Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


MEYORIY HUJJATLAR BILAN ISHLASH



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə3/19
tarix31.12.2021
ölçüsü0,8 Mb.
#82131
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
2 5337151362461339877

MEYORIY HUJJATLAR BILAN ISHLASH

1.1 Davlat ta’lim standartlarini tahlil qilish (magistratura mutaxasisligi bo’yicha)

“Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar” va “Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti. Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 343-sonli qarori bilan “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini bajarish yuzasidan va oliy ma’lumotli yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ta’limning uzluksizligi va davomiyligini ta’minlash, jahon ta’lim tizimiga qo‘shilish, shuningdek oliy ta’limning o‘quv-metodik va normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish maqsadida qabul qilingan.

Qabul qilingan ushbu hujjatlar О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligiga oliy ta’lim muassasalariga ega bо‘lgan vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan va ta’lim sohalarining davlat ta’lim standartlarini, bakalavriat ta’lim yо‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun malaka talablari, о‘quv rejalari va fanlar dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash, ular asosida darsliklar va о‘quv qо‘llanmalarining yangi avlodini yaratish; oliy ta’lim tizimi uchun normativ-huquqiy hujjatlarni, shu jumladan “Oliy ta’lim tо‘g‘risidagi nizom” va “Oliy ta’lim muassasasining vasiylik kengashi tо‘g‘risidagi nizom”ni ishlab chiqish va tasdiqlash; Oliy ta’lim yо‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga zaruriyat bо‘lganda О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda о‘zgartirish va qо‘shimchalar kiritish; oliy va о‘rta maxsus ta’lim, kasb-hunar ta’limi kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kabilar mazkur qaror bilan belgilab qо‘yilgan.

“Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Assosiy qoidalari” (OT DTS): kadrlar tayyorlash sifatiga, ta’lim mazmuniga qo’yiladigan umumiy talablarni, ta’lim oluvchilar tayyorgarligini zarur va yetarli bilim darajasi hamda oliy ta’lim mussasalari birituvchilariga qo’yiladigan umumiy malakaviy talablarni, o’quv yuklamasining xajmini, ta’lim muassasalari faoliyati va kadrlar tayyorlash sifatini baholash tartibotlari hamda mexanizmini belgilaydi.

Klassifikator – oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash yо‘nalishlari va mutaxassisliklarining tizimlashtirilgan ro‘yxatidir. Unda oltita bilim sohasi nazarda tutilади. Klassifikatorda ta’lim bosqichlari, bilim va ta’lim sohalari, ta’lim yо‘nalishlari va mutaxassisliklari yettita raqamli kod bilan belgilanadi.

Ta’limning xalqaro standart klassifikatsiyasiga binoan ta’lim bosqichlari bakalavriat yо‘nalishlarida 5 raqami, magistratura mutaxassisliklarida - 5A (raqam va harf) bilan belgilangan. Masalan: bakalavrlar kodi 5321400, 5312000, 5321300 va hakozo; magistrlar kodi 5A321303, 5A311901, 5A311902, 5A311903 va h.k.

Oliy ta’lim bakalavriat yо‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari klassifikatori (Klassifikator deb yuritiladi) О‘zbekiston Respublikasining axborotlarni kodlash va tasniflash yagona tizimining (KTYAT) tarkibiy qismidir. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish tо‘g‘risida” 1998 yil 5 yanvardagi 5-con qarorini bajarish yuzasidan ishlab chiqilgan.

Klassifikator “Ta’lim tо‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash Milliy dastur tо‘g‘risida”gi О‘zbekiston Respublikasining qonunlariga, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “О‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishning davlat dasturi haqida” 1998 yil 10 noyabridagi PF-2107-son Farmoniga asosan tuzilgan.

Klassifikator YUNESKO tomonidan 1997 yil mart oyida qabul qilingan Ta’limning xalqaro standart klassifikatsiyasi (TXSK) prinsiplari asosida tuzilgan.

Hozirgi paytda men o‘qiyotgan magistratura mutaxassisligi 5A321303 – “Neft va gazni qayta ishlash jarayonlari va qurilmalari” magistratura mutaxassisligi deb nomlanadi va bunda 5A - ta’lim dasturlari bosqichi kodi, keyingi raqam 3 – bilim sohasi kodi, keyingi raqam 1 – ta’lim sohasi kodi, 19 – ta’lim yо‘nalish kodi, 02 – mutaxassislik kodini bildiradi.

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 10 yanvardagi 3-son qaroriga muvofiq  Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash tо‘g‘risida” 2001 yil 16 avgustdagi 343-son qaroriga kiritiladigan о‘zgartirish va qо‘shimchalar kiritilgan.

Bulardan masalan 4.1-band quyidagi tahrirda bayon qilingan:

“4.1. Standartlar toifalari.

Oliy ta’lim standartlari quyidagi toifalarga bо‘linadi:

• О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan oliy ta’lim standartlari:

- Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar;

- Oliy ta’lim yо‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori.

• Oliy ta’limni boshqarish bо‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan oliy ta’lim standartlari — ta’lim sohalarining davlat ta’lim standartlari;

Muayyan ta’lim sohasining davlat ta’lim standarti quyidagilarni о‘z ichiga olishi lozim:

• zarvaraq (titul);

• mundarija;

• muayyan ta’lim sohasi (soha tarkibi)ning umumiy tasnifi;

• bitiruvchilarning soha bо‘yicha tayyorgarlik darajasiga qо‘yiladigan umumiy talablar;

• о‘quv reja tuzilmasi;

• kadrlar tayyorlash sifatini baholash.

Ta’lim sohasining davlat ta’lim standarti ikkita (bakalavriat ta’lim yо‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari) qismdan iborat bо‘ladi”;

1.2 Magistratura mutaxasisligi boyicha o’quv rejalarini tahlil qilish

DTS bо‘yicha magistratura o`quv fanlari bloklariga umumiy talablar belgilab qо‘yilgan.

Magistratura mutaxassisliklarining о‘quv rejalari va fanlar dasturi mazmuni oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashning birlamchi va boshlang‘ich bosqichi sifatida mutaxassislik bо‘yicha chuqur fundamental va amaliy bilimlar berishni kо‘zda tutgan holda shakllantiriladi.

Magistratura mutaxassisliklari о‘quv rejalari va fanlar dasturlari bakalavriat ta’lim yо‘nalishlarining о‘quv rejalari va fanlar dasturlari bilan uzluksizlik va uzviylik ta’minlanishini inobatga olgan holda ishlab chiqilishi va talabalar tomonidan quyidagi majburiy bloklar о‘zlashtirilishini nazarda tutishi zarur:

• umummetodologik fanlar;

• mutaxassislik fanlari;

• ilmiy faoliyat.

О‘quv rejalar va fanlar dasturlari majburiy о‘quv fanlari bilan bir qatorda talabalar tanlagan fanlarni ham о‘z ichiga olishi lozim. Talabalarning о‘quv rejalar va fanlar dasturlarini о‘zlashtirishida о‘quv fanlarining bir qancha masalalari va muammolari bо‘yicha mustaqil bilim olishi nazarda tutilishi zarur.

Magistratura mutaxassisliklari uning о‘quv rejalariga muvofiq ravishda yakuniy davlat attestasiyasi bilan tugallanishi shart. О‘quv rejaning о‘quv fanlari bloklari mazmuniga qо‘yiladigan umumiy talablar:

Umummetodologik fanlar bloki:

• Ilmiy tadqiqot metodologiyasi, maxsus fanlarni o’qitish metodikasi, amaliy xorijiy tili bо‘yicha bilimlar berilishi;

• insoniyatning global muammolari, ma’naviy hayot, shaxs va jamiyat ehtiyojlari, ta’limning insonparvarlik ruhi, zamonaviy sivilizasiya va uning taraqqiyot yо‘nalishlari, axborot tizimlari va bilimlarni taqdim qilish usullari tо‘g‘risidagi tasavvurlar shakllantirishi;

• ilmiy va ilmiy-texnik axborot bilan ishlash kо‘nikmalari va uquvlarini shakllantirishi, tadqiq etiladigan mavzular bо‘yicha muntazam ravishda mustaqil tahlil va xulosani tayyorlashi;

• ilmiy ijod metodologiyasi, ilmiy tadqiqotlar asoslari, bilishning umumiy usullari, empirik va nazariy tadqiqot usullari, qonunlar va qoidalar mantig‘i, asoslash va inkor qilish usullariga, shuningdek nutq madaniyati asoslari bilimlariga, pedagogik texnologiyalar, mutaxassisliklar bо‘yicha menejment va iqtisodiyotga doir bilimlarni ta’minlashi;

• amaliy xorijiy tilni, mutaxassislikka yо‘naltirilgan axborot texnologiyalari va tizimlarini о‘zlashtirishni ta’minlashi;

Mutaxassislik fanlari bloki:

• muayyan mutaxassislik bо‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni, o’quv va kо‘nikmalarni shakllantirishi;

• mutaxassislik bо‘yicha bilimlar bazasini yaratish, jamlash va ulardan foydalanish kо‘nikmalarini rivojlantirishi;

• magistratura mutaxassisligi bо‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, kasb faoliyatining kо‘zlangan natijalariga erishishda jarayonlarni modellashtirish va tizimli yondashish borasidagi ilmiy bilimlar, amaliy o’quv va kо‘nikmalarni ta’minlashi kerak.

Ilmiy faoliyat bloki ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi о‘zlashtirilishini, talabalar tomonidan ixtisoslashgan ilmiy va ta’lim muassasalarida muayyan ilmiy-tadqiqot va ilmiy-seminar ishlari bajarilishini nazarda tutishi lozim.

Ilmiy-tadqiqot ishlari:

• mustaqil tadqiqotchilik faoliyatining amaliy kо‘nikmalarini hosil qilishi;

• axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalaridan foydalanib ilmiy-tadqiqotlar о‘tkazish, tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish va aks ettirish, ilmiy maqolalar tayyorlashga doir bilimlar va kо‘nikmalarni shakllantirishi;

talabalarga fan, texnika va texnologiyaning eng yangi yutuqlariga asoslangan axborot bazalarini qо‘llay bilish, ulardan magistrlik dissertasiyasini bajarishda foydalanish kо‘nikmasini singdirishi lozim.

Ilmiy-seminar ishi:

• zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan, о‘quv-tarbiya ishlarining interaktiv usullaridan foydalangan holda pedagogik faoliyat mahorati va kо‘nikmalarini shakllantirishi;

• о‘quv jarayonini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlashni tashkil etish o’quvi va kо‘nikmalarini hosil qilishi lozim.

Stajirovka ilmiy tadqiqot ishlari taqozo etganda individual ilmiy izlanish va tajriba-sinovlarni о‘tkazish maqsadida tashkil etiladi.

Stajirovka:

• ilmiy tadqiqot olib borish, nazariy va amaliy bilimlarni chuqurlashtirishi;

• iqtisod, fan, madaniyat va sog‘liqni saqlash va boshqa tarmoqlardagi zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan tanishtirishi;

• amaliy kasbiy va ilmiy-tadqiqot kompetensiyalarni shakllantirishi;

• kasbga samarali moslashuvni ta’minlashi lozim.

Bunda stajirovkaga yо‘llangan magistratura talabasi о‘quv jarayoni jadvalini individual grafik asosida bajarishi kо‘zda tutiladi.


Men o‘zim tahsil olayotgan 5A321303 – “Neft va gazni qayta ishlash jarayonlari va qurilmalari” magistratura mutaxassisligi boyicha o’quv rejasi bilan tanishib chiqdim. Bu o’quv reja O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy va o’rta maxsus, kasb xunar ta’lim yo’nalishlari bo’yicha Muvofiqlashtirivchi kengashida ma’qullangan (2019 yil 21 avgustdagi 303-sonli bayonnoma bilan tasdiqlangan). O‘quv rejada: akademik daraja – magistr, o‘qish muddati – 2 yil va ta’lim shakli – kunduzgi deb keltirilgan.

O’quv reja ikki qismdan iborat bo’lib, birinchi qismida o’quv jarayoni jadvali keltirilgan. Ushbu jadvalda mutaxassislikning ikki yillik o’quv jarayoni haftalarga ajratilib buning barchasi nazariy ta’lim va ilmiy faoliyat, malaka amaliyoti, attestastiyalar, ta’til haftalari rejalashtirib ko’rsatilgan.

Ikkinchi qismida o’quv rejasi jadvali keltirilgan. Bu jadvalda o’zlashtiriladigan barcha fanlar keltirilgan. Bu fanlar bloklar boyicha ko’rsatib o’tilgan. Bu yerda barcha fanlar ularning o’quv yuklamasi (soat, %) auditoriya mashg’ulotlari (ma’ruza, amaliy, labarotoriya, seminar, kurs loyihasi) va mustaqil ta’limga ajratilgan.

Jami fanlar to’rtta bloklarga ajratilgan va ular quyidagilar: umummetodologik fanlar; mutaxassislik fanlari; tanlov fanlari va ilmiy faoliyat.

О‘quv reja 1- va 2- kurslar bо‘yicha 4 ta semestrga, semestrdagi haftalar soni esa 1-, 2- va 3- semestrlarda 18 haftadan va 4- semestrda 21 haftadan iborat.

“Umummetodologik fanlar” blokiga: Ilmiy tadqiqot metodologiyasi, Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi, Amaliy xorijiy tili kabi fanlar о‘qitiladi.

“Mutaxassislik fanlari” blokida Neft va gazni qayta ishlash jihozlarining konstruksiyasi, hisobi va ularni loyihalash, Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasining nazariy asoslari, kabi fanlar о‘qitiladi.

Tanlov fanlari blokidagi fanlar ishlab chiqarish sharoiti va ehtiyoji, qо‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar va texnikalarning talabalar tomonidan о‘zlashtirishlariga bog‘liq ravishda ishlab chiqilishi belgilab qо‘yilgan va о‘quv yili uchun institut rektori tomonidan tasdiqlanadigan ishchi о‘quv rejasida fanlar nomi va о‘tiladigan dars soatlari turlari va hajmlari keltiriladi.

Ilmiy faoliyat blokida ilmiy - tadqiqot ishi va magistrlik dissertasiyasini tayyorlash, Ilmiy – seminar ish va malakaviy amaliyotlar ifoda etilgan.



Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə