Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


-расм. Ўзбекистонда ғалла етиштириш ҳажмининг ўсиб бориши, минг тонна



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə20/92
tarix16.04.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#105855
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   92
Diyot instituti o’zbekistonning eng yangi tarixi теxnik yo’nalis

1-расм. Ўзбекистонда ғалла етиштириш ҳажмининг ўсиб бориши, минг тонна.


Dehqon va fermerlarimizning mardonavor mehnati, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish hisobidan 2014 yil 3 million 400 ming tonnadan ziyod paxta, mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi tarixida birinchi marta 8 million 50 ming tonnalik yuksak g‘alla xirmoni bunyod etildi.


Amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar natijasida 2000-2010 yillar davomida deyarli barcha turdagi qishloq ho‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini sezilarli darajada oshirishga erishildi. Jumladan, shu davrda don ishlab chiqarish hajmi 3929,4 ming tonnadan 7747,1 ming tonnaga yoki 197,1 foizga, sabzavotlar 235,1 foizga, poliz mahsulotlari 451,1 ming tonnadan 1246,8 ming tonnaga yoki 276,4 foizga, meva 790,9 ming tonnadan 1696,4 ming tonnaga yoki 214,5 foizga, chorvachilik mahsulotlaridan go‘sht ishlab chiqarish 501,8 ming tonnadan 1461,4 tonnaga, sut 3632,5 ming tonnadan 6169,0 ming tonnaga yoki 169,8 foizga va tuxum 1254,4 million donadan 3058,8 million donaga yoki 243,8 foizga oshdi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarning amalga oshirilganligi natijasida respublikaning yoqilg‘i-energetika resurslariga bo‘lgan ehtiyoji o‘zi hisobidan to‘la ta’minlandi. Agar 1990 yilda mamlakatimizda 2810 ming tonna neft va gaz kondensati ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2010 yilda bu ko‘rsatkich 3700 ming tonnani tashkil etdi. Tabiiy gaz ishlab chiqarish hajmi ham tez sur’atlarda o‘sib, 1990 yildagi 40761 million kub metrdan 2010 yilda 60111,5 million kub metr hajmiga yetdi.
Erishilgan bunday ijobiy natijalar muqarrar ravishda mazkur mahsulotlarni chetga eksport qilish hamda tushgan valyuta mablag‘lariga xalqimiz ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarni olib kelish imkonini berdi.
Istiqlol davrida iqtisodiyotda yangi tarmoqlar - avtomobilsozlik, sellyuloza-qog‘oz, qand-shakar, farmatsevtika va boshqa tarmoqlar vujudga keldi. Respublika sanoatida yuksak texnologiyaga asoslangan va istiqbolli tarmoqlarning, ya’ni mashinasozlik, yoqilg‘i-energetika, kimyo va yengil sanoat kabi tarmoqlarning hissasi ortib bordi. O‘zbekiston iqtisodiyotining tarmoq tuzilishini o‘zgartirishda yangi neft konlari - Mingbuloq va Ko‘kdumaloq konlarining ishga tushirilishi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodining qurilishi, Yangi Angren va Tollimarjon GRESlari qurilishining jadallashtirilishi, metall ishlab chiqarilishining ko‘paytirilishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Respublikamiz uchun tamomila yangi bo‘lgan avtomobilsozlik sanoatining tashkil etilishi bilan O‘zbekiston Avtotransport ishlab chiqaruvchilar xalqaro tashkilotining 33-to‘laqonli a’zosi sifatida qabul qilindi.
Mustaqillik yillarida respublika yalpi ichki mahsuloti tarkibida sezilarli ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Jumladan, 2010 yilda 2000 yilga nisbatan yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoatning ulushi 1,7 marta oshgan bo‘lsa, qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining ulushi 1,8 marta, transport va aloqa tarmoqlarining ulushi 1,5 marta, xizmatlar sohasining ulushi esa 1,3 marta oshdi. Natijada yalpi ichki mahsulotning 24 foizi sanoat, 17,5 foizi qishloq xo‘jaligi, 7 foizi qurilish, 7,7 foizi transport, 12,4 foizi aloqa sohalari hissasiga, xizmatlar bo‘yicha esa bu raqam 37 foizdan 49 foizga to‘g‘ri keldi.
O‘zbekistonda mustaqillik yillarida olib borilgan iqtisodiy islohotlar, ayniqsa, tarkibiy o‘zgarishlar tez orada amaliy natijalarini berdi. Jumladan, milliy xo‘jalik iqtisodiy jihatdan mustahkamlanib, ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan meros bo‘lib qolgan bir tomonlamalik va inqiroz holatiga barham berildi. Iqtisodiyotning barqaror o‘sishi ta’minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlandi, iqtisodiyot va uning ayrim sohalaridagi mutanosiblik kuchaydi. Bozor mexanizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va uning infratuzilmalari shakllantirilib, rivojlantirildi.
O‘zbekistonda barqaror o‘sish sur’atlarining ta’minlanishi biz tanlagan islohotlar modelining to‘g‘ri ekani va xalqimizning manfaatlariga to‘liq javob berayotganini keyingi yillarda iqtisodiyotimizning barqaror sur’atlar bilan o‘sib, yangi marralarga ko‘tarilib borayotgani misolida ko‘rish mumkin. O‘zbekistonda 1996 yildan boshlab iqtisodiy o‘sish ta’minlanib, uning sur’atlari 2001-2003 yillarda o‘rtacha 4 foizdan, 2004-2006 yillarda 7 foizdan, 2007 yildan buyon o‘rtacha 8-9 foizdan yuqori bo‘lib kelmoqda.
Mamlakatimiz ijtimoiy hayoti, shu jumladan, iqtisodiyot sohasida erkinlashtirish, ya’ni xo‘jalik yurituvchi subyektlarning erkinligi va iqtisodiy mustaqilligini, iqtisodiy faoliyatning bozorga xos mexanizmlarining samarali amal qilishini ta’minlashga qaratilgan jarayonlarning keng amalga oshirilganligi taraqqiyot va o‘zgarishlarga yangi kuch baxsh etdi. Davlatning nazoratchilik va boshqaruvchilik vazifalari qisqartirilib, uning korxonalar xo‘jalik faoliyatiga, birinchi galda, xususiy biznes faoliyatiga aralashuvi cheklandi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini rag‘batlantirish, ularga qulay iqtisodiy sharoit yaratish maqsadida soliq yuki sezilarli darajada pasaytirildi. Agar iqtisodiyotdagi soliq yuki 2000 yilda YAIMga nisbatan 37,1 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2010 yilga kelib u 22 foizni tashkil etdi.
Davlatning ko‘plab boshqaruv funksiyalarining mahalliy va o‘zini-o‘zi boshqaruv organlariga o‘tkazilishi, soliq yukining pasaytirilishi natijasida budjetga tushumlarning ko‘payishi, davlat budjeti xarajatlarini optimallashtirish natijasida respublikamizda uzoq yillardan beri amal qilib kelayotgan byudjet taqchilligining oldi olindi, 2005 yilda YAIMga nisbatan 0,1 foiz, 2006 yilda 0,5 foiz, 2007 yilda 1,1 foiz, 2008 yilda 1,5 foiz, 2009 yilda 0,2 foiz, 2010 yilda 0,3 foiz miqdoridagi profitsit ta’minlandi.
Iqtisodiy islohotlar orqali eng avvalo, iqtisodiy manfaatlarni ro’yobga chiqarishning muhim vositasi hisoblangan mulkchilik munosabatlarini mazmunan o‘zgartirishga harakat qilindi. Rejali iqtisodiyot sharoitida, asosan, davlat mulki monopoliyasining hukmronligi va bu munosabatlarga o‘ta rasmiyatchilik bilan yondashuv mulkchilik munosabatlarining samaradorligini deyarli yo‘qqa chiqargan edi. Shunga ko‘ra mamlakatimizda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarning asosiy yo‘nalishi ko‘p ukladli iqtisodiyotni yaratish, o‘rta mulkdorlar sinfini shakllantirish muammolar qaratildi.
Iqtisodiyot nodavlat sektorining shakllanishida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarining ta’siri muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu boradagi islohotlarning aniq maqsadga yo‘naltirilgani, har tomonlama asoslangani va izchilligini ta’minlash maqsadida hukumat darajasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi ishlab chiqilib, iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarida bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Jumladan, 1991-2000 yillarda 83,5 mingdan ortiq davlat mulki obyektlari xususiylashtirilgan bo‘lsa, 2001-2009 yillar mobaynida 8919 ta davlat tasarrufidagi korxona va obyektlar xususiylashtirilib, ulardan tushgan pul mablag‘lari hajmi 630 milliard so‘mni tashkil etdi. Birgina 2010 yilning o‘zida 96 ta korxona va obyektlar xususiylashtirilgan bo‘lsa, xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishdan tushgan pul mablag‘lari 23 milliard so‘mni tashkil etdi. Mazkur mablag‘larning barchasi korxonalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni texnik jihatdan qayta qurollantirish va modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish infratuzilmasini takomillashtirish kabi tadbirlarga yo‘naltirildi. Bugungi kunda ro‘yxatga olingan korxonalarning umumiy sonida nodavlat mulk shaklidagi korxonalarining ulushi 92,7 foizga yetdi. Bunday korxonalarning 54,3 foizini fermer va dehqon xo‘jaliklari, 20,8 foizini xususiy korxonalar, 0,9 foizini xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar, 0,3 foizini aksiyadorlik jamiyatlari, 16,4 foizini boshqa turdagi korxonalar tashkil etdi.
Mamlakatimizda haqiqiy mulkdorlar sinfining qaror topishi jadal sur’atlarda amalga oshib, tez orada ijobiy natijalar berdi. O‘zbekistonda iqtisodiyotning nodavlat sektori katta salmoqqa ega bo‘lib bordi. Agar 1990 yilda respublika YAIM umumiy hajmining atigi 38,1 foizi iqtisodiyotning nodavlat sektorida ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2010 yilga kelib, bu ko‘rsatkich 81,7 foizni tashkil etdi. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqarish hajmi va chakana savdo aylanmasi eng yuqori salmoq - 99,9 foizga yetdi.
Ma’lumki, kichik biznesning ixchamligi, harakatchanligi, iqtisodiy manfaatlarni nisbatan to‘laroq namoyon etib, bozor konyunkturasi o‘zgarishlariga tez moslasha olishi kabi xususiyatlari uning iqtisodiyotni tubdan o‘zgartirishda eng samarali va qulay vositalardan biriga aylantirdi. Mazkur soha taraqqiyoti uchun alohida shart-sharoitlarning yaratilishi, soliq, bojxona va boshqa to‘lov imtiyozlarining belgilanishi, nisbatan arzon kredit resurslarining taqdim etilishi natijasida qisqa davr ichida kichik biznes korxonalarining soni sezilarli darajada oshib bordi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 1992 yilda ro‘yxatga olingan kichik biznes korxonalarining soni atigi 16,5 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, 2011 yilning 1 yanvariga kelib, bu ko‘rsatkich (fermer xo‘jaliklaridan tashqari) 224,2 mingtaga yetdi, ya’ni deyarli 14 barobar o‘sdi. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida kichik biznes subyektlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2010 yilda 52,5 foizga yetdi. Holbuki, bu ko‘rsatkich mustaqillikning dastlabki yillarida 1,5 foizni, 2000 yilda esa 31 foizni tashkil etgan edi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning aholi bandligi darajasini oshirishdagi roli ham muhim hisoblanadi. Darhaqiqat, tadbirkor o‘z mablag‘larini ishlab chiqarish sohasiga kiritar ekan, ayni paytda daromadlarini oshirish bilan birga jamiyat boshqa a’zolarining ham ish hamda daromad bilan ta’minlanishi uchun moddiy poydevor yaratadi. Mamlakatimizda bu boradagi faoliyat ham kengayib bormoqda. 2000-2010 yillar davomida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida band bo‘lganlar soni 3,3 marta oshdi. 2011 yilning 1 yanvariga kelib kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda band bo‘lganlar soni 8639,3 ming kishini, shu jumladan, yakka tadbirkorlar 6666,5 ming kishini, kichik korxona va mikrofirmalarda band bo‘lganlar soni 1972,8 ming kishini tashkil etdi. Ushbu soha vakillari tomonidan 2002 yilda 369,3 mingta, 2005 yilda 434,2 mingta, 2006 yilda 290 mingta, 2009 yilda 390 mingta, 2010 yilda 480 mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratildi. Umuman olganda, bugungi kunda respublikamizda yangi yaratilayotgan ish o‘rinlarining o‘rta hisobda 65 foizi aynan kichik biznes hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. 2000 yilda har 1000 aholiga 6 ta faoliyat yuritayotgan subyektlar soni to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, mazkur ko‘rsatkich 2010 yilga kelib 15,1 tani tashkil etgan.
Qishloq xo‘jaligidagi islohotlar. Qishloq xo‘jaligidagi islohotlar yerning haqiqiy egasi, omilkor va tadbirkor mulkdorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, bu, asosan, fermerchilikni jadal rivojlantirish orqali amalga oshirildi. Bunda zarar ko‘rib ishlovchi va istiqbolsiz shirkat xo‘jaliklarini qayta tuzish asosida fermer va dehqon xo‘jaliklariga aylantirish o‘z samarasini berdi. Islohotlar davrida fermer xo‘jaliklari sonining o‘rtacha yillik o‘sishi 173,6 foizni tashkil etdi. Agar islohotlarning dastlabki pallasi - 1993 yilda faoliyat ko‘rsatayotgan dehqon va fermer xo‘jaliklarining soni 7630 birlikdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, 2010 yilga kelib 66134 taga yetdi.
Qulay investitsiya muhitining yaratilishi. Mamlakatimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil amalga oshirishda qulay investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo‘lib kelmoqda. Investitsiya jarayonlarini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida yildan-yilga investitsiya hajmi sezilarli darajada ortib bormoqda. Buni birgina yilda kiritilgan jami investitsiyalar hajmidan ham bilib olish mumkin. Raqamlarga nazar soladigan bo‘lsak, o‘tgan 2010 yilda 9 milliard 700 million AQSH dollariga teng bo‘lgan investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2009 yilga nisbatan 13,6 foizga ko‘pdir. Ushbu investitsiyalarning salkam 72 foizi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etishga, jumladan, 38 foizga yaqini asbob-uskuna va ilg‘or texnologiyalar sotib olishga yo‘naltirildi. Shu boradagi umumiy qo‘yilmalar hajmida xorijiy investitsiyalar kreditlar ulushi 28,8 foizni, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar miqdori 2 milliard 400 million dollardan ziyodni tashkil etdi.
Moliyalashtirish manbalari tarkibiga to‘xtaladigan bo‘lsak, 2010 yilda, umumiy investitsiyalar hajmida davlat budjeti mablag‘lari 7,4 foiz, chet el investitsiyalari 28,8 foiz, korxonalar va aholi mablag‘lari 47,3 foizni tashkil etgan.
Bank-moliya tizimining takomillashtirilishi. Bank tizimini takomillashtirish borasida olib borilgan islohotlar natijasida jahonda moliyaviy inqiroz ko‘lami kengayotganiga qaramay, O‘zbekiston bank tizimi ishonchliligi va barqaror rivojlanayotgani, xorijiy moliyalashtirish manbalariga qaramligi yo‘qligi va tashqi inqiroz holatlarining salbiy ta’siriga berilmaslik xususiyatlari bilan ajralib turdi.
Mustaqillikning daslabki yillarida respublikamiz bank tizimining umumiy joriy likvidligi 1,5 milliard dollardan ortiq bo‘lib, bu tashqi nodavlat qarzlar bo‘yicha to‘lanishi kerak bo‘lgan to‘lovlar hajmidan 10 barobar ko‘pdir. Bu esa bizda likvidlik, ya’ni to‘lovlarga qodirlik darajasi bo‘yicha muammo yo‘q, deb aytish uchun asos beradi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish. Mamlakatimizda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish orqali ham namoyon bo‘ladi. Aytish mumkinki, mustaqil respublikamizning tashqi iqtisodiy faoliyati yangicha mazmun va yo‘nalishlarda deyarli qaytadan tashkil etildi. Ma’lumotlarga ko‘ra O‘zbekistonda xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni 1991 yil 1 yanvar holatiga atigi 30 tani tashkil etar edi. 2009 yilning boshiga kelib bunday korxonalar soni 4,3 mingtadan oshib ketdi, ya’ni 145 barobardan ziyod o‘sdi. Agar tashqi savdo aylanmasi 1995 yilda 6,6 million AQSH dollari hajmini tashkil etgan bo‘lsa, 2010 yilda bu ko‘rsatkich 3,3 barobar o‘sib, 21 milliard AQSH dollari hajmiga yetdi.
Mamlakatimizda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlari va makroiqtisodiy barqarorlikniig taminlanishi. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, iqtisodiyotni barqarorlashtirish - bozorni shakllantirish yo‘lidagi qonuniy va mantiqiy jarayon. U, eng avvalo, inqiroz va tanglik hodisalariga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan. Barqarorlashtirish dasturini ishlab chiqishda tanglik hodisalarining oldini olish, iqtisodiyotning real o‘sish sur’atlarini ifoda etadigan mezon bo‘lib xizmat qiladigan ko‘rsatkichlarni yaxshilash, shu bilan birga, inqirozga olib kelishi mumkin bo‘lgan ichki sabablarni chuqur o‘rganish, nomutanosibliklarga o‘z vaqtida e’tibor qaratish, zarur chora-tadbirlarini faol amalga oshirish g‘oyat muhim.
O‘zbekiston mustaqilligi uning iqtisodiy taraqqiyotida yangi davr - iqtisodiy yangilanish va barqaror o‘sish davrini boshlab berdi. Yuqorida zikr etganimizdek, O‘zbekiston o‘z milliy boyligining egasiga aylandi, iqtisodiy taraqqiyotda o‘z yo‘lini tanlab oldi, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib, milliy manfaatlarimizga mos ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilmasini shakllantirdi va nihoyat, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mustaqil va teng huquqli ishtirokchisiga aylandi. Mustaqillik yillari davomida iqtisodiyotni yangilash uning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmasini o‘zgartirishdan iborat bo‘ldi. Iqtisodiyotni isloh etish natijasida davlat mulki qat’iy chegaralandi, nodavlat mulk shakllari va eng avvalo, xususiy mulk yuzaga keldi, uning rivojlanishiga ustuvor ahamiyat berildi.
O‘tish davrida davlatimiz o‘z iqtisodiy siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish chog‘ida katta istiqbolga ega bo‘lgan tarmoqlar va ishlab chiqarish sohalarini har tomonlama rag‘batlantirishga, ya’ni eng muhim yo‘nalishlarning aniqlanishi (neft mustaqilligi, g‘alla mustaqilligi, paxtani qayta ishlash sanoati va hokazo) va shu orqali iqtisodiyotni tarkiban qayta tashkil qilish bo‘yicha izchil siyosat o‘tkazishga e’tibor qaratdi.
Mustaqillikka erishgandan so‘ng yosh respublikamiz oldida juda ko‘p muammolar qatorida aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash masalasi ham ko‘ndalang turar edi. Yuqorida bayon etganimizdek, eng katta muammo shunda ediki, sobiq Ittifoqning paxta bazasiga aylanib qolgan O‘zbekistonga shu choqqacha ko‘plab turdagi oziq-ovqat mahsulotlari boshqa joylardan olib kelinardi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining asosiy turlarini o‘zimizda yetishtirish va bu mahsulotlar bo‘yicha boshqa mamlakatlarga qaram bo‘lib qolmaslik nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy mustaqillikni ham ta’minlovchi muhim omillardan biri edi.
Bu borada iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etish va ulardan samarali foydalanish eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy omil bo‘ldi. Hech kimga sir emaski, investitsiyalar iqtisodiyotning kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sur’ati va ko‘lamiga ta’sir etadi, ilmiy-texnik taraqqiyotni va aholining ko‘p qismining bandligini ta’minlaydi. Bunga sabab iqtisodiyotimizdagi institutsional o‘zgarishlar, ishlab chiqarish kuchlarining ratsional joylashtirilishi va rivojlanishi ko‘pincha investitsion faollikka bog‘liq yillardan boshlab, investitsiyaning eng muhim turi bo‘lgan chet el investitsiyalarini jalb qilishga katta e’tibor berildi.
Barchamizga ma’lumki, mustaqillikni qo‘lga kiritishimiz asosida eski mustabid tuzumning barham topishi, eng avvalo, mamlakatimiz hududi bo‘ylab, qolaversa, jahonning turli nuqtalari bilan tutashtiruvchi, qulay, samarali va eng muhimi, ishonchli avtomobil yo‘llar tizimining barpo etilishini taqozo etar edi. Shunga ko‘ra, hozirgi kunda yuqori darajadagi xalqaro standartlarga javob beradigan, mamlakatimizning barcha hududlarini o‘zaro ishonchli bog‘laydigan va mintaqaviy hamda jahon bozorlariga chiqish ta’minlaydigan O‘zbekiston milliy avtomagistralini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli dastur amalga oshirilmoqda. Buning natijasida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining uzunligi 42530 kilometrga yetdi.
Birinchi prezidentimizning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etish yo‘llari va choralari» nomli asarida mazkur dasturda belgilangan quyidagi kompleks chora-tadbirlar ko‘rsatib o‘tilgan edi:

  • korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish;

  • joriy konyunktura keskin yomonlashib borayotgan hozirgi sharoitda eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarning tashqi bozorlarda raqobatdosh bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha konkret chora-tadbirlarni amalga oshirish va eksportni rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha omillar yaratish;

  • qat’iy tejamkorlik tizimini joriy etish, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag‘batlantirish hisobidan korxonalarning raqobatdoshligini oshirish;

  • elektr energetikasi tizimini modernizatsiya qilish, energiya iste’molini kamaytirish va energiya tejashning samarali tizimini joriy etish choralarini amalga oshirish;

  • jahon bozorida talab pasayib borayotgan bir sharoitda, ichki bozorda talabni rag‘batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash.

Bozor munosabatlari sharoitida aholining ish bilan bandligini ta’minlash muhim masalalardan biri hisoblanadi. Chunki ishsizlik muammosining mavjudligi bozor iqtisodiyotining ajralmas xususiyatidir. Shunday ekan, ishsizlik muammosini o‘rganishdan asosiy maqsad - aholining ish bilan bandligini oshirish orqali mamlakatda ishlab chiqarishni kengaytirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga aloqador tadbirlar ishlab chiqishdan iborat.
Jahonda ro‘y berayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz ta’sirida dunyo bo‘yicha 5 million kishidan ortiq ishsizlar armiyasi vujudga kelgan bir sharoitda O‘zbekistonda minglab yangidan-yangi ish o‘rinlari tashkil etilmoqda. Buning yana bir ahamiyatli tomoni yangi ish o‘rinlarini yaratishning o‘ziga xos mexanizmlarining tarkib topgani va uning bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha izchil amal qilib kelayotganidir.
Mamlakatimizda aholini samarali muhofaza qilishga yo‘naltirilgan maqsadli chora-tadbirlar hamda yuqori iqtisodiy o‘sish va bandlik sur’atlari aholi farovonligini oshirishni ta’minlamoqda.
Aholi real daromadlarining oshishida asosiy omil bo‘lib makroiqtisodiy sharoitning qulayligi, iqtisodiy o‘sishning tez sur’atlarda oshishi, inflyatsiyaning sezilarli darajada pasaygani, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar va aholini aniq ijtimoiy himoya qilishning kuchaygani hisoblanadi.
So‘nggi yillarda ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdorini oshirish, jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq stavkalarini kamaytirish, inflyatsiya darajasini pasaytirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida aholining yalpi va real daromadlari sezilarli ravishda oshdi, uning xarid qobiliyati barqaror sur’atda o‘sib bormoqda. Aholining o‘sib borayotgan to‘lov qobiliyati bilan mamlakatimiz korxonalarida ishlab chiqarilayotgan iste’mol tovarlari hajmi o‘rtasida ichki bozorda mutanosiblikni ta’minlash, bunday mahsulotlar turini kengaytirish, bozorlarimizni ular bilan ishonchli tarzda to‘ldirib borish alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki aholining turmush farovonligi ko‘p jihatdan uning oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Mazkur masalani hal etishda ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish, dehqon va fermer xo‘jaliklari faoliyatidan yanada samarali foydalanish zarur bo‘ladi.
Ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish jarayoni aholi hayot faoliyati uchun sharoitlar yaratadi. Bu sharoitlar «turmush sifati» tushunchasi bilan tavsiflanadi. Turmush sifati ko‘plab omillar ta’sirida shakllanadi.
Aholi turmush darajasini yaxshilash va ularga qulayliklar yaratish jarayonida xonadonlarni gazlashtirish va aholi uchun yetkazib beriladigan tabiiy gaz narxini belgilash masalasi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, mustaqillikka erishilgach, aholi uy-joylari va xonadonlarni gazlashtirishga katta e’tibor qaratildi. Ayniqsa, bu borada shahar va qishloqlarning gaz bilan ta’minlanish darajasi o‘rtasidagi tafovutni keskin qisqartirishga ahamiyat berildi.
Buning natijasida 2010 yil 1 yanvar holatiga respublikamizdagi xonadonlarning gaz bilan ta’minlanish darajasi shahar joylarda 85 foizni, qishloq joylarda esa 78,7 foizni tashkil etdi. Shu kunga qadar jami gazlashtirilgan xonadonlar soni 4270,6 mingtani tashkil etib, shundan 2419,8 mingta xonadon shaharda, 1850,8 mingta xonadon qishloqda joylashgan.
Tijorat banklari kreditlari va ularni ko‘paytirish. Mamlakatimiz bank tizimida kreditlash shakllaridan keng foydalanish mijozlarning kreditlarga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laroq qondirishga, banklarning kredit operatsiyalari ko‘lami kengaytirishga, kredit riskini ma’lum darajada minimallashtirishga va nihoyat, banklarning kredit operatsiyalaridan oladigan daromadlari oshishiga olib keldi.
Iqtisodiyot tarmoqlari ichida sanoat, qishloq va o‘rmon xo‘jaligida band bo‘lgan aholi ulushi kamaygan, qolgan tarmoqlarda esa ortgan. Shu o‘rinda aytish joizki, mamlakatimizda keng bunyodkorlik ishlarining jadal amalga oshirilgani natijasida qurilish tarmoqlarida mehnat qilayotganlar ulushi jadal sur’atlarda ko‘paymoqda. Bu holatni, ayniqsa, qishloq joylarda yaqqol ko’rish mumkin, chunki qurilish sohasida band bo‘lgan qishloq aholisi soni 1991 yilga nisbatan 2,4 martaga o‘sgan.
Respublikaning barcha hududlaridagi Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan band bo‘lmagan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmat ko‘rsatish sifati va turlarini kengaytirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2010 yilda Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) markazlari tomonidan ro‘yxatga olingan 658,2 ming kishidan 566,3 mingtasi (o‘tgan yilning shu davriga qaraganda 4,4 foizga o‘sish) ishga joylashtirildi. Ulardan 97,3 ming kishi kvotali ish o‘rinlariga ishga joylashtirildi. 50 ta kasb-hunar yo‘nalishi bo‘yicha 16,8 mingga yaqin ishsiz fuqaro kasbga qayta tayyorlandi (2009 yilning shu davriga qaraganda reja 83,1 foizga bajarilgan). Haq to‘lanadigan jamoat ishlariga 78,9 ming kishi jalb qilindi (216 foiz o‘sish).
Har bir yirik qishloq aholi punktida aholini ijtimoiy muhofaza qilish va ishga joylashtirish bo‘yicha statsionar punktlar tashkil qilingan va faoliyat ko‘rsatmoqda. Respublikada, qishloq aholisi uchun qulayligi hisobga olingan holda, jami 1372 ta shunday punkt tashkil qilindi. Har bir punktda o‘rtacha 10-12 ming nafar qishloq aholisi yoki 2-2,5 ming oilaga xizmat ko‘rsatilmoqda.



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə