridan va ularga oid ma’lumotlardan farq qilmasligi kerak. 
35-modda. Kredit (mikroqarz) berish to‘g‘risidagi shartnoma shartlari 
Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar kredit (mikroqarz) berish 
to‘g‘risidagi shartnomalar (bundan buyon matnda shartnoma deb yuritiladi) 
asosida kreditlar (mikroqarzlar) beradi. 
36-modda. SHikoyatlarni ko‘rib chiqish 
Mikromoliya 
tashkilotlari 
va 
lombardlar 
o‘z iste’molchilarining 
(mijozlarining) shikoyatlarini ko‘rib chiqish tartib-taomilini belgilovchi tartibga 
ega bo‘lishi shart. 


29 
Iste’molchilarning (mijozlarning) shikoyatlari og‘zaki, yozma yoxud 
elektron shaklda bo‘lishi mumkin va ular mikromoliya tashkilotiga yoki lombardga 
kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh kundan oshmagan muddatda, qo‘shimcha 
o‘rganish, tekshirish va (yoki) qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda 
esa bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqilib, javob yozma shaklda berilishi 
kerak. 
Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar iste’molchilarning (mijozlarning) 
shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqini cheklashga haqli emas. SHikoyatlarni 
qabul qilishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
37-modda. Axborotning maxfiyligi 
Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar o‘z qarz oluvchilari va 
kreditorlarining moliyaviy operatsiyalariga doir axborotning maxfiyligini 
kafolatlaydi. Mikromoliya tashkilotlari va lombardlarning boshqaruv organlari 
a’zolari, shuningdek xodimlari nobank kredit tashkilotining, uning qarz 
oluvchilarining operatsiyalariga, shuningdek kreditorlar bilan operatsiyalarga doir 
sirni saqlashi shart. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə