Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə19/92
tarix16.04.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#105855
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   92
Diyot instituti o’zbekistonning eng yangi tarixi теxnik yo’nalis

Tayanch tushunchalar: Iqtisodiy islohotlar, barqaror o‘sish, nodavlat sektor, mulkdorlar sinfi, davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, Kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, Bank-moliya tizimining takomillashtirilishi, Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi.
1. Iqtisodiy islohotlar tarkibida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish yetakchi o`rinda turadi. Shu sababli ham mustaqillikning birinchi yilidayoq ya’ni 1991 yil 18 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan edi. Unga ko‘ra xususiylashtirish va mulkchilik shakllarini o‘zgartirish maxsus dasturlar asosida amalga oshirilishi belgilandi. Dasturga asosan dastlabki bosqichda xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, sanoat, xizmat ko‘rsatish korxonalarini hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tayyorlash tizimini ichiga oldi. Bu “kichik xususiylashtirish” deb nom oldi.
Bu jarayon 1994 yilda yakunlandi. Natijada 1992-1994 yilllarda 54 mingga yaqin korxona va obyekt davlatlar tasarrufidan chiqarildi. 1994 yilda mamlakat yalpi ijtimoiy mahsulotining deyarli yarmi iqtisodiyotning davlatga qarashli bo‘lmagan sektorida ishlab chiqarildi, bu sektorda o`sha yili 4 millionga yaqin kishi ish bilan band bo‘lgan. Bir million kvartira yoki davlat uy-joy fondining 95 foizdan ortiqrog‘i, har uch kvartiraning bittasi egalariga imtiyozli shartlar bilan yoki bepul berildi. Urush faxriylari, o‘qituvchilar, tibbiyot xodimlari, ilmiy xodimlar va ijodiy ziyolilar kvartiralarining bepul egalari bo‘lishdi.
Haqiqatdan ham istiqlolning uchinchi yili mustaqil taraqqiyot yo‘lini tutish, jamiyatni tubdan o‘zgartirishi, bir holatdan ikkinchi holatga keskin burib yuborish davri bo‘ldi. 1994 yil 21 yanvarda qabul qilgan “Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 1994 yil 16 martdagi “Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi tarixiy farmonlari butun mamlakat taraqqiyotida muhim bosqich bo`ldi. Bu hujjatlar dunyo jamoatchiligi diqqatini ham o‘ziga tortdi.
Ana shu farmon asosida mamlakat xalq xo‘jaligini isloh qilinishining yangi tadbirlari ishlab chiqildi va shu bois xususiylashtirishning o‘ziga xos mexanizmi yaratildi. Jumladan, 1992 yilda tashkil etilgan Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish davlat qo‘mitasi 1994 yilda Davlat mulkini boshqarish tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasiga aylantirildi, uning raisi mamlakat bosh vazirining o‘inbosari etib tayinlandi.
1994 yildagi xususiylashtirish jarayoni yana ham yangi pog‘onaga ko‘tarildi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga doir 20 dan ortiq davlat dasturi e’lon qilindi. Bu dasturlarga asosan xalq xo‘jaligidagi barcha soha tarmoqlarini ommaviy xususiylashtirish uchun imkon yaratildi. Bu boradagi cheklashlar olib tashlandi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1994 yil 29 martda tasdiqlangan Davlat dasturiga muvofiq shu yilning o‘zida 5127 obyekt xususiylashtirildi.
1995 yil xalq xo‘jaligida ommaviy xususiylashtirish yili bo‘ldi. Yirik korxonalar ham davlat ixtiyoridan chiqarila boshladi. Shu yili mashinasozlik kompleksiga qarashli 89 ta korxona, 81 ta yoqilg‘i energetika, 55 ta qurilish industriyasiga qarashli, 114 ta transport, 68 ta uy-joy, kommunal xo‘jaligi, 229 ta qayta ishlash korxonasi va 291 ta qurilish bilan bog‘liq obyektlar xususiylashtirildi. Iqtisodiyotning davlat sektori negizida mingdan ortiq ochiq turdagi hissadorlik jamiyatlari, 6000 xususiy va oilaviy korxonalar vujudga keldi.
1998 yil 1 aprelga kelib aksariyat korxonalar xususiylashtirildi. Agar 1993 yilda jami korxonalarning 33,4 foizdan ortig‘i davlatga tegishli bo‘lmagan korxona bo‘lsa, 1994 yilda bu ko‘rsatkich 57,7 foizga, 1998 yilda esa 88,2 foizga yetdi.
Davlat mulkini xususiylashtirish natijasida mamlakatimizda ko‘p ukladli iqtisodiyot va o‘rta mulkdorlar sinfi vujudga keldi. 1997 yil boshida xususiy va kichik korxonalar soni 100 mingdan oshib ketdi.
Tarkibiy islohotlar mamlakatimiz aholisining farovonligi, eng avvalo, uning oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish masalasiga qaratildi. Statistika ma’lumotlarga ko‘ra, 1990 yili O‘zbekistonga 454,8 ming tonna un, 183,9 ming tonna kartoshka, 1401 ming tonna sut mahsulotlari va shu kabilarni qo‘shni respublikalardan olib kelishga majbur bo‘lingan. Bunday holat sobiq tuzum davrida yuritilgan biryoqlama iqtisodiy siyosatning natijasi edi. Buning evaziga O‘zbekistondan, asosan, paxta xom ashyosini yetkazib berish talab qilinardi. Biroq bunday siyosat mamlakatimiz iqtisodiy xavfsizligi, uning mustaqilligiga juda katta tahdid solar edi.
O‘tgan tarixiy davrga razm soladigan bo‘lsak, yakkahokimlik tizimi va uning samarasi xo‘jalik mexanizmi oqibatida respublika xalq xo‘jaligi izdan chiqqan tuzilishga, ishlab chiqarishning past texnikaviy darajasiga ega bo‘lgani tufayli 1990 yilda respublikalararo savdo aylanmasida salbiy saldo 3,7 milliard rublni yoki yalpi milliy mahsulotning 11 foizga yaqinini tashkil qilgan edi. Bunday hol aholi turmush darajasining pasayishiga olib kelgan edi. 1990 yilda respublika aholisining 70 foizining jami daromadi tirikchilik o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan eng quyi darajadan ham past edi.
Yuqorida qayd etib o‘tilgan qaltis vaziyatni bartaraf etish maqsadida mamlakatimiz rahbari tomonidan aholini eng avvalo oziq-ovqat, xususan, un mahsulotlari bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi. Qishloq xo‘jaligida paxta yakkahokimligiga barham berilib, ekin maydonlarining katta qismi don mahsulotlariga ajratildi. Agar mustaqillikka erishilgan yillarda paxta maydonlari respublika umumiy ekin maydonlarining 75 foizdan ko‘proq qismini tashkil etgan bo‘lsa keyingi davrda paxta yakkahokimligini tugatish va qishloq xo‘jalik ekinlari tarkibini optimallashtirish chora-tadbirlari olib borilishi natijasida paxta maydonlari deyarli 41 foizga qadar qisqartirildi.
Natijada ozuqabop g‘alla importiga qaramlik barham topib, tez orada yurtimizda g‘alla mustaqilligi qaror topdi. Agar 1991 yilda 4003 ming tonna miqdordagi don mahsulotini import qilishga majbur bo‘lgan bo‘lsak, mustaqillikning dastlabki olti yili ichida bu ehtiyojni keskin ravishda 5,4 barobar qisqartirishga, keyinchalik esa milliy ishlab chiqarish hisobidan qondirishga erishildi. G‘alla ishlab chiqarish hajmi 1990 yildagi 1899 ming tonnadan 2010 yilda 6952 ming tonnaga yetdi, ya’ni deyarli 3,7 barobar o‘sdi (1-rasm).





Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə