Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


tashqi harajatlarga bo’linadiyu  Tashqi



Yüklə 4,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/279
tarix28.11.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#133318
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   279
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

tashqi
harajatlarga bo’linadiyu 
Tashqi 
harajatlar korxona o’zi uchun zarur resurs va xizmatlarga to’lovlarni amalga 
oshirishi natijasida vujudga keladigan harajatlardir. 
Bunday harajatlarga yollanma 
ishchilar ish haqi, xom –ashyo va materiallar uchun to’lovlar, kredit uchun foiz 
to’lovlari, ijaraga olingan yer uchun renta, transport xizmati va boshqa har xil xizmatlar 
uchun to’lovlar kiradi. Tashqi harajatlar to’lov xujjatlari bilan rasmiylashtiriladi, shu 
sabali buxgalteriya harajatlari deb ham ataladi.
Korxonaning o’ziga tegishli bo’lgan resurslar foydalanish bilan bog’liq harajatlar 
ichki harajatlar deyiladi. Bunday harajatlar pul to’lovlari shaklida chikmaydi. Shu 
sabali ichki harajatlar darajasini baholash o’z resurslari qiymatini shunga o’xshash 
resurslarning bozor baholariga taqqoslash orqali amalga oshiriladi. 
Mazkur korxona doirasida tadbirkorlik faoliyatini ushlab turish uchun zarur 
bo’lgan to’lov-normal (me’yoridagi) foyda ham, renta va ish haqi bilan birga 
harajatlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. 
Sarf harajatlar ichki va tashqi harajatlarga ajratish, korxona iqtisodiy faoliyati 
samaradorligini oshirish yo’llarini qiyosiy tahlil qilish imkoniyatini beradi. 
Ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga bog’liqlik darajasiga qarab 
doimiy va 
o’zgaruvchi harajatlar
ham farqlanadi. 
Ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga (qisqarish yoki ortishi) bog’liq
bo’lmagan tovarlarning hajmiga ta’sir etmaydigan harajatlar doimiy harajatlar 
deyiladi.
Doimiy harajatlar ishlab chiqarish hajmiga bog’liq bo’lmaydi, uning o’sishiga 
ham bevosita ta’sir etmaydi va ishlab chiqarishning har qanday, xatto nolinchi hajmida 
ham mavjud bo’ladi. Bunga korxonaning to’lov majburiyatlari (zayomlar bo’yicha foiz 
UMUMIY HARAJATLAR 


145 
va boshqa), Soliqlar, amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, qo’riqlash xizmatiga to’lov, 
uskunalarga xizmat ko’rsatish sarflari, boshqaruv xodimlari maoishi va shu kabilar 
kiradi. 
O’zgaruvchi harajatlar ishlab chiqariladigan tovar miqdorini oshishiga yoki 
kamayishiga ta’sir qiladi va ishlab chiqarish hajmi o’zgarishiga bog’liqlikda o’zgaradi. 
Unga xom ashyo, material, yonilg’i-transport xizmati, ishchilar ish haqi va shu 
kabilarga qilinadigan sarflar kiradi. 
Ishlab chiqarishning har bir darajasida doimiy va o’zgaruvchan harajatlar 
yig’indisi umumiy yoki yalpi harajatlarni tashkil qiladi 
Mahsulot birligini ishlab chiqarishga qilinadigan sarf harajatlarni hisoblash uchun 
o’rtacha umumiy, o’rtacha doimiy va o’rtacha o’zgaruvchan harajatlar tushunchalaridan 
foydalanadi. 
O’rtacha umumiy harajatlar Yalpi (umumiy) harajatlarning ishlab chiqarilgan 
tovar miqdoriga nisbatan teng. O’rtacha doimiy harajatlar doimiy harajatlarni ishlab 
chiqarilgan maxschulot miqdoriga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi. O’rtacha o’zgaruvchan 
harajatlar o’zgarvchi harajatlarni ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga bo’lish yo’li 
bilan aniqlanadi. 
Eng yuqori darajada foyda olishga erishish uchun tovar ishlab chiqarishning zarur 
miqdorini aniqlash zarur. Bunda iqtisodiy tahlil vositasi bo’lib qo’shimcha harajat
tushunchasi xizmat qiladi. Avvalo qo’shimcha harajat deb, keyingi kushilgan 
mahsulotlarning har bitta birligini ishlab chiqarish bilan bog’liq qo’shimcha harajatlarga 
aytiladi. Kushimacha harajatlarni har bir navbatdagi chiqarilgan qo’shimcha mahsulot 
birligi uchun aniqlash mumkin. 
Korxona foydalanadigan ko’plab resurslar miqdori, ya’ni jonli mehnat, xom-
ashyo, yonilgi va energiya sarflari tovar hajmining o’zgarishiga tez va oson ta’sir qiladi. 
Boshqa resurslar sarfi ta’sirida tovar hajmi o’zgarishi uchun uzoq vaqt talab qilinadi. 
Masalan, og’ir sanoat tarmoqlarining ishlab chiqarish quvvatlari ancha uzoq vaqt 
oraligida mahsulot miqdorini o’zgartirishiga ta’sir qilishi mumkin. Demak, ishlab 
chiqarish harajatlarini hisobga olishga vaqt omili, ya’ni harajat qilingan pirovard 
natijasi olinguncha o’tgan davr sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli vaqt omilidan 
kelib chiqib, ishlab chiqarish harajatlarini qisqa va uzoq muddatli davrda alohida tahlil 
qilinadi. 
Korxona ishlab chiqarish hajmini o’zgartirish uchun qisqa muddatli davrda faqat 
o’zining o’zgaruvchi harajatlari miqdorini o’zgartirishi mumkin. Bu qisqa muddatli 
harajatlardir. 
Ishlab chiqarish quvvatlariesa (ishlab chiqarish inshoatlari maydoni, mashina va 
uskunalar miqdori) doimiy bo’lib qoladi, hamda bu davr faqat ulardan foydalanish 
darajasini o’zgartirish uchun yetarli bo’lishi mumkin. 
Uzoq muddatli davr- bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini ham o’z ichiga 
olgan, bugun band bo’lgan resurslari miqdorini o’zgartirish uchun yetarli bo’lgan 
davrdir. Bu davr davomida boshqa tarmoqlar faoliyat qilib turgan korxonalar mazkur 
tarmoqqa kirib kelishi mumkin. 


146 
Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarish quvvatlarining o’zgarishi 
taqozo qilingan qisqa va o’zoq muddatli davr davomiyligi ayrim tarmoq va korxona 
xususiyatidan kelib chiqib farqlanish mumkin. Masalan, yengil sanoat tarmog’ida kiyim 
kechak ishlab chiqaradigan kichkina firma, bir necha qo’shimcha tikuv mashina 
o’rnatish bilan o’zining ishlab chiqarish quvvatlarini qisqa vaqtda (bir necha kunda) 
oshirish mumkin. Og’ir sanoat tarmoqlarida Yangi quvvatlarni ishga tushirish uchun bir 
necha yil talab qilinadi. Oqibat natijasida bircha harajat turlari o’zgaradi va o’zgaruvchi 
miqdorlar bo’lib qoladi. 
2. Ishlab chiqarish harajatlariga ta’sir etuvchi omillar 
Ishlab chiqarish harajatlarini kaymatirish chuqur tanglikka yuklikni cheklab 
o’tishga intilishga, fan va texnikaning ilg’or texnologiyaning eng Yangi yutuqlarini 
izlash va joriy etishga undaydi. 
Bularning barchasi pirovard natijada keskin Raqobatchilik sharoitida ishlab 
chiqarishning barqarorligiga erishishga inqirozning oldini olishga yo’naltirilgan. Bu 
holat kengroq ko’rilganda, bozorda talab bilan taklif o’rtasida qulay muvozanatning 
ta’minlanishiga olib keladi. Bizga kapitalistik ishlab chiqarish usulining eng katta 
nuqsoni sifatida targ’ib qilib iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirishning qudratli 
omiliga aylanmoqda. 
Bugungi kunda ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirib borish va unga ta’sir 
etuvchi omillarni tahlil qilib berish juda muhim hisoblanmoqda. Chunki ishlab 
chiqarishning rivojlanib borishi va yuksalishi harajatlarni qisqartirib borish, unga ta’sir 
etuvchi omillari tahlil qilish, aniqlash kabi xususiyatlarga ega hisoblanadi. Bu sohada 
dunyoning barcha rivojlangan mamlakatlari o’zlarining taraqqiyot darajasiga
erishgandir. Ma’lumki, Sobiq totalitar tuzim davrida barcha ishlab chiqarish
markazlashgan, rejalashtirilgan tartibda edi. Shuning uchun ham isrofgarchilik juda 
ko’p miqdorda edi. Ishlab chiqarish harajatlarining ortib ketishi mahsulot sifatining 
bo’zilishiga, shuningdek uning “Utmay” kolishiga sabab bo’ldi. Natijada o’sha davrda 
mamlakat ishlab chiqarishi inqirozga uchradi. Bu mamlakat uchun fojiali xol edi. 
Chunki egasiz mulkning qadri bo’lmaydi, tekin narsani esa samarasi bo’lmaydi. Bu 
barchamizga ma’lumdir. 
Shuning uchun ham mustaqillikga erishganimizdan keyin, prezidentimizning 
oqilana fikrlari, ularning tashabbuslari bilan eng asosiy e’tibor shu sohaga qaratiladi. 

Yüklə 4,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə