Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


MA’NAVIY-MA’RIFIY VA TARBIYAVIY ISHLAR



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə10/19
tarix31.12.2021
ölçüsü0,8 Mb.
#82131
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
2 5337151362461339877

MA’NAVIY-MA’RIFIY VA TARBIYAVIY ISHLAR

  1. Talabalar bilan ularning bo’sht vaqtlarida tarbiyaviy ishlar olib borish. O’quv yili davomida.

  2. Institut binosida navbatchilik qilish. 2019-2020 o’quv yili davomida.

О‘quv yili davomida jami 1540 soat yuklama rejalashtirilgan bо‘lib, amalda ham 1540 soat bajarilgan.
1.7. Magistratura tо‘g‘risidagi Nizom talablari bilan tanishish.

MAGISTRATURA TО‘G‘RISIDAGI NIZOM

О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2012 yil 29 oktabrdagi 418-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan.

Mazkur Nizom О‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim tо‘g‘risida»gi (О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 9-son, 225-modda) va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi tо‘g‘risida»gi (О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 11-12-son, 295-modda) qonunlariga, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi PF–4456-son «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan о‘tkazish tizimini yanada takomillash tirishtо‘g‘risida»gi Farmoniga (О‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari tо‘plami, 2012 y., 30-son, 346-modda), shuningdek О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi 343-son «Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash tо‘g‘risida»gi (О‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari tо‘plami, 2001 y., 15-16-son, 104-modda) va 2007 yil 10 sentabrdagi 190-son «О‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida»gi (О‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari tо‘plami, 2007 y., 37-38-son, 384-modda) qarorlariga muvofiq magistratura faoliyatini tubdan takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish, kadrlar tayyorlash sifati va raqobatbardoshligini kuchaytirish, «magistr» darajasini berish bо‘yicha dissertatsiya ishi mazmuni va sifatiga qо‘yiladigan mezonlar va talablar hamda xalqaro ta’lim standartlari darajasida oliy ta’lim muassasalarida magistrlar tayyorlash tartibini belgilaydi.

I bob. Umumiy qoidalar

1. Magistraturaga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 18 iyundagi 118-son qarori (О‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari tо‘plami, 2010 y., 24-25-son, 195-modda) bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga qabul qilish tartibi tо‘g‘risidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

2. Tegishli mutaxassisliklar bо‘yicha magistrlarni tayyorlash kadrlar buyurtmachilarining takliflari asosida, davlat akkreditatsiyasidan о‘tgan oliy ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.

3. Magistratura aniq mutaxassislik bо‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta’lim muddati kamida 2 yil davom etadigan oliy ta’limdir.

Magistratura ta’lim dasturini tugatgan bitiruvchilarga yakuniy davlat attestatsiyasi natijalariga kо‘ra ta’lim yо‘nalishining aniq mutaxassisligi bо‘yicha «magistr» akademik darajasi tо‘g‘risidagi davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom beriladi.

Magistratura talabalarining (bundan buyon matnda talaba deb yuritiladi) yakuniy davlat attestatsiyasi О‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi tо‘g‘risidagi Nizom (rо‘yxat raqami 1963, 2009 yil 5 iyun) (О‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari tо‘plami, 2009 y., 23-son, 267-modda) asosida amalga oshiriladi.

4. Tayanch oliy ta’lim muassasalarida magistratura mutaxassisliklari bо‘yicha oliy ta’lim muassasalari va kadrlar buyurtmachilarining (bundan buyon matnda buyurtmachilar deb yuritiladi) takliflari asosida ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik hamda ishlab chiqarishga yо‘naltirilgan dasturlar bо‘yicha maqsadli magistrlar tayyorlash yо‘lga qо‘yiladi.

5. Oliy ta’lim muassasalari barcha bо‘linmalarining magistrlar tayyorlash bо‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish magistratura bо‘limi tomonidan kafedra va dekanatlar bilan birga amalga oshiriladi.

6. Magistraturada ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot shartnoma (tо‘lov-kontrakt) asosida olinadi.

II bob. Magistrlarning tayyorgarligiga qо‘yiladigan umumiy talablar

Magistrlarning tayyorgarligiga nisbatan qо‘yiladigan umumiy malaka talablari О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi 343-son «Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash tо‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, shuningdek aniq mutaxassislik bо‘yicha magistrlarning tayyorgarligiga nisbatan qо‘yiladigan malaka talablari ushbu qarorga asosan oliy ta’limni boshqarish bо‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan magistratura mutaxassisliklari davlat ta’lim standartlarida belgilanadi.

Magistr:

- tanlangan mutaxassislik bо‘yicha mustaqil ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik va kasbga doir faoliyatini yuritish;

- tayyorgarligiga muvofiq mutaxassislik bо‘yicha oliy ta’limdan keyin katta ilmiy xodim izlanuvchilar institutida tahsil olish;

- kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida qо‘shimcha kasb ta’limi olish uchun tayyorlanadi.

Magistr о‘zining mutaxassisligi, ilmiy-faoliyat va ilmiy-pedagogik tayyorgarligiga muvofiq kasbiy faoliyatining:

- loyiha-konstruktorlik;

- loyiha-texnologik;

- ilmiy tadqiqot va tajriba;

- ishlab chiqarish boshqaruvi;

- ilmiy-seminar;

- ilmiy-ijodiy turlari, shuningdek bakalavriat ta’lim yо‘nalishiga mos boshqa mutaxassisliklari bо‘yicha ham shug‘ullanishi mumkin


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə