Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə86/92
tarix16.04.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#105855
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   92
Diyot instituti o’zbekistonning eng yangi tarixi теxnik yo’nalis

XALQ FAROVONLIGI – milliy istiqlol mafkurasining asosiy g’oyalaridan biri. Xalq farovonligi har bir shaxs va oila farovonligi bilan bog’liqdir. Bunda insonning shaxsiy manfaatlari jamiyat manfaatlari bilan uyg’unlashib ketadi va har bir fuqaroning farovonligi butun jamiyat farovonligidir degan tamoyil amalga oshadi.
XUSUSIY KORXONA - mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi tashkiloti. Xususiy korxona tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shaklidir.
XUSUSIYLASHTIRISH – “jismoniy shaxslarning” va davlatga taalluqli bo’lmagan yuridik shaxslarning ommaviy mulk obyektlarini yoki davlat aksiyali jamiyatlarining aksiyalarini davlatdan sotib olishidir.
YALPI ICHKI MAHSULOT – mamlakatda bir yil davomida ishlab chiqarilgan jami pirovard tovar va xizmatlarning bozor qiymati.
YASSAVIYLIK – Islomdagi so’fiylikka xos oqim. XII asrda O’rta Osiyoda paydo bo’lgan va ko’chmanchi aholi o’rtasida ham keng yoyilgan. Asoschisi – Ahmad Yassaviy.
YOPIQ AKTSIYADORLIK JAMIYATI - aktsiyalari faqat o’z muassislari yoki oldindan belgilangan doiradagi shaxslar orasida taqsimlanadigan jamiyat.
YURT TINCHLIGI – milliy istiqlol mafkurasining asosiy g’oyalaridan biri, mamlakat barqaror taraqqiyotining asosiy sharti.
QORAQALPOG’ISTON RESPUBLIKASI JO’QORG’I KENGESI-Qoraqalpogʻiston Respublikasining oliy davlat hokimiyati organi, respublika parlamenti. 1995 yil 25 dekabrda tashkil etilgan. Bungacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashi deb atalgan. Respublika Joʻqorgʻi Kengesi hududiy saylov okruglaridan koʻppartiyalilik asosida 5 yil muddatga saylanaligan 86 deputatdan iborat. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining huquqiy maqomi Qoraqalpogʻiston Konstitutsiyasi (1993 yil 9 aprel) va "Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi toʻgʻrisida"gi qonunda belgilab berilgan. Qoraqatpogʻiston xalqi nomidan faqat u saylagan respublika Joʻqorgʻi Kengesi ish olib borishi mumkin. Jamiyatning biron-bir qismi, siyosiy partiya, jamoat birlashmasi, ijtimoiy harakat yoki alohida shaxs Qoraqalpogʻiston xalqi nomidan ish olib borishga haqli emas.
NUKUS SHAHRI -Qoraqalpog’iston Respublikasining poytaxti bo’lib, 1932 yil tashkil topgan. YYer maydoni 0,22 ming kv.km ni tashkil etadi va respublika hududining 0,13 foizini egallaydi. Aholi soni 2014 yil 1 yanvar holatiga 295,2 ming kishi, zichligi 1 kv.km ga 1341,8 kishini tashkil etadi. Nukus, Xo’jayli, Kegeyli tumanlari bilan chegaradosh.
AMUDARYO TUMANI-Amudaryo tumani Qoraqalpog’iston Respublikasining janubiy sharqida joylashgan bo’lib, 1957 yil 18 fevralda tashkil topgan. Yer maydoni 1,02 ming kv.km ni tashkil etadi va respublika hududining 0,61 foizini egallaydi. Aholi soni 2014 yil 1 yanvar holatiga 179,1 ming kishi, zichligi 1 kv.km ga 175,6 kishini tashkil etadi. Xo’jayli, Qorao’zak va Beruniy tumanlari bilan chegaradosh.
BERUNIY TUMANI-Beruniy tumani Qoraqalpog’iston Respublikasining janubiy sharqida joylashgan bo’lib, 1927 yil 03 iyulda tashkil topgan. Yer maydoni 3,95 ming kv.km ni tashkil etadi va respublika hududining 2,37 foizini egallaydi. Aholi soni 2014 yil 1 yanvar holatiga 170,3 ming kishi, zichligi 1 kv.km ga 43,1 kishini tashkil etadi. Amudaryo, Qorao’zak, Taxtako’pir, Ellikqal’a va To’rtko’l tumanlari bilan chegaradosh.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə